Tushunchasi. Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar
Download 4.24 Kb.
|
Reja Shaxsning psixologik xarakteristikasi. Psixologiyada Shaxs-fayllar.org
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6. 2. Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar 6. 3. Shaxs va uning faolligi 6. 4. Faoliyat turlari, jismoniy va aqliy harakatlar
Reja: Shaxsning psixologik xarakteristikasi. Psixologiyada Shaxs tushunchas 6- Ma’ruza: Shaxs va uning faoliyati Reja: 6. 1. Shaxsning psixologik xarakteristikasi. Psixologiyada Shaxs tushunchasi. 6. 2. Shaxs tuzilishida biologik va ijtimoiy omillar 6. 3. Shaxs va uning faolligi 6. 4. Faoliyat turlari, jismoniy va aqliy harakatlar 6. 5. Ijtimoiy xulq motivlari va shaxs motivatsiyasi. 6.1. Shaxsning psixologik xarakteristikasi. Psixologiyada shaxs tushunchasi. Inson, odam ko’plab fanlarning o’rganish ob‘ekti bo’lib hisoblanadi. Ular odamlarning turli tomonlarini va hayot tarzini, rivojlanishi va boshqalarni o’rganadi. Psixologiya fani odamni jamiyatda, boshqalar bilan munosabatda bo’luvchi ongli faoliyat sub‘ekti sifatida o’rganadi. Psixologiya fanida odamni ta’riflashda ko’plab tushunchalar qo’llaniladi. Shu jumladan «Shaxs», «individ», «individuallik» tushunchalari ham qo’llaniladi. Odamning insonlik jinsiga mansubligi individ tushunchasi bilan ifodalanadi. Katta yoshdagi kishilar, chaqaloqlar, tilni va oddiy malakalarni o’zlashtira olmaydigan ruhiy kasallar (telbalar) ham individdir. Individ tushunchasida kishining biologik turga mansubligi aks ettirilgan. Barcha kishilar odamlar individdir. Yangi tug’ilgan chaqaloqning ham, katta yoshning ham, tafakkurni ham, aqli zaif ovsarni ham, yovvoyilik bosqichidagi qabilaning vakilini ham, madaniyatli mamlakatda yashayotgan yuksak bilimli kishini ham individ deb hisoblash mumkin. Individ sifatida kishi alohida sotsial fazilat kashf etadi, shaxs bo’lib yetishadi. Individ sifatida dunyoga kelgan odam keyinchalik, jamiyatdagina Shaxsga aylanadi. Ijtimoiy munosabatlarga kirishuvchi, ongi yuksak taraqqiy etgan, ijtimoiy taraqqiyotda ishtirok etuvchi odamgina Shaxs deyiladi. Shaxsning eng asosiy belgisi-uning ongli faoliyat egasi ekanligidir. Ma’lumki kishi ongi faqat jamiyatda, boshqalar bilan o’zaro munosabatda til yordamida ijtimoiy tajribani o’zlashtirishda shakllanadi. Binobarin Shaxs ham faqat jamiyatdagina Shaxsga aylanishi mumkin. Shaxs ijtimoiy tajribani faol ravishda tahlil qiladi, o’zlashtiradi, o’zi uchun o’zgartiradi-bu jarayon davomida o’zi ham Shaxs sifatida shakllanadi. Shaxsning faolligi o’zi hayot uchun yo’l tanlashida, bu yo’lni egallashida. Shaxs shakllanib borgan sayin tashqi ta’sirlar, shu jumladan ijtimoiy ta’sirlar ham uning ichki dunyosi, psixologiyasiga qarab turli odamlarga turlicha ta’sir qiladilar. Masalan, bir xil baho turli o’quvchilarga turlicha ta’sir qiladi. Odamning shaxs sifatidagi asosiy belgisi: sotsiolligi, ongi va tilidir. Inson Shaxsining xarakterli tomonlaridan biri uning individualligidir. Individuallik - Shaxs psixologik, ijtimoiy, fiziologiya xususiyatlarining birikmalarining qaytarilmasligidir. Shaxs individualligi uning xarakteri, temperamenti, psixik jarayonlarning dinamikasi, hissiyotlari, faoliyatining motivlari, qobiliyatlari va shunga o’xshashlarning yig’indisiga bog’liq. Bularning hammasini birga qo’shib, mujassamlashtirsak ikkita bir xil odam bo’lmagan va bo’lmaydi. Individuallik kishining o’ziga xosligini uning boshqa odamlardan farqini aks ettiruvchi psixologik fazilatlar birikmasidir. Individuallik temperament va xarakter xususiyatlaridan odatlarda, ustun darajadagi qiziqishlarda, bilish jarayonlarga oid fazilatlar (idrok, xotira, tafakkur, tasavvur)da Qobiliyatlarda faoliyatning shaxsga xos uslubida va hokazolarda namoyon bo’ladi. Zikr etilgan Download 4.24 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling