Tut kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari Reja: Tutning fuzarioz kasalligi


Download 27.69 Kb.
bet8/8
Sana01.04.2023
Hajmi27.69 Kb.
#1316815
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Tut kasalliklari va ularga qarshi kurash choralari

Plastinkali zamburug‘lar Schizophyllum alneum Schrol. Plastinkasimon zamburug‘lar orasida tut novdasini kasallantiruvchi parazitlar qatoriga kiradi. Zamburug‘ tutning sovuq urgan, zaiflashgan novdalarini zararlab chiritadi, ba’zan tutning asosiy tanasini ham kasallantiradi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi fakultativ parazit hisoblanib, o‘simlik novdasiga zararlangan to‘qimalar vositasida kirib keladi. Bu kasallik Fransiya, O‘zbekiston, Italiya, Yaponiya, Ussuriy o‘lkasida keng tarqalgan.
Bu zamburug‘ novda yuzasida qo‘ngir oq rangdagi yupqa qalpoqchada mevatanalarini hosil qilib, 4 mm kenglikdagi qisqa oyoqchada o‘rnashgan bo‘ladi. Qalpoqchaning yuzasi baxmalsimon, oq, plastinkasi yelpig‘ichsimon, oyochadan atrofga qarab kengayib boradi. Qalpoqchalarda hosil bo‘lgan sporalar 46x23 mkm ni tashkil qiladi.
Kasallikka qarshi kurashda amalga oshiriladigan tadbirlar qatoriga agrotexnika tadbirlari o‘tkazilganda ularning sovuqqa chidamliligini oshirish; plantatsiyalarni tuprog‘iga ishlov berishda mineral va organik o‘g‘itlarni qo‘llash yaxshi samara beradi. Kasallik qo‘zg‘atuvchisi novdalarga zararlangan to‘qimalar orqali kirib kelgani uchun daraxt tanasini zararlanishiga yo‘l qo‘ymaslik kerak. Daraxtlarning qurigan shoxlarini o‘z vaqtida yig‘ishtirib olib tashlash kerak.
Download 27.69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling