Turon bank tomonidan jismoniy shaxslarga ko`rsatiladigan hizmat turlari quyidagilar


Yuridik shaxslarga ko`rsatiladigan xizmatlar


Download 26.1 Kb.
bet3/4
Sana23.03.2023
Hajmi26.1 Kb.
#1287777
1   2   3   4
Bog'liq
Umidshoh007

Yuridik shaxslarga ko`rsatiladigan xizmatlar
Biznes uchun hisob-kitob va kassa xizmatlari
Turonbank soʼm va xorijiy valyutada turli toʼlovlar hamda pul oʼtkazmalari boʼyicha sifatli hisob-kitob kassa xizmatlarini koʼrsatadi. Bankimizda hisob raqamga ega boʼlgan kompaniyalar, korxonalar va yuridik shaxslar hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar sifatli va tezkor xizmatlardan foydalanishlari mumkin.

Hisob-kassa xizmati boʼyicha koʼrsatiladigan xizmatlar:
Hisob raqam ochish va uni yuritish
Naqd pul va naqd pulsiz hisob kitoblarni amalga oshirish
Konversion amaliyotlar
«Internet Banking» va «SMS banking» orqali hisobni boshqarish
Savdo terminallari va inkassatsiya
Chet el valyutasida operatsiyalar
Hujjatli operatsiyalar
Boshqa xizmatlar
Turonbankda hisob raqam ochish juda oson, buning uchun quyidagi hujjatlar zarur boʼladi

Yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun:
Davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma
Mijozning shaxsini tasdiqlovchi hujjat


Yuridik tashkilotlar uchun:
Davlat roʼyxatidan oʼtkazilganligi toʼgʼrisidagi guvohnoma
Yuridik korxonasining nizomi
Yuridik shaxs nomidan pul-hisob-kitob hujjatlarini imzolash vakolatiga ega boʼlgan shaxsning shaxsini tasdiqlovchi hujjati.
Yuridik shaxslarga ajratiladigan kreditlar

Aylanma mablag`lar to`ldirish:


Xom-ashyo, materiallar va butlovchi qismlarni sotib olish, bajarilgan xizmatlar hamda ishlar uchun toʼlov, inventarizatsiyani toʼldirish, oraliqni kengaytirish, mavsumiy xaridlar, biznesni kengaytirish singari maqsadlar uchun taqdim etiladigan mablagʼlar.

Shartlari:


1. Foiz stavkasi 23,99%
2 . Kredit muddati 12 oygacha
3. Miqdori Karz oluvchining faoliyatidan tushadigan tushumlaridan kelib chikqan holda
4. Imtiyozli davr Ishlab chiqaruvchilarga - 3 oygacha
5. Kredit toʼlovlarining davriyligi Har oy
6. Foizlarni hisoblash usuli Differentsial
7. Taʼminot Talab qilinayotgan kredit summasining 125% (shuning 85%i garov mulki koʼrinishida) miqdorida
8. Boshqa shartlar Kredit asosiy hisobraqami "Turonbank" АTB filiallarida boʼlgan va kamida oxirgi 6 oy davomida asosiy hisobvaragʼiga "Turonbank" АTB filiallarida xizmat koʼrsatilayotgan tadbirkorlik subʼektlari uchun ajratiladi.
Lizing

Mikrolizing


Lizing bu - bir taraf (lizing beruvchi) ikkinchi tarafning (lizing oluvchining) topshirigʼiga binoan uchinchi tarafdan (sotuvchidan) lizing shartnomasida shartlashilgan mol-mulkni (lizing obʼektini) mulk qilib sotib olishi va shartnomada belgilangan shartlarda haq evaziga unga egalik qilish hamda foydalanish uchun lizing oluvchiga oʼn ikki oydan ortiq muddatga berishni nazarda tutadigan ijara munosabatlarining alohida turidir.
1 Foiz stavkasi - Yillik 23,99%
2 Kredit muddati - 36 oydan 84 oygacha
3 Miqdori Lizing - Loyihadan kelib chiqib; Mikrolizing - 600 mln.soʼmgacha;
5 Toʼlovlarning davriyligi - Har oyda
6 Foizlarni hisoblash usuli - Differentsial
7 Taʼminot - Lizing obʼekti
8 Boshqa shartlar - Kredit asosiy hisobraqami "Turonbank" АTB filiallarida boʼlgan va kamida oxirgi 6 oy davomida asosiy hisobvaragʼiga "Turonbank" АTB filiallarida xizmat koʼrsatilayotgan tadbirkorlik subʼektlari uchun ajratiladi

Kerakli xujjatlar


1 Аriza
2 Taʼsis hujjatlari nusxasi
3 Biznes-reja
5 Moliyaviy hisobotlar
6 Mahsulot/Аsbob-uskuna sotib olish shartnomalari
7 Taʼminot hujjatlari
8 Loyihadan kelib chiqib boshqa hujjatlar talab qilinadi.



Download 26.1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling