Tutchilik va ipakchilik faniga kirish 2 soat
Tut bargining xo’jalikda ahamiyati juda muhimdir
Download 153.21 Kb.
|
Tutchilik va ipakchilik ma\'ruza majmua
Tut bargining xo’jalikda ahamiyati juda muhimdir. Tut bargida ipak qurtining yashashi va rivojlanishi uchun eng zarur bo’lgan qand, oqsil, yog’ moddalari, suv, fermentlar hamda har xil vitaminlar mavjud.
Tutning mevasi juda shirin va servitamin, yerli xalqlar uni ko’p iste’mol qiladi. Ayniqsa, Balxitut va Shotut kabilarning mevasi juda lazzatli va shifobaxsh hisoblanadi. Bu tutning yangi yetilgan mevasidan sun’iy asal-shinni tayyorlanib, quruq mevasini maydalab non xamiriga aralashtiriladi.Tut urug’idan ko’chat yetishtiriladi. Tut daraxtining tanasi ko’pchilik daraxtiga nisbatan mustahkam va chidamli, pardozlaganda juda chiroyli. Shuning uchun undan duradgorchilikda keng foydalanadi, xar xil cholg’u asboblari, mebellar va bochkalar yasaladi. Tut yog’ochidan (bir necha yillar davomida suvga tashlab qo’yib) shamshod deb ataladigan juda chidamli taroqlar tayyorlanadi. Tut po’stlog’idan esa boshlang’ich material sifatida foydalaniladi. Tut novdalaridan savat, zambil va yengil stullar to’qish mumkin. Tarixiy adabiyotlarda tut daraxtlarining ildiz po’sti talqon qilib yoki qaynatib ichilganda gijja haydash va qisman qand kasalligini davolash mumkinligi bayon etilgan. Nihoyat, tut ko’chati boshqa daraxtlarga aralashtirib ekilganda garmsel va sovuq shamollarning ta’siri kamayadi. Bunday tutlarning bargidan qurtga ham beriladi, ulardan ko’chatzorga ekiladigan urug’ tayyorlanadi. Tut daraxtining organlariga ildiz, tana, shox-shabbalar, novda, kurtak, barg, gul, meva va urug’ kiradi. Tut daraxti organlarining tashqi (morfologik) va ichki (anatomik) tuzilishini o’rganmay turib, nihol va ko’chatlarni parvarish qilish ulardan mo’l barg hosili yetishtirish mumkin emas. Tut daraxti organlarining tuzilishi uning bajaradigan vazifalariga bevosita bog’liq. Bir organning o’zgarishi ikkinchisiga ta’sir etadi, bu esa nazariy va amaliy jixatdan katta axamiyatga egadir.Ch.Darvin, I.V.Michurin va boshqa olimlarning amaliy tajribalari asosida u yoki bu o’simlik navining organlari ko’pchilik tashqi belgilari xamda ichki tuzilishi jixatdan (ya’ni fiziologik o’zgarishlar) ularning sifati va xosildorligiga bevosita aloqador ekanligi aniqlandi. 1940 yil mashxur botanik olim N.P.Krenke tomonidan ishlab chiqilgan o’simliklarning davriy qarishi va yosharish nazariyasi ko’pchilik mevali, jumladan tut daraxtlariga taalluqli bo’lib, unda tut organlarining tashqi belgilarining yosh jixatidan o’zgarishi bargining oziq sifatiga ta’sir etishini isbotlab berdi. Tut daraxti organlarining ichki va tashqi tuzilish belgilarining o’zgarishi, uning yoshi bilan bir qatorda qo’llanadigan agrotexnik parvarish darajasi va bargidan foydalanish usullariga xam to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Tut daraxti organlarining tashqi (morfologik) jixatdan tuzilishi uning tur va navlarini ma’lum bir sistemaga solib o’rganishda katta axamiyatga egadir. Download 153.21 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling