Tushda kechgan umrlar
Download 25.29 Kb.
|
o`tkir hoshimov
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tushda kechgan umrlar“
MAVZU: O‘tkir Hoshimovning “Tushda kechgan umrlar” romanida fojiaviylik. Reja:
1 O‘tkir Hoshimovning hayoti va ijodi 2 “Tushda kechgan umrlar” romanida fojiaviylik. “Tushda kechgan umrlar” – oʻzbek yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub roman. Muallif asarni 1993- yil yozgan. Ilk bor “Sharq yulduzi” jurnalida serialashtirilgan.[1] Kitob oʻlaroq 1994- yil Toshkent shahrida “Sharq” nashriyotida chop etilgan. Roman muallifning eng mashhur asarlaridan biridir.Asarda bosh qahramon Rustamning fojiaviy qismati orqali afgʻon urushining maʼnosiz mohiyatini teran va taʼsirchan ifoda etilgan. Butun umri davomida totalitar rejim siyosatining qalqoni va qilichi sifatida ish koʻrgan, necha minglab halol odamlar dilini jarohatlagan, yostigʻini quritgan Komissar ham oʻziga xos fojiaviy obrazdir. Bu kimsaning fojiasi shundaki, u oʻzi olib borgan qora ishlarni haq deb biladi.
Yozuvchi endilikda badiiy asar yaratishda publitsistika bajarishi lozim bo‘lgan vazifani sekin-asta o‘z zimmasidan soqit kilmoqda. U kundalik dolzarb masalalar tahlilini publitsistikaga berib, e’tiborini o‘zining azaliy ishi – inson qalbi jumboqlari tadqiqiga astoydil qaratmoqda. Romandagi Rustam, Shahnoza kabi qahramonlar ruhiy olamining talqini xuddi shunday xulosa chikarishga imkon beradi. Faqat roman kompozitsiyasining nomukammalligi uning adabiyotda juda katta hodisa darajasiga ko‘tarilishiga halakit bergandek tuyuladi. Kompozitsiyadagi tarqoqlik, ayniqsa, Rossiyadan yuborilgan kishilar hayotiga, faoliyatiga bog‘liq voqealarning, tafsilotlarning asosiy syujet chiziqlariga uzviy bog‘lab yuborilmaganida yaqqol seziladi. Shunga qaramay, yozuvchining so‘nggi asarlari O‘tkir Hoshimovning hozirgi o‘zbek nasridagi sermahsul ijodkorlardan biri darajasiga ko‘tarilganligidan guvohlik beradi. „Tushda kechgan umrlar“ — oʻzbek yozuvchisi Oʻtkir Hoshimov qalamiga mansub roman. Muallif asarni 1993-yil yozgan. Ilk bor „Sharq yulduzi“ jurnalida serialashtirilgan.[1] Kitob oʻlaroq 1994-yil Toshkent shahrida „Sharq“ nashriyotida chop etilgan. Roman muallifning eng mashhur asarlaridan biridir. Asarda bosh qahramon Rustamning fojiaviy qismati orqali afgʻon urushining maʼnosiz mohiyatini teran va taʼsirchan ifoda etilgan. Butun umri davomida totalitar rejim siyosatining qalqoni va qilichi sifatida ish koʻrgan, necha minglab halol odamlar dilini jarohatlagan, yostigʻini quritgan Komissar ham oʻziga xos fojiaviy obrazdir. Bu kimsaning fojiasi shundaki, u oʻzi olib borgan qora ishlarni haq deb biladi.
Download 25.29 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling