Tursunova Sayyora Qahramonovna
Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi
Download 284.65 Kb.
|
dissertatsiya oxirgi 2022
Tadqiqotning o’rganilganlik darajasi: Ma’naviy-axloqiy munosabatlar tarixiy taraqqiyot davomida tarkib topib, takomillashib borgan va kishilarda birgalikda yashash sharoitidan, tabiiy ehtiyojidan, ijtimoiy manfaatlari va hayotiy talablaridan kelib chiqqan va ular muayyan tarixiy davrdagi kishilarning xatti-harakati va boshqalarga bo‘lgan munosabatlarida namoyon bo‘lgan. Ana shu munosabatlarsiz biron bir jamiyatni tasavvur qilib bo’lmaydi.
Jahon mamlakatlari taraqqiyotidan ma’lumki, har qanday davlatning iqtisodiy rivojlanishi, unda yashovchi aholining ma’naviy-axloqiy saviyasi nechog’lik yuksakligtiga bog’liq. Jahon ta’limotida ma’naviy madaniy tarbiyahaqida G’arb faylasuflaridan Suqrot, Arastu, Konfutsiyning ta’limotlarida yoritilgan. Jahon amaliyotida esa I.F.Gerbart, A.Disterverg, Ya.A.Komenskiy, K.D.Ushinskiy, A.S.Makarenko kabi buguk olimlar ham ma’naviyat tushunchasiga ta’rif berib o’tganlar. Sharq mutafakkirlaridan, Abu Rayhon Beruniy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Kaykovus, Yusuf Xos Hojib, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, , Amir Temur, Abdulla Avloniy Muhammad Sodiq Qoshg’ariy, kabilar yetuk namoyandalar o’z ta’limotlarida ma’naviyat, ma`rifat va insonparvarlik g’oyalari talqin etilgan. Mustaqillik yillarida M.Quronov, S.Rajabov, O.Musurmanova, A.Kenjaboyev, SH.Olimov, D.Ro’ziyeva, Safo Ochil, O’.Asqarova, M.Inomova, E.Yusupov, SH.Otamirzayev, T.Mahmudov, A.Mavrulov, J.G.Yo’ldoshevlarning ilmiy ishlarida o’quvchi-yoshlar kamoloti, unda ma’naviy-axloqiy sifatlarni tarbiyalashning ijtimoiy-falsafiy jihatlari, o‘quvchilarning ma’naviy madaniyatini shakllantirish masalalari yoritilgan. Ma’naviy qadriyatlar mushtarakligida shaxs ongini shakllantirish masalalarini, yoshlarning milliy tarbiyasi, oilaning ma’naviy asoslari, mustaqillik ma’naviyati va tarbiya asoslari, o’quvchida milliy o’zlikni anglash, milliy g‘urur iftixor tuyg‘ularining shakllanishi, bu jarayonda milliy ma’naviyatning o‘rni va roli tahlil etilgan, o’quvchilarni ma’naviy-axloqiy ruhda tarbiyalashni shakllantirish masalalari, milliy ma’naviy merosimizni yoshlar ongiga singdirish yo’llari tadbiq etgan. Har tomonlama yetuk va sifatli kadrlarni yetishtirishda boshlang’ich ta’lim asosiy poydevor ekanligiga ham e’tiborni qaratiladi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov kichik maktab yoshdagi o’quvchilarni odobi- axloqiga e’tibor berishni ta’kidlab, ta’lim va tarbiyaning uyg’unligi asosida 8“Ta’limni tarbiyadan, tarbiyani esa ta’limdan ajratib bo’lmaydi – bu sharqona qarash, sharqona hayot falsafasi” ekanligini alohida e’tirof etib, ta’lim sohasidagi yangi ta’lim modelining kuchli samaraga erishilayotganligini ta’kidlagandilarx Download 284.65 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling