Turlari va ularning vazifalari


Download 395.85 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana31.01.2023
Hajmi395.85 Kb.
#1146112
  1   2   3
Bog'liq
2022002 (2)




MASHINALI O‘QITISHNING FANINING O‘QITISH 
TURLARI VA ULARNING VAZIFALARI 
Xo‘jayev Otabek Kadamboyevich, Babajanov Boburbek Farhodovich,
Karimov Doston Alisher o‘g‘li 
 
Kalit so‘zlar. Mashinali o‘qitish, o‘qituvchi yordamida o‘qitish, o‘qituvchisiz 
o‘qitish, mustahkamlangan o‘qitish, regressiya, tasniflash, klasterlash, o‘lchovni 
qisqartirish.  
Abstract. This article provides information on the tasks and types of teaching 
the subject of machine learning, as well as their tasks and in what areas they are 
widely used, specific tasks, their problems.  
Key words. Machine learning, supervised learning, unsupervised learning, 
reinforcement learning, regression, classification, clustering, dimensionality 
reduction.  
  
Algoritm – berilgan natijaga erishish uchun qilinishi kerak bo ʻlgan aniq 
ko‘rsatmalar ketma-ketligi. Algoritm keng maʼnoda faqat kompyuterga oid atama 
bo‘lmay, balki unda berilgan koʻrsatmalarni bajara oluvchi har qanday narsaga 
oiddir[8]. Algoritm tushunchasi kibernetika va matematikaning asosiy 
tushunchalaridan biri bo‘lib, maʼlum bir turga oid masalalarni yechishda 
ishlatiladigan amallarning muayyan tartibda bajarilishi haqidagi aniq qoida (dastur) 
hisoblanadi[2].
Hozirgi kunga kelib algortimlarning turlari va ular orqali bajariladigan 
ko‘plab dasturlar va hisoblash mexanizmlari mavjud. Algortimlar biror bir 
loyihaning yoki maqsadning qay tartibda bajarilishi va ketma-ketligini aniq 
ko‘rsatib, ishning bajarilish tartibini soddalashtirish va osonlashtirishga qaratilgan.
Shu jumladan Mashinali o‘qitish (Machine learning) fanining o‘zi ham 
tajriba orqali avtomatik ravishda takomillashadigan kompyuter algoritmlarini 
o‘rganishdir[5]. Mashinada o‘qitish algoritmlari namunaviy ma’lumotlarga 
asoslanib, bashorat qilish yoki aniq dasturlashsiz qaror qabul qilish kabi vazifalarni 
bajaradi. Mashinali o‘qitish algoritmlari turli xil dasturlarda qo‘llaniladi, shu bilan 


International scientific conference "INFORMATION TECHNOLOGIES, NETWORKS AND 
TELECOMMUNICATIONS" ITN&T-2022 Urgench, 2022y April 29-30 


birga elektron pochta orqali filtrlash, nutqni aniqlash, tasvirni aniqlash, texnik va 
tibbiy diagnostika kabi ishlar shular jumlasidandir[4].
Mashinada o‘qitish usullari yordamida hal qilingan muammolar 3 xil 
tartibda o‘qitiladi. Ular quyidagilardir:
1. O‘qituvchi yordamida o‘qitish (Supervised learning).
2. O‘qituvchisiz o‘qitish (Unsupervised learning).
3. Mustahkamlangan o‘qitish (Reinforcement learning).

Download 395.85 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling