Turli extiyojlar uchun sanoat chiqindilari asosidagi to'ldiruvchilarni ishlab chiqarish Bajardi: Tekshirdi


Qurilish chiqindilarini yo'q qilish har yili qiyinlashib borayotganligi sababli, ular ko'pincha qayta ishlanadi


Download 11.16 Kb.
bet3/4
Sana25.02.2023
Hajmi11.16 Kb.
#1228205
1   2   3   4
Bog'liq
Turli extiyojlar uchun sanoat chiqindilari asosidagi to\'ldiruvch-fayllar.org

Qurilish chiqindilarini yo'q qilish har yili qiyinlashib borayotganligi sababli, ular ko'pincha qayta ishlanadi:

  • to'plash;

  • qayta ishlash korxonalariga etkazilgan;

  • saralash;

  • tozalash;

  • undan keyingi foydalanish uchun tayyorlang.

    QURILISH CHIQINDILARI BILAN BOG‘LIQ ISHLARNI AMALGA OSHIRISH TARTIBINI YANADA TAKOMILLASHTIRISH CHORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA


    • Qurilish ishlarini amalga oshirish natijasida hosil bo‘ladigan qurilish chiqindilaridan takror foydalanish, ularni utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashga yo‘naltirish, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Maishiy va qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni boshqarish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 29-sentabrdagi PQ-4845-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

    • 1. Quyidagilarni nazarda tutuvchi Qurilish chiqindilari bilan bog‘liq ishlarni amalga oshirish tartibi to‘g‘risidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin:

    • qurilish chiqindilarini to‘plash, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirishga doir asosiy talablar;

    • qurilish chiqindilarini chiqindi poligoniga joylashtirish uchun topshirish va qabul qilish;

    • qurilish chiqindilarining ma’lumotlar bazasini yuritish;

    • qurilish chiqindilarini yig‘ish, saqlash, tashish, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirish ustidan davlat nazoratini amalga oshirish.

    • 2. Belgilansinki:

    • barcha turdagi qurilish chiqindilari qoida tariqasida chiqindi chiqaruvchilar tomonidan ustuvor ravishda takroriy foydalanilishi, utilizatsiya qilinishi yoki qayta ishlanishi yoki mazkur chiqindilarni to‘plash, saqlash, utilizatsiya qilish, qayta ishlash va joylashtirish bilan shug‘ullanuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga topshirilishi (berilishi), realizatsiya qilinishi, shuningdek, utilizatsiya qilinmaydigan yoki qayta ishlanmaydigan qurilish chiqindilari ekologik jihatdan xavfsiz tarzda ko‘milishi;

    • takroriy foydalanishga yoki qurilish chiqindilari hosil bo‘lish obyekti joylashgan hududda (tuman yoki shahar) utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli texnologiya va quvvatlarga ega tashkilotlar mavjud bo‘lgan taqdirda, ularni utilizatsiya qilish yoki qayta ishlashga yo‘naltirilishi;

    • qurilish chiqindilarini utilizatsiya qilish va qayta ishlash uchun tegishli texnologiya va quvvatlarga ega tashkilotlar mavjud bo‘lgan yoki ulardan takroriy foydalanishga talab bo‘lmagan taqdirda, qurilish chiqindilari ularni joylashtirish uchun maxsus ajratilgan qurilish chiqindi poligonlariga yoki qurilish chiqindi poligonlari mavjud bo‘lmagan hududlarda maishiy chiqindi poligonlariga joylashtirilishi shart.

    Download 11.16 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling