Tutti suhbat Xizr ila Kavsar qirgogʻinda hilol
Download 198.63 Kb.
|
Soʻfiy Olloyor....1
Soʻfiy Olloyor oʻzbek mumtoz adabiyotida tasavvuf adabiyoti anʼanalarini izchil davom ettirib, oʻziga xos maktab yaratgan adib, shoir va mutafakkirdir. Shoir 1644 yilda Kattaqoʻrgʻon bekligiga qarashli Minglar qishlogʻida Olloquli (Temiryor) xonadonida dunyoga kelgan. Soʻfiy Olloyor dastlab Shayxlar qishlogʻidagi masjid qoshidagi maktabda, soʻng Buxorodagi madrasalarda taʼlim olgan. Madrasani tugatgandan keyin Joʻybor shayxlari qoʻlida tahsil koʻrgan. Soʻng Soʻfiy Olloyor maʼlum bir muddat Buxoroda Abdulazizxon saroyida soliq yigʻuvchi boʻlib ishlagan. Lekin tabiatan rahimdil, koʻngilchan Soʻfiy Olloyor bu ishda koʻp ishlamadi. Boylik orttirmadi. Ilm olishga, tasavvufni chuqur oʻrganishga, badiiy ijodga qattiq kirishib ketadi. Tinmay ijod etadi. Bunga ham qanoat qilmay oʻzidan bir pogʻona yuqori turgan mashhur mutasavvuf shayx Habibullohga shogird tushadi. Oʻn yildan keyin shayxlik martabasiga koʻtariladi. Mutasavvuf shoir bu davr ichida “Maslak ul-muttaqiyin”, “Sabot ul-ojizin”, “Murod ul-orifin”, “Siroj ul-ojizin”, “Mah-zan ul-mutiʼn”, “Najot ut-tolibin” kabi diniy-falsafiy asarlar yaratdi. Soʻfiy Olloyorning bu asarlarida Qurʼoni karim oyatlari, Hadisi sharif hikmatlari va tasavvuf gʻoyalari ajib bir tarzda uzviy bogʻlanib ketgan. Faylasuf shoir ojizlarga, yoʻldan ozganlarga hidoyat va najot yoʻlini koʻrsatib beradi. Toliblarga toʻgʻri yoʻl koʻrsatadi. Insofu adolatni, halollik va toʻgʻrilikni, oriflik, oshiqlik, xilvat va uzlatni toʻlib toshib kuylaydi, nafs va xudbinlikni qattiq tanqid qiladi. Dunyo lazzatlaridan voz kechib, oʻzni Haqning inon-ixtiyoriga topshirish falsafasini ilgari suradi. Markaziy Osiyoda keng tarkalgan Yassaviya-jahriya tariqati gʻoyalari uchun kurashdi. Soʻfiy Olloyor sheʼrlarida dunyoviy ishq-muhabbatni ham toʻlib toshib vasf etgan. Shoir gʻazallarida qoʻllanilgan badiiy tasviriy vositalar kishini maftun qiladi: Koʻrk uchun tushti ziloli laʼla mushkin xattu xol, Tutti suhbat Xizr ila Kavsar qirgogʻinda hilol.
Nargisi masting xumori bodadin gulgunmudir? Yo budurkim lolazor ichra tushan vahshi gʻizol…
Soʻfiy Olloyor dunyoviy ishq mavzusida bitgan sheʼrlarida ijtimoiy mazmundagi fikrlarini ham bayon etadi. Shoirning quyidagi baytlari fikrimizni toʻla tasdiqlaydi: Hech ishim roʻyi zamin ichra kifoyat boʻlmadi, Baxti kajimni soʻrogʻin berdi Qof arqosida.
Qoʻl sunub olguncha tegdi davr ayogʻi oʻzgaga, Koʻz yumub ochkuncha umr oʻtti jahon gʻavgʻosida…
Shoir gʻazallarida mahbubaning maʼnaviy latofatini alohida shukuh bilan tarannum etadi. Ularda tasvir etilgan mahbuba mavhum ilohiy pari paykar, huru gʻilmon emas, siz bilan biz yashab turgan haqiqiy dunyodagi goʻzal qiz siymosi. Soʻfiy Olloyorning gʻazallarini dunyoviy adabiyotning yaxshi namunalari qatoriga qoʻyish mumkin. Soʻfiy Olloyorning “Sabot ul-ojizin” deb nomlangan asari falsafiy-didaktik adabiyotning eng yaxshi namunalaridan biridir. Unda pir bilan shogirdlar oʻrtasidagi munosabatlar xususida fikryuritilgan. Ustozning shogirdlari oldidagi vazifalari, aksincha shogirdning pir odsidagi burchlari haqida bayon qilingan:
Kerak murpshd bergan monandi ummon, Muborak botini pur durri marjon.
Jaholat dashtidin kim kelsa suvsab, Aning tohir suvidan boʻlsa serob.
Agar boʻlsa kase, kim tolibi dur, Choʻmub botinga jaybin aylasa nur…
Asarda komil insonni tarbiyalab yetishtirish asosiy masala qilib qoʻyilgan. Muallifning fikricha, inson maʼlum eʼtiqodga ega boʻlishi zarur. Eʼtiqodsiz, aniq maqsadsiz kishi behuda umr kechirgan boʻladi. Umri zoye ketadi. Unga toʻgʻri yoʻlni koʻrsatish darkor. Soʻfiy Olloyor inson feʼlidagi salbiy jihatlarni qanchalik iztirob bilan tasvirlasa, ijobiy tomonlarni shunchalik zavq-shavq bilan kuylaydi. Odamlarni ochiqkoʻngillikka, shirinsoʻzlikka, rahmdillikka, mehr-oqibatga, saxovatga daʼvat etadi:
Ochuq qoʻllik, kushoda yuzli boʻlgʻil, Muruvvatlik, muloyim soʻzli boʻlgʻil.
Muloyim til bilan beharbu bezarb Birovni keltirurlar sharqdan gʻarb.
Suchuq tildir ajib ganji muazzam, Ato qilgon hech boʻlmagʻay kam…
Soʻfiy Olloyor oʻzbek adabiyoti tarixida tasavvuf taʼlimotini rivojlantirishga munosib hissa qoʻshgan shoirdir. U oʻz sheʼrlarida soʻfiylikning axloqiy masalalarini keng targʻib qildi. Odam faqat shu yoʻl bilan haqiqat va komillikka erishadi, degan falsafani olgʻa surdi. Soʻfiy Olloyor asarlarini fors, arab tillarini puxta bilgan holda sodda oʻzbek tilida yozdi. Shuning uchun shoir asarlari xalq ommasi orasida keng tarqalgandir. Shoir asarlari Toshkent, Qozon, Boku, Istanbul va boshqa shaharlarda toshbosma yoʻli bilan bir qancha marta bosilib chiqqan. “Maʼnaviyat yulduzlari” (Abdulla Qodiriy nomidagi xalq merosi nashriyoti, Toshkent, 1999) kitobidan olindi. ************* S O ‘ F I O L L O Y O R
u bu xizmatni ixtiyoriy tarzda tark etib, jo'ybor shayxlari ta ’sirii va o'zining e ’tiqodi qistavi bilan islom ta ’lim otining Buxorodagi s a rv a rla rid a n N a v ro 'z E sh o n g a m u rid tu sh ib , o 'z u m rin i naqshbandiya yo'liga astoydil bag'ishlagan. So'fi Olloyoming forsiy tildagi «Maslak ul-muttaqin» asarida piri komil hazrati N avro'z haqidagi quyidagi nazm iy qaydlar uchraydi. M azm uni: Asr shohi (B uxoro xoni) Abdulazizxon (1645— 1680) huzurida xizmatda edim. yegan nonim zahar-zaqqum edi. Nogahon Ollohning inoyati bilan ul zotning muhabbatiga bog'landim. Ul Ollohning habibi yo'lida bo'lgan murshidning muborak nomi Navro'z bo'lib, boshdan-oyog'i dardu so'zdir. Ul zotning vasfini bayon etmoq mushkuldir. Uning jazbasi shunchalik tortdiki, eng nozik tomirlaru har bir soch tolasigacha harakatga keldi. Darhol poyiga tiz cho'kdim va unga qo'l berdim .1 Buxoroi sharifning eng nufuzli shayxlari tahsili va ta’siriida bo'lgan Olloyor o 'n ikki yil o'tib, o'zi ham shayxlik unvoniga ko'tariladi, dinu diyonat rahnamolaridan biriga aylanadi. So'fi Olloyor bu yillari birin-ketin diniy-m a“ rifiy yo'nalishdagi «M aslak-ul-m uttaqin» (Taqvodorlar maslagi), «Sabot ul-ojizin» (Ojizlar saboti, najoti), «Murod ul-orifin» (Orifiar m urodi), «Najot ut-tolibon» (Toliblar najoti) kabi asarlari bilan taniladi. Bu asarlarda biz So'fi Olloyoming islom tarixini, Q ur’oni karim ni, Hadisi shariflarni, fiqh ilmini chuqur bilgan dinshunos olim ham da ulami badiiy so'z san’ati orqali yuksak m ahorat bilan tashviq etishga qodir shoir va adib darajasiga ko'tarilganligiga to 'la qanoat hosil qilamiz. Shu asarlari orqali u shayx va shoir sifatida musulmon bandalariga salaflari — Xoja Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg'oniydek hidoyat va najot yo'lini ko'rsatib berishga muvaffaq bo'ladi. Bu asarlarida So'fi Olloyor dunyoni islom nuri va tasaw uf timsollari ko'zgusida ko'radi, u orqali badiiy bir dunyo kashf etgandek bo'ladi. M a’lumki, So'fi Olloyor va Boborahim Mashrab bir davming mutafakkir so'z ustalaridir: H ar ikkala shoir haqidagi qo'lyozma 1 Шуҳрат Сирожидцинов. Сўфи Оллоёр илоҳиёти — I —қисм.—Т., 2001, 9- бет. manbalarda, shuningdek, ulaming o 'z asarlari tarkibida biri so'fiy, ikkinchisi q a la n d a r sifatida m ash h u r b o 'lg a n bu avliyosifat siymolarning uchrashganliklari, m uloqotda bo'lganliklariga doir lavhalar bor. Mashrab So'fi Olloyor bilan diydor ko'rishish orzusida uning tug'ilib o'sgan vatani K attaqo'rg'on mavzeida, keyinchalik esa, So'fi O lloyom ing G 'u zo rd ag i so'nggi yillar q o 'n im joyi Vaxshivorda bo'lgan. «Devonai Mashrab»da bu ikki buYuk zotning uchrashuviga oid naql-lavhalar keltiriladi. Bu uchrashuvlar tasodifiy bo'lmagan, albatta. H ar ikkala siymoning Haqqa intilishlari, visol orzulari bir xildir. H ar ikkalasi ham davming diniy rahnamolari, u s to d la ri d a ra ja s id a u lk a n e ’tib o r q o z o n ish ib , m u su lm o n ummatlarini gunohlardan, noshar’iy harakatlardan saqlanishga da’vat etganlar. Biroq bu maqsadni Boborahim Mashrab asosan Haqning o'ziga erishish, uning yo'lida riyozat chekishda ko'radi. Shariat va dinu islomning boshqa aqida va arkonlarig'a loqayd qaragandek bo'ladi. So'fi Olloyor esa, Olloh taolo yaratgan jannatu do'zaxga ham , musulmonchilikning boshqa ham m a farzu sunnatlariga ham e ’tiqod qo'ygan va ulam i kuchli taig'ib qilgan mutafakkirdir. S o 'fi O llo y o r o 'z u m rin in g oxirgi y illari B uxoro a m iri tom onidan akasi Farhod Otaliqning taqib etilishidan xavfsirab G 'u zo r bekligiga ketib, Dehnav muzofotida yashay boshlaydi. U ancha uzoq um r ko'rib, 1724 yili Katta Vaxshivor qishlog'ida qazo qiladi. So'fi Olloyom ing o 'z jigari Farhod Otaliqqa yozgan bir maktub-muxammasida uning o'zga yurtlaiga ketishining sabablariga doir ishoralar bor. Allomaning bir o'g'li va ikki qizi bo'lib, ulaming q a d a m jo la ri S a m a rq a n d v ilo y ati P a s td a rg 'o m tu m a n in in g Cho'nqaym ish qishlog'idadir. So'fi Olloyor Buxorodan qaytgach, ancha yillar K attaq o 'rg 'o n d a yashaganligi, masjid va xonaqoh qurdirganligi haqida m a’lumotlar bor. U hayot kechirgan mahaUani So'fi guzari deb atashgan, hozir ham shunday. So'nggi yillari So'fi Olloyor tavallud topib, ancha yillar yashagan maskanlarda uning sharafiga ilmiy anjum anlar o'tkazildi, xotira, yodgorlik maydonlari ochildi, yodgorlik haykallari, m arm ar lavhalar o'm atild i. So'fi Olloyoiga zamondosh O'qimishli, orif shoirlardan biri shoir vafotiga bag'ishlab marsiya-tarix yozgan. Bu tarix-she’rdagi tarix moddasidan abjad hisobiga ko‘ra hijriy 1333, milodiy 1724-1725 yil chiqadi. Shu tarix-marsiyada So‘fi Olloyoming islom m a’naviyatida tutgan o ‘rni yuksak b ah o lan ib , «Abu H anifai vaqt ast» — han afiy m azhabidagi m usulm onlarning sardori Im om A“ zam Jiloniy (Giloniy) bilan bir qatorga q o ‘yiladi. M a’lumki, Im om A“zam sunniy (hanafiy) m usulm onlarining rahnamosi b o'lib, «Savodi A'zam » ilohiyot kitobida Q ur’oni karim va Hadisi sharif asosida shariat aqida hamda ahkomlarini tartibga solgan fikh olimlarining to‘ng‘ichidir. «Sabot ul-ojizin» asari. So‘fi Olloyoming masnaviy ilohiynoma asarlari ichida aw al forsiy tilda yaratilgan, keyin o ‘zi tom onidan turkiy tilda ham nazm silkiga tushgan «Sabot ul-ojizin» masnaviysi alohida ahamiyatga egadir. Bu asarida mutafakkir shoir Qur’oni karim oyatlarini, Hadisi sharif hikmatlarini, musulmon um m ati uchun farz va sunnat bo‘lgan axloq normalarini masnaviy shaklida ifodalagan. Shu tariqa, sabotga muhtoj ojizlarga to ‘g‘ri yo‘lni-najot yo‘lini ko'rsatib bergan. Asarda insofu adolat, tenglik ulug‘lanadi, zulm va shafqatsizlik, xudbinlik, nopoklik, nafs-havoga berilish shariat nomidan qoralanadi, mehr va m uruw at, pokko'ngillilik, him m at va saxovat, xilvat va uzlat gashti, shirin tillilik, kamtarlik fazilatlari madh etiladi. Ulaming ta’rif va tavsiflari uchun diniy muqaddas kitoblardan q an ch ad an -q an ch a hikoyalar, rivoyatlar, naqllar, m a’vizalar keltiriladi. Pim ing shogirdlarga m a’vizalari, talab va n asih atlari, p ir va shogird m u n o sab atlari asar kom p o zisio n qurilishini tashkil qiladi. «Sabot ul-ojizin» asari shoir yashagan zam ondan boshlaboq musulmon mamlakatlarida keng tarqalgan, maktab va madrasalarda o ‘qitilgan. Matbaa paydo bo‘Igach, Qozonda, Bokuda, Toshkentda, Xivada qayta-qayta bosilib chiqqan. «Sabot ul-ojizin»ni o ‘ziga xos ilohiynoma, din-shariat ahkomlaridan bahs etuvchi axloq va pand- nasihat kitobi deyish mumkin. U inson m a’naviy-ruhiy sabotini ulug‘lovchi, inson aql va sabotga tayanganda har qanday oshiqlik kuch va matonatga aylanishini tasdiqlovchi asardir. Bu asaiga sharhlar yozilgan. Shunday tafsir-sharhlardan biri Rusiyaning b u lg 'o r qavmidan bo‘lgan Tojuddin Yolchig‘il qalamiga mansubdir. 1796-1797 yili yozilgan bu risola XIX asrdayoq Qozon va Istanbulda nashr qilingan. U nda «Sabot ul-ojizin»dagi har bir masnaviy baytning mazmuni, sodda sharhi berilgan. Risolada islom dunyosining ba’zi buyuk kishilari haqida lavhalar, hikoyalar, qissalar ham keltiriladi. Shunday sh arhlardan yana biri U baydulloh ibn Islom quli qalamiga mansub «Sharhi sufiya» kitobidir. U nda ham S0T1 Olloyor merosiga oid ilohiy jihatlarning mag‘zini, mohiyatini anglab olishga taalluqli jihatlar mavjud. So'fi O lloyor «Sabot ul-ojizin»ni yaratishda ikki buyuk chashmadan oziq oldi. Birinchisi, islom ta’limoti va uning muqaddas kitobi Q ur’ondagi ezgulik, hadislar, payg‘ambarimiz M uhammad alayhissalom, boshqa din-tasaw uf namoyandalarining ibratli hayot yo‘li. Ikkinchisi, adabiy an ’analar bo‘lib, islom ta ’limoti va uning maqsad-mohiyatini taig'ib qilgan badiiy asarlar. Bu o ‘rinda, ayniqsa, Sulton ul-orifin shayx Ahmad Yassaviy, Sulaymon Boqirg‘oniy, Nosiriddin Rabg‘uziy, Navoiy, Bobur asarlarining ta’siri sezilarlidir. Muallifning o ‘zi ham «Sabot ul-ojizin» islom dini asoslarini o ‘igatuvchi eng m uhim fan bo‘lgan aqoid masalalarining turkiydagi sharhi ekanligini ta ’kidlaydi: Yozildi forsiy til birla maktub, Aqidotu furui qurbi mahbub. Anikim ko ‘rdilar turkiy yoronlar, Dedilar: «Gar duo qilsa eronlar. Bitilsa turkiy til birla aqida, Ko‘ngillar boЪа ondin oramida». «Sabot ul-ojizin» aqida (e’tiqod, ixlos, ishonch) haqidagi kitob ekanligini muallif asam ing boshqa o‘rinlarida ham eslatib o‘tadi va o ‘z muxlislarini, toliblam i unga sidqidildan rioya qilishga d a’vat etadi: Aqida so‘zlarini qildim isbot, Anga qoydum «Sabot ul-ojizn» ot. О ‘zumdek xastalar blaymu deb shod, Nasoyihdan ham andak ayladim yod. Nasihat tinglamas dil soxta mahjub, Ко‘karmas toshga yomg'ur yog‘sa ham ko‘b. Tonimoq (angrini, tonmoq havodin, Keyin tunnoq fioli noravodin. Aqida bilmagan shaytoni eldur. Uyalma m a’rifatni o ‘rganurdin, Tanur joying bo‘lur qolsa tanurdin... Ko‘rinadiki, ilohiyotchi shoir Olloh taolining ma’rifati, tavhidi, sifatlari, im on, farishtalar, qabr azobi, qiyomat kuni, payg‘ambarimiz shafoati, umming foniyligi, avliyolar karomati, pirn komillar xosiyati, rizo va sabr, ta“ma, dunyo hiylalaridan qochish, kibr-havoli bo'lmaslik, muloyim so‘zlilik, insoniylik, mehr-muruwat, xudodan umidvorlik kabii komil inson qiyofasini belgilovchi aqida afzalliklarini avomfahm tilda shoirona bayon etadi. So‘fi Olloyoming «Sabot ul-ul ojizin» asaridagi diniy-islomiy g‘arashlarni Ahmad Yassaviy va Sulaymon Boqirg'oniy ijodi bilan qiyosan o'rganganda, ular ijodiga xos mushtarak jihatlar bilan farqli jihatlar ham ko'zga tashlanadi. So‘fi Ollyor o'zbek adabiyotiga diniy- ilmiy yo‘nalishi olib kirgan muallifdir. Chunki uning kitoblarida ta’riflangan islom arkonlari va ahkomalari islom dinini o'rganuvchilar uchun muhim qo‘llanma, darslik vazifasini o‘tashi ko'zda tutilgan edi. «Sabot ul-ojizin» ikki jihati bilan amaliy ahamiyat kasb etishi lozim edi, shunday ham bo‘ldi. Birinchidan, u diniy ta’limotni targ'ib, tashviq qildi, xudojo‘y kishilaming Ollohga bo'lgan e ’tiqodini kuchaytirdi, dinu shariatning amaliy shartlarini o'iganishga ko'mak berdi. Ikkinchidan, u badiiy ijod mahsuli bo'lib, shoiming iste’dodi qirralarini ko'rsatdi. Buning uchun u musulmon ummatlariga ta’sir o'tkazishning ikkita juda maqbul yo'lini tanladi. Birinchisi, jonli, obrazli, sodda tilda o'z aqidalarini tushuntirish; ikkinchisi, Olloh va shariat yo'lidan chekingan, imoni zaif shaxslami oxirat, qiyomat azoblari bilan qo'rqitish, shunday azoblar borligidan ojiz, imoni sust bandalami ogohlantirish. Bu maqsadni amalga oshirish uchun musulmon bandasi aw al o ‘z gunohlaridan poklanishi, so'ng ma’rifat va axloq tarbiyasini olishi, komillikka intilishi kerak. Shoir yaxshi xulqli, diyonatli, imonli, sabr-qanoatli, ko‘ngli-dili pok insongina Olloh fayzidan bahramand bo'lajagini ta’kidlaydi: Ко ‘ngul Haq fayziga bo ‘Isun desang chok, Ki awal martaba xulqingni qil pok. Dem ak, allom a o ‘z iloh iy dasturnom asini yozish va musulmonlaiga taqdim etishda ikki maqsadni ko'zlagan, ikkita bir- biri bilan bog'liq muammoni o'rtaga qo'ygan. Shu bois asming birinchi qismi da’vatdan iborat bo'lib, unda g'aflat uqusida bo'lgan avom xalqni ogohlantirish,tavba qilishga, Haq yo'liga, rasululoh, sunnatlariga qaytishga chaqirish yetakchi bo'lsa, ikkinchi qism ishq,e’tiqod yo'liga, tariqatga qadam qo'ygan musulmon bandasi uchun zarur bo'lgan axloqiy fazilatlar, yani tariqat odobiga bag'ishlanadi. Shu asosda u tanazzulga yuz tutgan ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog'lomlashtirish, omma mafkurasini noshariy, yot odat va unsurlardan tozalashga kirishadi. Shu taxlit «Sabot ul — ojizin» jamiyat a’zolarida e’tiqodni mustahkamlash dasturi vazifasini bajardi. Asar maktab va madrasalarda darslik sifatida o'qitilib kelindi, har bir solih xonadonning Qur’oni karimdan keyingi doimiy saboq kteobgaaylandi/ Kitob bir qancha fasllaiga bo'linadi. Avliyo hamda payg'ambarlar haqidagi hikoyat va rivoyatlar, kamtarlik, rostgo'ylik, halollik, adolat, saxovat, ma’rifat, musulmonchilik, e’tiqod, imonga bag'ishlangan alohida-alohida masnaviy bandlar, munojot va ruboiylar asar qurilmasini tashkil etadi. Jahannam uzra bir ко ‘pruk erur oh, 0 ‘shal ко‘pruk Sirot otli guzargoh. Qilichdin tez, erur qildin ingichko, Pushaymonlar tushar o‘shal kun ichko. Keley, banda o ‘zingni sol xudog‘a, Qazog‘a rozi bo‘I, sabr et balog‘a— kabi Yassaviyona o‘rinlar, pandu hikmatlar, oxiratda gunohu savoblami o ‘lchovchi toshu tarozular bayoni bilan birga, ma’rifat, insoniylik fazilatlariga doir ko‘pdan-ko‘p lavhalar, tajnisli baytlar ham keltiriladi: Ochiqqo ‘llik, kusftoda yuz li bo‘lg‘il, Muruwatlik, muloyim so‘zli bo‘lg‘il. Musulmon o ‘g‘lig‘a yaxshi qiliq qil, Tilingni xush, chiroyingni iliq qil. G‘araz, ey, odami saqla о ‘zingni, Gunoh mahram sori solma ко‘zingni. Agar rutbang erur a ’loyi ofoq, Yiqilgan xastalami holina boq. Qoracha o‘g ‘li xoja o ‘g ‘lidin kam, Muallim bo‘Isa saiddan о‘tar ham. Keley, tolib ко‘zing ibrat bila och, Muhabbatsiz kishidan qush kabi qoch. Shoir, kibr-havoga berilishni, manmanlikni keskin qoralab, riyokorlik, pastkashlik shulardan kelib chiqishini eslatadi. Komil bo‘lay desang, o'zingni kamtar tut! Daraxtning mevasi qanchalik ko‘p bo‘lsa, shunchalik egilib turishidan ibrat ol, deydi u. Agarchandiki gavhar poradursan, Yaqin bil, bandai bechoradursan. ffamisha bandadandur zor qilmoq, Na haddur, boshini yuqori qilmoq. Tavozu “lik bo ‘lib, tutgil о ‘zing kam, Shajarkim bo‘lsa mevalik, bo‘lur xam. Terakkim, ul ko‘tardi yuqori bosh, Samarsiz bo‘ldi, ko‘rdingmu oni fosh! Kishikim, xoki rahdur, beriyodur, YAqin bilgilki, ko'zga to‘tiyodur. Mutafakkirning xushmuomalalik, shirintillilik haqidagi mana bu hikmatlarga to ‘la misralari ham qadrlidir: Yomon til goh sarg‘aytirar yuz ingni, Tuban boshingni, termultirar ко‘zingni... Musulmon o ‘g ‘lig‘a yaxshi qiliq qil... Tilingni xush, chiroyingni iliq qil... Kishi san chiq so ‘z aytsa san chiq ondin, Yomondin qoch, yomondin qoch, yomondin... So‘fi Olloyor e ’tiqodicha, insonning ma’naviy jihatdan barkamolligi uning ruhiy olami bilan bog‘liq. Shuning uchun odam yaxshi ishlar bilan shug'ullanishi, yaxshi, ibratli amallami o‘ziga kasb qilib olishi shart. Buning uchun esa, uning ruhiyati musaffo, ko'ngli pok bo'lishi zarur: Hama a zo raiyatdur, ко ‘ngil — shoh, Amonlig‘ bo‘lg‘usi shoh adlidin roh. Agar sulton o ‘zi qilsa yomonlig‘, Qachon bo‘lg‘ay raiyatda omonlig‘. Ma’lum bo'layotirki, bu o'rinda shoir kuchli qiyos, tashbehni qo'llagan. U inson vujudini harakatdagi jamiyatga o ‘xshatib, vujudning a ’zolarini xalqqa-raiyatga, ko'ngulni esa, xalqni boshqaruvchi shohga-sultonga qiyoslamoqda. Agar shoh adolatli bo'lsa, yani ko'ngli toza va to'g'ri bo'lsa, xaloyiqni to'g'ri yo'lga boshqaradi, davlat va jamiyat ravnaq