Turon zarmed


Download 0.7 Mb.
bet3/3
Sana23.04.2023
Hajmi0.7 Mb.
#1384806
1   2   3
Bog'liq
4.10 (4)

Maʼnoning barqarorligi oʻzaro tushunishni qulaylashtirsa, uning oʻzgaruvchanligi (soʻzning aniq, bir maʼnosidagi oʻzgarishlar) soʻzdan borlikdagi yangi tushuncha va narsalarni nomlashda foydalanishga imkon beradi, badiiy soʻz sanʼatining muhim omillaridan hisoblanadi. Soʻzning koʻp maʼnoliligi ham aynan maʼnoning oʻzgaruvchanligi bilan bogʻliq. 


Bola nutqining rivojlanishi bevosita uning lugʻatiga bogʻliq. Albatta shuni taʼkidlash lozimki, bolaning lugʻat boyligi bola dunyoni anglashi orqali ifodalanadi. Bola maʼlumotlarni atrof-muhitni kuzatish, ota-onalar, kattalar, tarbiyachilar, oʻrtoqlari, kitoblar, filmlar, mashgʻulot va oʻyinlar orqali oladi. Bularning barchasida bolaga maʼlumotlar ogʻzaki nutq orqali beriladi.
Soʻz yasalishi — 1) muayyan tilda mavjud boʻlgan usullar, namuna va qoliplar asosida, maʼlum vositalar yordamida yangi soʻz hosil qilish (soʻz xrsil qilinishi). Masalan, affiks yordamida Soʻz yasalishi (soʻzQla > soʻzla, maza Q li >mazali), „qil“ yordamchi feʼli yordamida Soʻz yasalishi (tasdiq qilmoq, rohat qilmoq). Bu yerda „yasalish“ soʻzi „yasamoq“ feʼlining majhul nisbat shakli hisoblanadi va jarayonni ifodalaydi; birikmaning oʻzi esa lingvistik termin emas; 2) tilshunoslikning „Fonetika“, „Leksikologiya“ga oʻxshash alohida sohasini (boʻlimini) bildiradi. Masalan, oʻzbek tili morfologiyasi, oʻzbek tili sintaksisi, oʻzbek tili soʻz yasalishi. 
Hozirgi oʻzbek tilida yasama soʻzlar, asosan, affikslar yordamida hosil qilinadi, yaʼni morfemaning bir turi soʻz yasash uchun xizmat qiladi. Har qanday yasama soʻzning tarkibi Soʻz yasalishi asosi va soʻz yasovchidan iborat boʻladi: huquqshunos (huquq — Soʻz yasalishi asosi, shunos — soʻz yasovchi), tekislamoq (tekis — Soʻz yasalishi asosi, la— soʻz yasovchi). Soʻz yasalishi asosi yasama soʻz boʻlishi ham mumkin: bilimli (bilim — Soʻz yasalishi asosi, li — soʻz yasovchi). 
Download 0.7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling