Gipoteza
|
Hypothesis
|
Globallashuv (lot.globus – shar, Yer, sayyora) – XX asrning ikkinchi yarmi – XXI asrning boshida jahon taraqqiyotida shakllangan yangi umumsayyoraviy tartibotlar, davlatlar va kishilar o‘rtasida o‘zaro aloqalarning kengayishi va murakkablashishi, dunyo miqyosida axborot makoni, kapital, tovar hamda ishchi kuchi bozoridagiintegratsiyalashuv. atrof–muhitga texnogen ta’sirning kuchayishi, ommaviy madaniyat namunalarining keng tarqalishi, axborot–mafkuraviy va diniy–ekstremistik xurujlar xavfining ortib borishiniifoda etuvchi tushuncha.
|
Globalizatsiya
|
Globalization
|
Globalistika – jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonlarini o‘rganuvchi fan.
|
Globalistika
|
Globalistics
|
Gnoseologiya (yunon. gnosis – bilish va logos – so‘z, ta’limot) – bilish nazariyasi.
|
Gnoseologiya
|
gnoseology
|
Gnostisizm (yunon. gnostikos – biluvchi) – Yunon falsafasi, xristianlik, zardo‘shtiylik, iudaizm, Bobil va Misr diniy e’tiqodlarida mavjud g‘oyalar sintezi asosida milodiy I asrda Aleksandriyada shakllangan va III asrga qadar xristianlikka qarshi hukmronlik uchun kurashib kelgan so‘nggi Antik davr va O‘rta asrlar diniy-falsafiy ta’limoti.
|
Gnostisizm
|
gnosticism
|
Gumanizm – (lot.humanitas – insoniylik, insonparvarlik, inson haqida g‘amxo‘rlik) – insonni himoya qilishga, uning huquqlariga kafillik berishni maqsad qilib olgan ta’limot.
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |