Turli jinsli sistemalar, klassifikatsiyasi


Download 101.41 Kb.
Pdf ko'rish
Sana17.06.2023
Hajmi101.41 Kb.
#1553939
Bog'liq
6-маъруза (2)



6-Ma'ruza: Turli jinsli sistemalar, klassifikatsiyasi. 
 
REJA :
1.1. Turli jinsli sistema turlari 
 
5.1. Turli jinsli sistema turlari 
Texnologik jarayonlar amalga oshishida turli jinsli sistemalar hosil bo'ladi. 
Turli jinsli sistema ikki yoki undan ortiq fazadan tarkib topadi. Zarrachalari juda 
maydalangan faza dispers yoki ichki faza deyiladi. Dispers faza zarrachalarini 
o'rab olgan fazasi dispersion yoki tashqi faza deyiladi. 
Fazalarning fizik holatiga ko'ra turli jinsli sistemalar quyidagicha bo'ladi: 
suspenziya, emulsiya, ko'pik, chang, tutun, tuman. 
Suspenziya suyuq va qattiq modda zarrachalaridan tarkib topgan bo'ladi. 
Suspenziya qattiq modda zarrachalarining o'lchamiga ko'ra quyidagi turlarga 
bo'linadi: dag'al suspenziya, ya'ni zarrachalar o'lchami 
мкм
100
dan ortiq; mayin 
suspenziya, ya'ni zarrachalar o'lchami 
;
100
5
,
0
mkm

loyqasimon suspenziya, ya'ni 
zarrachalar o'lchami 
;
5
,
0
1
,
0
mkm

kolloid eritmalar, ya'ni zarrachalar o'lchami 
mkm
1
,
0
dan kichik. 
Emulsiyalar ikki xil o'zaro aralashtirilgan suyuqliklardan iborat bo'lib, bunda 
birinchi suyuqlikning ichida ikkinchi suyuqlikning tomchilari tarqalgan bo'ladi. 
Dispers fazaning konsentrasiyasi ortishi bilan fazalar inversiyasi (ya'ni o'zaro 
almashinishi) sodir bo'ladi. 
O'z tarkibida gaz pufakchalari tutgan suyuq sistema ko'pik deyiladi. 
Gidromexanik va modda almashinish qurilmalarida suyuqlik qatlamidan gazning 
o'tish jarayonida ko'pikli qatlam hosil bo'ladi. 
O'z tarkibida qattiq moddaning mayda zarrachalarini tutgan gaz sistema 
chang deyiladi. Chang qattiq moddalarni mexanik usullar bilan maydalash va bir 
joydan ikkinchi joyga uzatish paytida hosil bo'ladi. Chang tarkibidagi qattiq 
zarrachalar o'lchami 
mkm
100
5

oralig'ida bo'ladi. 
Tutun tarkibida o'lchami 
mkm
5
3
,
0

ga teng bo'lgan qattiq modda 
zarrachalari 
bo'ladi. 
Tutunlar 
bug'larning 
suyuq 
yoki 
qattiq 
holatga 
kondensasiyalanish jarayoni orqali o'tishda hosil bo'ladi. 
Tumanlar suyuqlik va gaz fazalardan tarkib topgan bo'ladi. Masalan, suv 
bug'larini havo yordamida sovutish jarayonida bug'ning kondensasiyalanishi 
natijasida tuman hosil bo'ladi. Tuman tarkibidagi suyuqlik zarrachalarining 
o'lchami 
mkm
3
3
,
0

ga teng. 

Download 101.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling