Turli ko’rinishda berilgan funksiyalarning hosilalari” mavzusida tayyorlagan bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar xulosasi


Download 14.89 Kb.
Sana19.06.2023
Hajmi14.89 Kb.
#1624973
Bog'liq
XULOSA BMI


QO’QON DAVLAT PEDOGOGIKA INTITUTI
5110100-matematika o’qitish metodikasi ta’lim yo’nalishi
bitiruvchisi Olimjonova Gulhayo Jahongir qizining
Turli ko’rinishda berilgan funksiyalarning hosilalari” mavzusida tayyorlagan bitiruv malakaviy ishiga ilmiy rahbar
XULOSASI
Funksiyaning hosilasi tushunchasi matematik analiz fanining fundamental tushunchalaridan biridir. Funksiya hosilasi tushunchasi matematik analiz, fizika, geometriya, texnika fanlari va hozirgi kunga kelib deyarli barcha fanlarda o‘ziga hos ham nazariy hamda amaliy ahamiyatga ega bo‘lib bormoqda. Shuning uchun ham bu tushunchani mazmunan keng, chuqur va mukammal o‘rganish barcha davrlarda muhim ahamiyat kasb etadi. Funksiyalarni turli ko‘rinishda berilishi, masalan, oshkor ko‘rinishda, oshkormas ko‘rinishda, teskari yoki murakkab funksiya ko‘rinishda, parametrik va qutb koordinatalarda berilishi ularning hosilalarini mukammal bilishni taqazo etadi.
Talaba u “Turli ko’rinishda berilgan funksiyalarning hosilalari” mavzusidagi bitiruv malakaviy ishni tayyorlash uchun ishni avvalo mavzuga daxldor adabiyotlarni topish, topilgan adabiyotlarda berilgan mavzularni o‘rganish, tahlil etishdan boshladi. To’plangan materiallar aososida mavzuni keng, puxta va mukammal yoritish uchun kirish, 2 ta bob, 8 ta paragrf, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan iborat reja tuzdi. Tuzilgan reja mvzuni yoritish uchun yetarli deb hisoblash mumkin.
Kirish qismida mavzuning dolzarbligi, axamiyati va boshqa ma’lumotlar keltirilgan.
I bob, “Turli ko‘rinishda berilgan funksiyalar” deb nomlangan bo‘lib, u 3 ta
pragrfdan iborat. Bu paragrflarda oshkor, oshkormas, parametrik ko‘rinishda berilgan funksiyalar va teskari, murakkab funksiyalar haqida ma’lumotlar berilgan.
II bob esa “Turli ko’rinishda berilgan funksiyalarning hosilalari” deb nomlangan bo‘lib, u 5 ta paragrfdan iborat. Bu paragrfda oshkor ko‘rinishda berilgan, murakkab, teskari funksiyalarning hamda parametrik, oshkormas ba qutb koordinatalarida berilgan funksiyalarning hosilalari, yuqori tartibli hosilalarini topish usullari bayon etilgan.
Talaba bitiruv malakaviy ishni o‘z matematik bilimi asosida mustaqil tayyorladi.
Umuman, tayyorlangan bitiruv malakaviy ish unga qo‘yiladigan barcha talablarga javob bera oladi. Talabaning o‘zi ham mavzuga oid masalalarni mustaqil hal eta oladi. Shuning uchun ham tayyorlangan bitiruv malakaviy ishni DAKda himoya qilishga tavsiya qilaman.

Ilmiy rahbar: B.M.Mamadaliyev


f.m.f.n.,dotsent
Download 14.89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling