Mashqni absolyut intensivligi faoliyatni energiya bilan taominlash xarakteriga to‘g‘ridan-to‘g‘ri ta’sir qiladi. Harakatlanishning tezligini pastligida katta energiya sarflanmaydi. Sportchini organizmini kislorodga talabining ko‘lami uni aerob imkoniyatlaridan oz. Bunda kislorodga bo‘lgan joriy talab, agarda, ishni boshlanishida nafas jarayoni yetarli darajada yo‘lga qo‘yilib ulgurmagan paytdagi kislorodga muhtojlikni ko‘p emasligini hisobga olmasak, sarflanayotganini o‘rnini qoplamaydi va ish xaqiqiy turg‘un holatdagi sharoitda bajariladi. Bunday tezlik subkritik tezlik deb nomlanadi. Subkritik tezlik zonasida kislorodga muhtojlik taxminan harakatlanish tezligiga to‘g‘ri proportsiyada bo‘ladi. Agarda sportchi tezroq harakatlanayotgan bo‘lsa kritik tezlikka erishadi, bu yerda kislorodga muhtojlik uni aerob imkoniyatlariga teng. Bu holda ishning bajarilishi bilan kislorod sarflanishining ko‘lami maksimal darajada deb hisoblanadi. Kritik tezligi qanchalar yuqori bo‘lsa sportchini nafas imkoniyati shuncha yuqori bo‘ladi. Tezligi kritik tezlikdan yuqoriligi uchun yuqori kritik tezlik deb nomlanadi. Yuqori kritik tezlik zonasida energetika mexanizmi samaradorligini ozligidan kislorodga muhtojlik tezlashadi, harakat tezligiga nisbatan ortadi. Taxminan kislorodga muhtojlik tezlikni kubiga nisbatan proportsional oshadi (Xill A.B.). Masalan, yugurish tezligini 6 dan 9 m. sek.ga oshirilsa
(ya’ni 1.5 marta) kislorodga muhtojlik esa taxminan 3, 3-3, 4 martaga ortadi. Bu degani, tezlik bir ozgina oshirilsa kislorodga muhtojlik a hamiyatli darajada ko‘payadi. Bu o‘z navbatida, anaerob mexanizmlar rolini muvofiq ravishda ko‘taradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |