"turonbank" aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi qarori
Download 101.36 Kb. Pdf ko'rish
|
1 2
Bog'liq38-12-карор
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6 ta, Bankni startegik rivojlantirish masalasida 2 ta, Gʻaznachilik masalasida 1 ta, Ichki audit masalasida 1 ta
- Boshqaruv qaror qiladi
- Boshqaruv Raisi Ch.S.Mirzayev
filialida 1,6 barobarga (2021 yilda 6 ta – 2022 yilda 10 ta), Nukus
filialida 1,7 barobarga (2021 yilda 7 ta – 2022 yilda 12 ta) va Jizzax filialida 1,4 barobarga (2021 yilda 13 ta – 2022 yilda 19 ta) oʻsganligini qoʻrish mumkin. Bu esa, mazkur filiallarda murojaatlar bilan ishlash masalasi ustidan tizimli nazorat oʻrnatish hamda murojaatlarni keltirib chiqarayotgan omillarni bartaraf etish borasida zarur choralar koʻrilmayotganligini koʻrsatadi. 2022 yil 1-chorak davomida jami kelib tushgan 224 ta murojaatlar yoʻnalish kesimida tahlil qilinganda, quyidagilarni koʻrish mumkin. Murojaatlarning asosiy qismi Chakana xizmat koʻrsatish yoʻnalishida (chakana kreditlash hissasi yuqori) 118 ta, Kreditlash masalasida 47 ta, Loyihalarni moliyalashtirishda 30 ta, Xodimlar masalasida 4 ta, Yuridik masalada 4 ta, Buxgalteriya masalasida 11 ta, Bank risklarini boshqarish №38/12 29-04-2022 05.05.2022 ТуронБанк | Веб Почта 2/3 departamenti masalasida 6 ta, Bankni startegik rivojlantirish masalasida 2 ta, Gʻaznachilik masalasida 1 ta, Ichki audit masalasida 1 ta murojaatlar hissasiga toʻgʻri kelgan. Yuqoridagilardan kelib chiqib, murojaatlar koʻrib chiqish borasidagi ishlarni tizimli tashkil etgan holda bu borada masʼuliyat va javobgarlikni yanada oshirish maqsadida, Boshqaruv qaror qiladi: 1. “Turonbank” ATB tizimida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan murojaatlar va ular bilan ishlash ahvoli toʻgʻrisida Bank apparati rahbari v.b. Sh.M.Xamrayevning bergan axboroti maʼlumot uchun qabul qilinsin. 2. Murojaatchilar tomonidan koʻtarilgan masalalarni oʻz vaqtida bartaraf etishga va ularni yuqori tashkilotlarga murojaat qilishga majbur qilmasdan turib hal qilishga masʼuliyat bilan yondashilmaganligi, xodimlarning kasbiy malakalarini va shaxsiy masʼuliyatini oshirishga jiddiy eʼtibor qaratilmaganligi uchun Buxoro, Qarshi, Nukus, Shahrisabz va Jizzax filiallari boshqaruvchilari qatʼiy ogohlantilsin. 3. Chakana xizmatlar koʻrsatish, kreditlash, investitsion loyihalarni moliyalashtirish yoʻnalishlari boʻyicha jismoniy va yuridik shaxslardan murojaatlar kelishi davom etayotganligini, ushbu yoʻnalishlar boʻyicha masʼul departament direktorlari tomonidan yetarli darajada tizimli nazorat tashkil etilmaganligi va talabchanlik susaytirib yuborilganligi koʻrsatib oʻtilsin. 4. Murojaatlar soni ortayotgan yoʻnalishlar boʻyicha Bosh bankning tegishli departament va boshqarmalari rahbarlariga nisbatan qatʼiy choralar koʻrilishi va ularning masʼuliyati qayta koʻrib chiqilishi belgilab qoʻyilsin. 5. Bank apparati, barcha departament va mustaqil boshqarma rahbarlari, filial boshqaruvchilari hamda Markaziy amaliyot boshqarmasi boshlig’i zimmasiga Boshqaruv qarorlari hamda Raislik soati majlis bayonlarida jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari bilan ishlashda xato va kamchiliklarga yoʻl qoʻygan bankning barcha boʻlinma va filiallari masʼul xodimlarining masʼuliyati va javobgarligi masalasini tanqidiy muhokama qilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf qilish yuzasidan aniq choralar belgilash hamda tizimli nazoratni yanada kuchaytirish vazifalari yuklatilsin. 6. Barcha filial rahbarlari tomonidan filiallarga toʻgʻridan-toʻgʻri Xalq qabulxonasi orqali kelib tushadigan va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh Vazirning tadbirkorlar murojaatlarini koʻrib chiqish virtual qabulxonasi orqali filiallarga kelib tushgan murojaatlarni 3 kun muddatda hal etishni (uchrashuv suhbat bayoni rasmiylashtirish), asoslangan javob xati yuborishni hamda biriktirilgan maʼsul xodim faoliyatini kunlik nazorat qilish filial boshqaruvchisi tomonidan taʼminlansin. 7. Bankni strategik rivojlantirish va marketing departamenti barcha filiallardagi “Ishonch telefonlari" toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni toʻgʻri koʻrsatilishi, telefon aloqasi uzluksiz ishlashi hamda telefon raqamlari oʻzgargan holatda zudlik bilan yangilanishini taʼminlasin. 05.05.2022 ТуронБанк | Веб Почта 3/3 8. Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini hukumat darajasiga olib chiqmaslik maqsadida, bank va filial rahbarlari tomonidan har kuni soat 9:00 dan 17:00 gacha shaxsiy qabul jadvaliga qatʼiy amal qilgan holda, qabullar amalga oshirilsin. 10. Barcha filial boshqaruvchilari hamda Markaziy amaliyot boshqarmasi boshlig’i zimmasiga: - Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti virtual qabulxonasi orqali kelib tushgan murojaatlarni amaldagi qonun hujjatlari talablariga muvofiq ijobiy hal etish yoki istisno qilish imkoniyati mavjud boʻlmagan murojaatlarga qonuniy va toʻliq asoslantirilgan javob xatlarini qonunchilikda belgilangan muddatda yuborilishini taʼminlash; - murojaatlar masalasi yuzasidan imzolangan bank Boshqaruvi qarorini qoʻl ostidagi xodimlar bilan muhokama qilish; - murojaatlar ortgan yoʻnalishlar boʻyicha masʼul boʻlgan filial xodimlariga nisbatan egallab turgan lavozimidan ozod qilishgacha choralar koʻrish; - jismoniy va yuridik shaxslarning vakillarini qabul qilish, ularning murojaatlarini oʻz vaqtida koʻrib chiqish yuzasidan nazorat ishlarini yanada kuchaytirish; - jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushayotgan murojaatlarni oldini olish, mijoz va bank oʻrtasida yuzaga kelayotgan muammolarni joyida bartaraf etish maqsadida, mijozlar ishtirokida tashkil etilgan telegramm botlarda mijozlar tomonidan berilayotgan savol, taklif, tavsiya va shikoyatlarni masʼuliyat bilan oʻz vaqtida tezkorlik bilan koʻrib chiqilishini taʼminlash; - joylarda mavjud muammolarni aniqlash, ularni oʻz vaqtida bartaraf etish, murojaatlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish maqsadida, haftada bir marta Markaziy bankning hududiy Bosh boshqarmasi hamda joylardagi tegishli mutaxassislari bilan birgalikda qishloq va mahalla fuqarolari yigʻinlarida muntazam ravishda Sayyor uchrashuvlar tashkil etish, va mazkur uchrashuvlarda jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan koʻtarilgan masalalarni amaldagi qonunchilikka muvofiq hal etish choralarini koʻrish; - kelgusida jismoniy va yuridik shaxslarning yozma, ogʻzaki va elektron koʻrinishdagi murojaatlarini koʻpayishini oldini olish maqsadida, filiallarda murojaatlar bilan ishlash boʻyicha biriktirilgan masʼul xodimlardan har kuni (qabulga yozilgan fuqarolar, filialga kelib tushgan jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlari haqida) hisobot va maʼlumotlar talab qilish vazifalari yuklatilsin. 11. Ushbu Boshqaruv qarori ijrosini nazorat qilishni oʻz zimmamda qoldiraman. Boshqaruv Raisi Ch.S.Mirzayev _____________ Download 101.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling