Turopereyting
Download 23.91 Kb.
|
maruza
Faoliyat joyiga ko‘ra:
1.Mahalliy (ichki) turoperatorlar. Ular o‘zi yashayotgan mamlakat chegaralari doirasida yo‘nalishlar bilan birgalikda turpaketlar tuzadilar. 2.Chiqish turoperatorlari turpaketlarni xorijiy davlatlarga yo‘naltiradilar. 3.Qabul qiluvchi turoperatorlar. Ular turistlsrlar boradigan mamlakatda joylashgan bo‘ladi va ularga xizmat ko‘rsatishadi. Bundan tashqari, turoperatorlarni Initsiativ va Retseptiv turoperatorlarga ham bo‘lish qabul qilingan2.
Real turizm tadbirkorligida, ko‘pincha, turizm bozori uchun xarakterli bo‘lgan vazifalarning aralashuvi uchrab turadi. Turistik firma o‘zining ba’zi mahsulotlariga nisbatan ham Retseptiv, ham Initsiativ turoperator, ba’zi hollarda esa boshqa turoperator tomonidan shakllantirilgan tayyor turlarni sotish bo‘yicha turagent sifatida ham kelishi mumkin. “Turizm to‘g‘risida”gi Qonun bo‘yicha o‘z turistik mahsulotini shakllantiradigan va unga o‘z yo‘llanmasini chiqaradigan turistik tashkilotgina turoperator hisoblanadi. Bunday talablarni turfirma bajaradi. Yo‘llanma turistlar bilan qilinadigan bitimga rasmiy ilovadir (xizmat ko‘rsatish joyiga ko‘rsatiladigan asosiy hujjat - vaucherdir). Retseptiv turoperator qabul qilish uchun turlarni shakllantirish bilan shug‘ullanadi. Initsiativ maxsuslashgan turoperator, qoida bo‘yicha, bir necha punktlarda qabul qilishlardan mujassamlashtirib turlarni shakllantiradi. Download 23.91 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling