Tutdoshlar oilasi haqida ma’lumot Sistematikaning maqsadi va vazifasi
Download 176.5 Kb.
|
Tutdoshlar oliasi
Tutdoshlar oliasi Mundarija: Kirish Tutdoshlar oilasi haqida ma’lumot Sistematikaning maqsadi va vazifasi. Tut daraxtining sistematikasi va geografik tarqalishi. Tut daraxtining oʻsimliklar umumiy sistematikasida tutgan oʻrni. Tutgulilar oilasi va uning taʼrifi. Tut (Morus) avlodining sitematikasi. Xulosa Foydalanilgn adabiyotlar KIRISH Tut barglari ipak qurti uchun kerakli ozuqa bo'lgani bois, har doim qimmatli o'simliklar qatoriga kiritilgan. Bundan tashqari, qadimdan tut daraxtidan musiqa cholg'u asboblari, yozuv qog'ozi ishlab chiqariladi. Tut po'stlog'idan tayyorlangan beshiklarga qurt tushmaydi, onalarimiz farzandlarimiz o'zidan ko'paysin deya, mevali daraxt — bolani tutdan yasalgan beshiklarga belashadi. Xalqimiz ipak qurtini yetti xazinaning biri, deya alohida e'zozlaydi. Zotan, marvariddek oppoq pilla ham, shoyi, atlas, adras kabi ko'rkam matolar ham tabiatning mo''jizasi bo'lmish ipak qurti mahsulidan yaraladi. Faqat u pillachining qalb qo'ri, mislsiz mehnati evaziga bunyod bo'ladi. Biroq keyingi yillarda kasanachilar orasida ipak qurti parvarishlashga ishtiyoq so'nib, pillachilikning shuhrati ham pasaygani bor gap. Shunday bir paytda Prezidentimiz tomonidan 2017 yil 29 martda "O'zbekipaksanoat" uyushmasi -faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to'g'risida"gi qarori qabul qilingani ayni muddao bo'ldi. Tut (Morus) — tutdoshlar oilasiga mansub daraxtlar turkumi; mevali daraxt; Oʻzbekistonda 5 turi oʻstiriladi. Oq T. (M. alba) va qora T. (M. nigra) mevasi isteʼmol qilinadi. Sershox T. (M. multicaulis), kagayama T. (M. Kagayamae) va ipak qurti T.i (M. bombycis) turlaridan, asosan, ipak qurti boqishda foydalaniladi. T. tez oʻsadi, qurgʻoqchilik va sovuqqa chidamli. Shoxshabbasi zich, keng yumaloq, oval va piramida shaklida. Boʻyi 15— 18, baʼzilariniki 20–25 m, yoʻgʻonligi 1,5 m gacha. Katta yoshdagi baland tanali T. daraxtlaridan 20–40 kg gacha barg, 50–60 kg meva hosili olinadi. T. ning egribugri (ilonoʻt) va pastga qarab oʻsadigan (majnun T.) xillari ham bor. Daraxti 300, ayrimlari 500-yil yashaydi. Oq T. (qarang Balxi tut) va shotut mevasi shirin, shifobaxsh, har xil vitaminlarga boy. Oʻzbekistonda T. qadimdan ekib koʻpaytiriladi. Yangiligida isteʼmol qilinadi, shinni, murabbo, mayiz, spirtli ichimlik tayyorlanadi. Bargi tut ipak qurti boqishda ishlatiladi. T. ikki uyli oʻsimlik. Gullari bir jinsli. T. urugʻidan, qalamchasidan, payvand va parxish qilib koʻpaytiriladi. Download 176.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling