Tushunchasining mazmun mohiyati
Download 251.53 Kb. Pdf ko'rish
|
O‘zaro yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning salbiy oqibatlar
tushunchasining mazmun mohiyati. 2. Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohga diniy jixatdan ruxsat etilmasligi. 3. Yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning davlat va jamiyat rivoji va salomatligiga salbiy ta’siri. 4. Oilaning tinchligi va farzandarning salomatligi uchun o‘zaro qarindosh bo‘lmagan insonlar bilan oila qurishning afzaliklari. Yaqin qarindoshlar deganda biz aka-uka, opa-singil, aka-singil, opa-uka, tog‘a-amaki, amma-xolalar qudachiliklarini tushunamiz. Bunday qudachilik 10-15 yil muqaddam ko‘p uchrardi. Hozir ancha kamaygan. Ammo Urgut, Samarqand tumanlarida uchrab turadi. Ayrimlar hozirgacha nikoh ham oilani, ham qarindoshlikni mustahkamlaydi, degan tushuncha bilan yuribdi. Qarindoshlar o‘rtasidagi nikohning oqibatlari to‘g‘risida Imom Fazzoliy o‘zining "Ihyou Ulum ad-din" kitobida Payg‘ambar alayhissalomdan quyidagi hadisni rivoyat qilgan: "Yaqin qarindoshlarga uylanmangizlar, farzand nimjon bo‘lib dunyoga kelishi mumkin". Shuning uchun ham yaqin qarindosh-urug‘lar o‘rtasidagi nikoh oqibatida farzandlar nimjon va zaif tug‘ilishi ko‘proq kuzatilgan."Irsiyat yetti pusht suradi", degan gap bekorga aytilmagan. Qiz berganda yoki o‘g‘il uylantirganda yetti pushtini surishtirish ham shundan kelib chiqqan bo‘lsa, ajab emas. Statistik ma’lumotlarga ko‘ra, qarindosh bo‘lmagan oilalarda tug‘ilayotgan har mingta go‘dakdan ikkitasi nogiron bo‘lib dunyoga kelsa, yaqin qarindoshlar o‘rtasidagi nikohdan tug‘ilgan bolalar majruhligi ikki-uch barobar ko‘p ekan. Mamlakatimizda har yili 0,5-1,5 foizgacha bolalar har xil tug‘ma nuqsonlar bilan tug‘iladi. Aytish lozimki, tug‘ma nuqsonlarning paydo bo‘lishi ko‘p faktorli jarayon hisoblanadi (homilaning shakllanishiga bir nechta sabab ta’sir qilishi mumkin), ammo bu sabablarning orasida yaqin qarindoshlik nikoh eng asosiy sababdir. Nega yaqin qarindoshli nikohdan bola nosog‘lom bo‘lib tug‘ilishi mumkin? Qarindoshlarda genlar o‘zaro o‘xshash bo‘ladi. Bu genlarda bo‘lg‘usi bolaning har bir hujayrasi qanday tuzilishda bo‘lishi haqida ma’lumotlar saqlanadi. Agar bir- biridan juda uzoq, o‘xshash bo‘lmagan genlarda kasallik belgisi saqlansa ham ikkinchi gen undan ustun kelishi mumkin va kasallik yuzaga chiqmaydi. Yaqin qarindoshlarda esa mabodo kasallik tashuvchi genlar birlashsa, ularning ikkalasi ham belgining, ya’ni kasallik rivojlanishini ta’minlaydi. Bu xavfli. Demoqchimanki, Download 251.53 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling