Turon xalqaro universiteti
-mavzu: Iqtisodiyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati
Download 450.97 Kb.
|
O\'quv qo\'llanma, sirtqi, 2023-2024.
- Bu sahifa navigatsiya:
- 7-mavzu: Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq.
6-mavzu: Iqtisodiyotda mantiqiy fikrlashning ahamiyati.
«Mantiq» («Logika») eng qadimgi fanlardan biri bo‘lib, uning asoschisi yunon faylasufi Aristoteldir. Logos atamasi grek tilida «fikr», «so‘z», «aql», «qonuniyat» kabi ma’nolarni ifodalaydi. “Mantiq” atamasi logika terminiga ekvivalent xisoblanadi. Mantiq (logika) atamasi quyidagi ma’nolarda qo‘llanadi: birinchidan, ob’ektiv olam qonuniyatlarini ifodalashda (masalan, «ob’ektiv mantiq», «narsalar mantig‘i» kabi iboralarda); ikkinchidan, har bir insonning o‘ziga xos tafakkurlash usulini, fikrlar o‘rtasidagi aloqadorlikni anglatishda (masalan, «sub’ektiv mantiq» iborasida) va uchinchidan, tafakkur shakllari va qonunlarini o‘rganuvchi fan ma’nosida. Mantiq ilmining o‘rganish ob’ektini tafakkur tashkil etadi. «Tafakkur» ham arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilidagi «fikrlash», «aqliy bilish» so‘zlariga teng ma’noli tushuncha sifatida qo‘llaniladi. Tafakkur bilishning yuqori bosqichidir. Bilish voqelikning, shu jumladan, ong hodisalarining inson miyasida sub’ektiv, ideal obrazlar shaklida aks etishidan iborat. Bilish jarayonining asosini va oxirgi maqsadini amaliyot tashkil etadi. Bilish murakkab, ziddiyatli, turli xil darajalarda va shakllarda amalga oshadigan jarayondir. Bu jarayonni shartli ravishda ikki bosqichga bo‘lish mumkin: hissiy bilish va aqliy bilish. Hissiy bilish (sezgi organlari vositasida bilish) uning dastlabki bosqichi bo‘lib, unda inson sezgi organlari yordamida predmet va hodisalarning tashqi xususiyatlari va munosabatlari haqida ma’lumotlarni oladi. Sezgi, idrok va tasavvur hissiy bilish shakllari xisoblanadi. 7-mavzu: Etika fanining predmeti, asosiy muammolari va kasbiy axloq. Etika bir necha ming yillik tarixga ega bo‘lgan qadimiy fan. U bizda «Ilmi ravish», «Ilmi axloq», «Axloq ilmi», «Odobnoma» singari nomlar bilan atab kelingan. Ovro‘pada esa «Etika» nomi bilan mashhur, biz ham yaqin-yaqingacha shu atamani qo‘llar edik. U dastlab manzildoshlik, yashash joyi, keyinchalik esa odat, fe’l, fikrlash tarzi singari ma’nolarni anglatgan; yunoncha «ethos» so‘zidan olingan. Uni birinchi bo‘lib yunon faylasufi Arastu muomalaga kiritgan. Arastu fanlarni tasnif qilarkan, ularni uch guruhga bo‘ladi: nazariy, amaliy va ijodiy. Birinchi guruhga falsafa, matematika va fizikani; ikkinchi guruhga etika va siyosatni; uchinchi guruhga esa san’at, hunarmandchilik va amaliy fanlarni kiritadi. Shunday qilib, qadimgi yunonlar axloq haqidagi ta’limotni fan darajasiga ko‘targanlar va «Etika» (ta ethika) deb ataganlar. Biroq bizda milliy-mintaqaviy axloqiy qadriyatlarimizning, dastlabki axloqiy g‘oyalarning vujudga kelishi qadimgi yunonlar yashagan davrdan o‘nlab asrlar avval ro‘y bergan. Ajdodlarimizning eng ko‘hna e’tiqodiy kitobi - «Avesto» buning yorqin dalilidir. Shu sababli endilikda bu fanni ham ilmiy-tarixiy, ham zamonaviy-hayotiy talablar nuqtai nazaridan «Axloqshunoslik» deb atashni maqsadga muvofiq deb bildik. Download 450.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling