Harakatlarga o‘rgatish jarayonida qo‘llaniladigan mashq metodlari 2 xil bo‘lib, ular quyidagilardan iboratdir:
bo‘lingan - konstruktiv mashq metodi (mashqlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish va keyinchalik butunlay bajarishga erishish);
butunlay mashq metodi (vaqtincha ayrim detallarini chiqarib tashlash).
Bo‘lingan konstruktiv mashq metodiga masalan: suvda suzishni o‘rgatishni, akrobatik mashqlarni qismlarga bo‘lib o‘rgatish kiradi. Hammamizga ma’lumki mashqlar musobaqa sharoitida butunligicha bajariladi.
Butunlay mashq metodi shug‘ullanuvchilarga o‘rgatish lozim bo‘lgan mashqlar butunligicha o‘rgatilib, lekin ayrim detallari vaqtincha chiqarib tashlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |