Tushunchalardan
Download 21.17 Kb.
|
2-variant 1. Quyidagi tushunchalardan qaysi biri kimyoviy element tushunchasini to‘g‘ri talqin etadi? 1) atomlarning muayyan ko‘rinishi 2) yadro zaryadlari bir xil bo‘lgan atomlar turkumi 3) atom massalari bir xil bo‘lgan atomlar turkumi 4) tartib raqamlari bir xil bo‘lgan atomlar turkumi A) 1,3 B) 2,3 C) 1,4 D) 2,4 E) 3,4 2. Quyidagi alomatlarning qaysi biri moddaga ta’luqli? 1. fosfor uch xil allotropik shakllarga ega 2. fosfor to‘rt atomdan tashkil topgan tetraedr shaklni hosil qiladi 3. fosfor III davrning V guruhida joylashgan 4. fosfor bug‘ining zichligi 4,28 ga teng A) 1,2,3 B) 1,2,4 C) 1,3,4 D) 2,3,4 E) 3,4 3. Allotropik shaklga ega moddalar qatorini ko‘rsating. A) fosfor, oltingugurt, uglerod B) fosfor, kislorod, vodorod C) uglerod, oltingugurt, natriy D) kislorod, ftor, fosfor E) azot, kislorod, xlor 4. Quyidagi alomatlarning qaysilari elementga tegishli? 1. kislorod havoga nisbatan og‘irroq; 2. kislorodning molekulasida ikkita atom bor; 3. kislorodning tarkibi massalari 16, 17, 18 m.a.b. ga teng bo‘lgan izotoplardan tashkil topgan; 4. kislorod II davrning VI guruhida joylashgan A) 1,2 B) 1,3 C) 1,4 D) 3,4 E) 2,4 5. Oddiy moddalar qatoriniko‘rsating. 1. Cl2, Cl2O3, HCl, KCl; 2. O3, Cl2, P4, S8; 3. H2O, O2, Na2O, NO 4. N2, NH3, NO2, N2O; 5. Cr, CrO, Cr2O3, CrO3 A) 3 B) 4 C) 1 D) 2 E) 5 6. Elementlar metallmaslik xossalari ortib borish tartibida joylashtirilgan qatorni ko‘rsating. 1) kaliy 2) kislorod 3) oltingugurt 4) tellur 5) selen A) 1,4,5,3,2 B) 2,3,5,4,1 C) 4,1,5,3,2 D) 5,4,1,2,3 E) 5,4,1,3,2 7. Davr bo‘ylab elementlar atomlarining radiuslari qanday o‘zgaradi? 1. ortadi; 2. kamayadi; 3. o‘zgarmaydi; 4. sharoitga bog‘liq bo‘ladi; A) 1 B) 2 C) 3 D) 4 E) 3 va 4 8. Atom radiuslari ortib borish tartibida berilgan elementlar qatorini aniqlang. A) B, Be, Li B) Al, B, N C) Cs, K, Li D) Fr, Rb, K E) Cs, K, Na 9. Birinchi guruxdagi elementlardan qaysi birining ionlanish energiyasi eng kichik qiymatga ega? A) natriy B) litiy C) kaliy D) seziy E) rubidiy 10. Oksidlanish darajasi o‘zgarishiga ko‘ra har bir atomning radiusi ham o‘zgaradi. Ushbu birikmalarning qaysi birida xlor ioni maksimal katta radiusga ega bo‘ladi? A) kaliy perxlorat B) kaliy xlorat C) kaliy gipoxlorit D) kaliy xlorid E) kaliy xlorit 11. Rux aldamasi (ZnS) havoda kuydirilganda qanday moddalar hosil bo‘ladi? 1.asosli oksid; 2.kislotali oksid; 3.amfoter oksid; 4.o‘rta tuz; A) 1 va 2 B) 1 va 3 C) 2 va 3 D) 3 va 4 E) faqat 4 12. Quyidagi oksidlar qatorining qaysi birida asoslik xossa ortib boradi? A) Mn2O7, MnO3, MnO2, Mn2O3, MnO B) Li2O, BeO, B2O3, CO2, N2O5 C) Na2O, MgO, Al2O3, SiO2, SO3 D) CO2, CO, P2O5, CaO, CuO E) Fe2O3, FeO, CaO, ZnO, K2O 13. Xrom(VI)oksidi qanday xususiyatga ega? A) asosli B) kislotali C) amfoter D) tuz hosil qilmaydigan E) befarq 14. Kislotalarning umumiy xossalari qaysi xususiyatlari bilan bog‘liq? A) suvda oson erishi B) dissotsilanish xususiyati C) molekulasida vodorod atomining mavjudligi D) kislota qoldig‘iga ega bo‘lishi E) dissotsilanganda vodorod ioni ajralishi 15. Sulfat va perxlorat kislotalarining tegishli angidridlarini ko‘rsating. A) oltingugurt(IV)oksid va xlor(I)oksid B) oltingugurt(VI)oksid va xlor(VII)oksid C) oltingugurt(VI)oksid va xlor(VI)oksid D) oltingugurt(IV)oksid va xlor(VII)oksid E) oltingugurt(VI)oksid va xlor(IV)oksid 16. Qaysi guruhdagi hamma moddalar KOH eritmasi bilan o‘zaro reaksiyaga kirishadi? A) magniy xlorid, soda, oltingugurt(VI)oksidi, rux sulfat, mis(II)xlorid B) sulfat kislota, fosfor(V)oksid, kremniy(IV)oksid, kaliy nitrat, kaliy sulfat C) vodorod xlorid, temir(III)sulfat, oltingugurt(VI)oksid, alyuminiy gidroksid, kaliy gidrosulfid D) kaliy xlorid, temir(III)sulfat, oltingugurt(VI)oksid, alyuminiy gidroksid, kaliy gidrosulfid E) sulfat kislota, uglerod(IV)oksid, bariy gidroksid, fosfor(V)oksid, mis gidrokarbonat 17. Qanday moddalar asoslar deyiladi? A) metall atomlari va kislota qoldiqlaridan tashkil topgan moddalar B) bitta yoki bir nechta gidroksoguruhlar bilan birikkan metall atomlaridan tashkil topgan moddalar C) biri kislorod bo‘lgan ikki elementdan tashkil topgan moddalar D) kislota va tuzlarning ta’sirida o‘z rangini o‘zgartiradigan moddalar E) qizdirilganda tuz va suv hosil qiluvchi murakkab moddalar 18. Neytrallanish reaksiyalarining ta’rifi qaysi javobda to‘g‘ri ko‘rsatilgan? A) kislota bilan asos ta’sirlashishi natijasida tuz va suv hosil bo‘ladigan reaksiyalar B)kislota bilan metall orasida boradigan, natijada tuz va vodorod hosil bo‘ladigan reaksiyalar C) modda suv bilan o‘zaro reaksiyaga kirishib, suvda eriydigan asos hosil qiladigan asosli oksid bilan suv orasida boradigan reaksiyalar E) vodorod bilan metallmaslar orasida boradigan reaksiyalar Nordon tuz hosil bo‘lishi uchun 28 g kaliy gidroksid bo‘lgan eritmada necha gramm vodorod sulfid yutilishi kerak? A) 34 g B) 8,5 g C) 25,5 g D) 32 g E) 17 g 19. 5,1 g ammiak 9,8 g sulfat kislota bilan reaksiyaga kirishgan. Bunda qancha yangi modda hosil bo‘lgan? A) 13,2 g B) 15,2 g C) 25,5 g D) 12,5 g E) 11,3 g 20. 1 mol kalsiy digidrofosfat bilan 2 mol kalsiy gidroksid orasidagi reaksiya natijasida qanday tuz hosil bo‘ladi? A) kalsiy fosfat B) kalsiy gidrofosfat C) kalsiy gidroksofosfat D) kalsiy digidrofosfat E) moddalar orasida reaksiya oxirigacha bormaydi 21. 15 g moddani 135 g suvda eritib olingan eritmaning konsentratsiyasi (%) qanday bo‘ladi? A) 13 B) 24 C) 10 D) 19 E) 16 22. 40 g 4 % li eritma hosil qilish uchun necha gramm modda va suv kerak? A) 2,5 va 37,5 B) 0,4 va 39,6 C) 5 va 35 D) 1,6 va 38,4 E) 2,0 va 38,0 23. 25 % li 80 gramm eritmadagi erigan moddaning massasini (g) toping. A) 25 B) 20 C) 23 D) 19 E) 27 24. 20 ml 0,15 N sulfat kislota eritmasini neytrallash uchun 0,1 N natriy gidroksid eritmasidan qancha hajm (ml) sarflanadi? A) 20 B) 30 C) 40 D) 50 E) 10 25. 59,24 % li (ρ=1,49 g/sm3) sulfat kislota eritmasining normal konsentratsiyasini aniqlang. A) 18 B) 9 C) 27 D) 36 E) 49 26. 1,89 g kislotani neytrallash uchun 0,5 N o‘yuvchi kaliy eritmasidan 60 ml sarflandi. Kislotaning ekvivalentini aniqlang. A) 49,2 B) 63,0 C) 32,67 D) 36,5 E) 81,0 27. Hajmi 3 l bo‘lgan osh tuzi eritmasida 9 mol modda mavjud. Shu eritmaning titri (g/ml) ni aniqlang. A) 0,0195 B) 0,0585 C) 0,176 D) 0,585 E) 1,761 28. Kaliy sulfitning 0,1 N (normallik erigan moddaning 1 l eritmadagi ekvivalent miqdorini aks ettiradi) eritmasi bor. 20 ml eritmadagi tuzni oksidlash uchun har litrida 31,6 g KMnO4 tutgan eritmadan qancha hajm (ml) zarur? Reaksiya kislotali muhitda boradi. A) 1 B) 3 C) 2,8 D) 4 E) 2 29. 20 % (ρ=1,115 g/ml) nitrat kislota eritmasining molyarligi va titri (eritmaning har bir millilitrida necha gramm erigan modda bor ekanligini ko‘rsatadi)ni toping. A) 5,1 va 4 B) 4,52 va 223 C) 5,1 va 30 D) 3,54 va 4 E) 3,54 va 0,223 30. 24,5 g 40 % li H3PO4 eritmasini neytrallash uchun 1 N NaOH eritmasining 300 ml miqdori sarf bo‘lgan. Kislotaning ekvivalentini toping. A) 32,6 B) 4,04 C) 23,3 D) 4,46 E) 8,32 Download 21.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling