“Халқаро молия ва ҳисоб” илмий электрон журнали. №2, апрель, 2020 йил
Tursunhodjayeva Sh.Z.–TMI, tayanch doktorant
MOLIYAVIY RISKLARNINGKONSEPTUAL ASOSLARI
Maqolada moliyaviy risklarning mohiyati, tasniflanishi, boshqarish va
kamaytirish boʻyicha chora-tadbirlar toʻgʻrisidakonseptual asoslar ishlab chiqilgan
boʻlib, bu oʻz navbatida chet el va milliy iqtisodchilarimizning ham qarashlarini
uygʻunlashtirilgan.
Shuningdek, ushbu maqolada Thomson Reuters kompaniyasi, hamda strategik
boshqaruv qarorlari tahlili instituti (ISAR)tomonidan oʻtkazilgan soʻrovnoma
natijalari bilan tanishilgan. Chet el nufuzli korporatsiya moliyaviy menejerlarining
moliyaviy risk boshqaruvi haqidagi qarashlari bilan ham tanishishingiz mumkin.