topadi va agar shohning o'zi adolatsiz bo'lsa, davlat va jamiyat tanazzulga uchraydi. Demak, ezgu faoliyat ko'ngilni poklashni taqozo etadi;. Ko'ngilni poklash esa, uzluksiz Olloh yo'lida imonli bo'lishni, riyozatni talab qiladigan hayotiy jarayondir. Bunga misol yong'oq: Riyozat mevasidir misli yong‘oq, Agarchi zohiri shax, botini yog‘. Maishat zohiri narm, oxiri qahr, Tilonni toshi yumshoqdur ichi zahr... Shoir talqinicha, riyozatning mevasi bamisoli yong‘oqdir. Riyozatning tashqi ko‘rinishi mashaqqat, ammo ichki mohiyati rohat bo‘lganidek, yong‘oqning ham po‘chog‘i qattiq, ammo mag'zi yog‘dek yumshoq va yoqimlidir. Aysh-ishrat esa ilonga o‘xshatiladi. Maishatning tashqi oqibati qahr-g‘azab, u ba’zan fojea bilan yakunlanadi. Ilonning ham badani yumshoq, ichi esa to‘la zahar. Shuning uchun shoir riyozat tuprog‘iga har kun bosh qo‘yishga — ibodat qilishga chorlaydi: Riyozat xokiga har kecha ur bosh, Yurak qon bog'lasa, la “I otanur tosh. Zotan, muhabbat dardida riyozat chekkan yurak qon bog‘lab, la’l toshidekqip-qizil tus oladi. So‘fi Olloyoming masnaviy o ‘gitlarining aksariyati sermag‘iz yong‘oqqa o'xshaydi. Uning-cha, kerak joyda ko‘p so‘zlashdan saqlanish nutq odobidir: Kalidi ganji ma"nikim, «zabondur», Anga bir nuqta ko‘b bo'lsa, ziyondur. Badmuomalalilik, sanchib-sanchib gapirish esa, kishini yaxshilar nazaridan qoldiradi, el undan ranjiydi: Kishi sanchiq so'z aytsa. San chiq ondin, Yomondin qoch, yomondin qoch, yomondin. (Fikmi kuchaytiruvchi ritorik takror, tajnis.) S o‘fi Olloyor sabog‘icha xushmuomalalik inson nomini ulug'lovchi eng muhim fazilatlardandir. «Sabot ul-ojizin»dagi axloq-odobga doir har bir faol ma’vizada biror bayt, she’riy lavha yo‘qki, unda shoir o‘z fikrlariga, pandu o‘gitlariga sayqal bermasin, o‘zbek tilining boy imkoniyatlaridan, nozildiklaridan mahorat bilan foydalangan bo‘lmasin. So‘fi Olloyor she’riy nutqning imkoniyat va ta’sirini teran tushungan, unga xos boyliklardan o ‘z ijodida mohirlik bilan foydalana olgan iste’dod sohibidir. Shoir talqinicha, so‘z mulki ma’no xazinasining kalitidir. Undan o‘ta noziklik, e’tibor bilan foydalanish har bir komil inson uchun hayotiy zarurat hisoblanadi. Biz So'fi Olloyor ijodida uning shu e’tiqodga to4a amal qilganligini ko‘ramiz. Shoir o ‘z misralariga hayot saboqlaridan kelib chiqadigan, odamlarga kuchli ta’sir ko'rsata © 2023 *******
Filologiya fanlari nomzodi, adabiyotshunos Zuhriddin Isomiddinov bilan suhbat MASHRAB VA SO‘FI OLLOYOR – Zuhriddin aka, suhbatimiz avvalida shuni ehtirom bilan aytib qo‘yay: Sizning matbuotdagi har bir chiqishingizni katta qiziqish bilan kutib oluvchi muxlislaringizdan biriman. Ayniqsa, ma’naviyat, til va adabiyotshunoslikka oid qator maqolalaringiz katta taassurot qoldirgan. So‘nggi paytlarda esa ma’rifiy mavzuda ham ancha-muncha maqolalar e’lon qildingiz. Rosti, siz bilan suhbat uyushtirishga ana shunday maqolalaringizdan biri turtki bo‘ldi. Gap “Sharq yulduzi” jurnalining 2011 yil 1-sonida chop etilgan “Tarix unutmaydi…” sarlavhali maqolangiz haqida. Keling, gapni ushbu maqola yakunidagi mulohazalardan boshlaymiz. Siz savol qo‘yibsiz: “…o‘tmishdagi hamma narsa “yopig‘liq qozon” bo‘lib qolaversa yoxud o‘zimiz bilittifoq yopib qo‘ya qolsak, unda qachon, nimadan ibrat olamiz?” Darhaqiqat, “yopig‘liq qozon”ning ochilgani yaxshi. Ammo ayting-chi, sizningcha, bu “qozon”larni ochishda birlamchi tayanch manba nima bo‘lishi kerak? – Men hamma narsani biroz tahlil etib, keyin qabul qilishni yoqtiraman. Hatto aksiomalarni ham. Nazarimda, so‘zsiz ravishda ma’qul topilaverishdan aksiomalarning o‘zi ham ziyon ko‘radigandek. Mana masalan, “haqiqat egiladi, ammo sinmaydi” degan maqolni olib qarang. Hikmatga boy, albatta. Ammo egiladigan haqiqat… haqiqatmi? Men uchun teskarisi to‘g‘riroqday: haqiqat sinadi, ammo egilmaydi. Uni sindirishadi. Yoki “andishaning otini qo‘rqoq qo‘yma” degan maqol. Men qo‘rqmayman, andisha qilyapman, xolos, degani bu. Ammo andishani yig‘ishtirib qo‘yib aytadigan bo‘lsak, aynan qo‘rqoq odam “serandisha” bo‘lishini kim bilmaydi? Biz andishali odamlarmiz. Adabiyotimiz tarixidagi oq dog‘larga ham, qora dog‘larga ham tegib ketishdan juda ehtiyotlanamiz, har bir adibning hayotiga, ijodiga oid ma’lumotlarni boricha emas, o‘zimizbop qilib silliqlab, “yoqimtoy” ravishda taqdim etishga o‘rganganmiz (bu bizga o‘tmish adiblarni “demokrat ijodkorlar” va “feodal-klerikal adabiyot vakillari”ga ajratish davridan; bir guruhni oqlash uchun ularning “diniy-mistik” asarlari ham borligini yashirish, ikkinchi toifaga qo‘shib qo‘yilgan adiblarni qoralash uchun esa, ularning, aytaylik, ma’rifatga chorlagan asarlari borligini yashirish davridan meros bo‘lib qoldi). Shuning uchunmikin, davralarda ba’zi shoir-yozuvchilar yoki ularning asarlari haqida darslik va monografiyalardagidan boshqacharoq fikr-mulohazalar ham eshitilib qoladi. Biz har bir o‘quvchining shaxsiy fikri, o‘ziga xos qarashlari shakllanishiga erishishimiz kerak. Ayniqsa, adabiyot borasida. Chunki shaxsiy fikrga, estetik qarashlarga ega bo‘lishni adabiyot tabiatining o‘zi taqozo etadi, shuning uchun yaratiladi. O‘tmishni har qaysi zamon o‘ziga moslab talqin etadi. Bu bor gap, undan qochib bo‘lmaydi. Ammo ana shu “o‘ziga moslash” jarayonida loaqal fakt va dalillarni yashirib ketmasdan, o‘rtaga tashlab, xolisroq tahlil etishga urinsak, sho‘ro adabiyotshunosligidan qolgan tamoyilparastlik (tedensiozlik) ham bartaraf bo‘larmidi deyman. Ana shunda “yopig‘liq qozonning qopqog‘i” biroz ochilar edi. – Adabiyot masalasida har bir o‘quvchining o‘z shaxsiy fikrini shakllantirish va o‘tmishni “o‘ziga moslashtirish” jarayonida tadqiqotchining xolis tahlili, aytib o‘tganingizdek, nihoyatda dolzarb masala. Lekin biz bu masalaga qay darajada e’tibor beryapmiz? Bugun yangi tarix, yangicha qarashlar shakllanayotgan bir davrda o‘tmish va kelajak oldidagi mas’uliyatimizni to‘g‘ri anglay olyapmizmi? Shundoq ham qattol zamonlar oyboltasida kallaklab tashlangan tariximizni, buyuk ajdodlarimizning ma’naviy meroslarini to‘g‘ri talqin etolyapmizmi? Ming afsuski, bu savollarning javobi haqida o‘ylaganingda ko‘nglingda biroz og‘riqlar paydo bo‘ladi. Zuhriddin aka, uzoqqa bormaylik, suhbatimiz avvalida nomini eslatib o‘tganim: “Tarix unutmaydi…” maqolangizni olaylik. Ushbu maqolada ma’lum bir manbalarga asoslanib, Boborahim Mashrabning o‘limiga So‘fi Olloyor va Olloyorga o‘xshash johil, mutaassib dindorlar sababchi bo‘lgan, deb xulosa chiqarilgan. Iqtibos keltiraman: “…Mashrab va uning muridlarini aynan So‘fi Olloyor kufrda ayblagan edi. Mashrabni kofir deb e’lon qilish, ya’ni, uni mahv etishga hukm aslida Qabodiyonda chiqarilgan edi”. Bu fikrlarning isboti uchun So‘fi Olloyor bilan Mashrabning Qabodiyonda uchrashgani va ular o‘rtasida bo‘lib o‘tgan qisqagina muloqot dalil sifatida keltirilgan. Ta’kidlanadiki, So‘fi Olloyor Qabodiyonda mezbon maqomida bo‘laturib, Mashrabning oldiga o‘zi bormay muridlarini jo‘natishi va o‘z hujrasida Mashrabni “Ey, devonai Mashrab”, deb kutib olishi nazaringizda Mashrabga hurmatsizlik bo‘lib tuyulgan. Ayniqsa, So‘fi Olloyorning “Maslakul-muttaqin” asarida keltirilgan: “Yana bir toifalar lavandlik (ishyoqmaslik) birla ishlar qilurlar, otlarin “devona” qo‘yub, o‘zlarini mastlardek qilurlar”, degan fikrlari aynan Mashrabga nisbatan aytilganini yozasiz. “So‘fi Olloyorga zamondosh, otini “devona” qo‘ygan… odam kim bo‘lishi mumkin edi? Bunday odam birgina Boborahim Mashrab edi”. Nazarimda, u paytlarda har bir shahar va viloyatlarda o‘nlab qalandarxonalar, yuzlab “devona”lar bor edi. Bugun ham, ha, aynan bizning zamonamizda ham o‘zlarini “devona”lar deb ataydigan toifalar bor. Bular haqida o‘tgan yillarda respublika matbuotida nordongina bir-ikki maqola ham e’lon qilindi. Zuhriddin aka, men tarixchi emasman, ammo Boborahim Mashrab hayoti va ijodini mukammal bayon qilib beradigan tarixiy manba hozircha mavjudligiga shubham bor. Bugungi o‘quvchi hatto Mashrabning qachon tug‘ilganini ham aniq bilmaydi. Olimlar bir ilmiy davra suhbatida bundan keyin “Mashrab 1640 yilda Namanganda tug‘ilgan” deymiz, deb o‘zaro kelishib olishgan, xolos. Mashrabning o‘nga yaqin “tug‘ilgan yili” bor. Necha yoshda vafot etgani ham bahs-munozarali. So‘fi Olloyor bilan necha marta uchrashgani va bu zotlar o‘rtasidagi muloqot xususida ham aniq dalillar yo‘q. Siz manba sifatida keltirayotgan Is’hoq Bog‘istoniyning “Tazkirai qalandaron” tarzkirasiga esa yetuk mashrabshunos olimlarning hech biri manba sifatida qaramaganlar. Ilmiy tadqiqotchi Abdulla Jabbor “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasining 2010 yil, 27 may sonida aynan shu tazkira haqida fikr bildirib: “Mashrabshunos Muhsin Zokirov “kashf” etgan tazkirachi Is’hoq Bog‘istoniyning Shoh Mashrab haqidagi xotiralari va uning “Tazkirai qalandaron” asari ilmiy iste’molga yaroqsizligi isbotlab berildi”, deb yozadi. Sharqshunoslik instituti ilmiy xodimi Abdusattor Jumanazar aynan shu gazetaning 2010 yil 22 oktyabr sonidagi “Matn va… butun savolga yarimta javob” sarlavhali maqolasida “Tazkirai qalandaron” asaridan manba sifatida foydalanib bo‘lmasligini, asardagi voqealar ketma-ketligi va matn tuzilishi mutlaqo talabga javob bermasligini bayon qiladi. Maqolada yana bir manba sifatida “Qissai Mashrab” keltirilgan. Ne ajabki, butun umrini mashrabshunoslikka bag‘ishlayotgan olimlar ham bu qissaning necha xil varianti borligini aniq bilishmas ekan. Bu kitobda Mashrab vafotidan o‘n yillar keyin bitilgan ayrim g‘azallar ham Mashrabniki bo‘lib ketgan ekan. Endi, So‘fi Olloyor masalasiga kelsak, o‘zbek adabiyoti tarixida uch tilda bab-baravar ijod qilgan zot bormi? Agar bo‘lsa bu So‘fi Olloyor hazratlaridir. Uning o‘zida fiqhiy, aqida va odob-axloq masalalarini jamlagan “Maslakul-muttaqin” asari qadimdan madrasalarda darslik sifatida o‘qitib kelingan. Bu o‘n ikki ming baytdan iborat muhtasham bir asar. Hazrat asarlarining deyarli barchasini nazmiy tarzda inkishof etgan. Shuncha ilmiy salohiyatga ega bo‘lgan zot Mashrab g‘azallarining mohiyatini anglamasligiga negadir ishonish qiyin. Qolaversa, So‘fi Olloyor ham hol ahlidan edi. Mashrabning junun holatini his etolmasligi mumkin emasdek tuyuladi menga. Umuman olganda, tarixiy voqealar, ayniqsa, tarixiy shaxslar haqida yozganimizda shaxsiy xulosa chiqarishga, “menimcha” deb gap boshlashga shoshilmasligimiz kerakmi deyman-da. Mana bir misol: Hazrat Alisher Navoiy “Sab’ai sayyor” dostonining X bobini Husayn Boyqaroning xotinlaridan biri Xadichabegimga bag‘ishlagan. Hazrat yozadilar:
Ham Sulaymoni ahdg‘a hamdam, Hamdamu hamnishinu munis ham.
Chun Sulaymong‘a yor erur ne ajab, Anga Bilqisi soniy o‘lsa laqab.
Bu o‘rinda Sulaymoni ahd deganda shoh Husayn Boyqaro nazarda tutilgan. Bilqisi soniy, ya’ni ikkinchi Bilqis esa Xadichabegimdir. Siz yaxshi bilasiz, Bilqis Sulaymon payg‘ambarning suyukli xotini bo‘lgan. Navoiy hazratlari Xadichabegimni «Bilqisi soniy» deb atamoqda. Bu kichkina rutba emas. Bundan tashqari, bu ayolning «mahdi ulyo» (oliy yo‘lboshchi), «ismatut-dunyo» (dunyo pokizasi) singari unvonlari ham bo‘lgan. Xo‘p, endi o‘rta asrlar tarixiga oid muhim memuar asar, tarixiy manba hisoblanmish “Boburnoma” asarini varaqlaymiz. Zahiriddin Muhammad Bobur hazratlari Xadichabegim haqida shunday so‘zlarni bitadi: “O‘zini oqila tutar, lekin beaql va vaysaqi xotin edi”. Bundan tashqari, Husayn Boyqaro saltanatidagi hamma fojealarning bosh sababchisi qilib Xadichabegimni ko‘rsatadi. Ayting-chi, bu gaplarning qaysi biriga ishonamiz? Ikki buyuk zot bir kishi haqida mutlaqo bir-biriga teskari fikr aytmoqdalar… – Savolingizning hajmi uning zalvoriga yarasha bo‘ldi, balli. Matbuot maydonidagi muloqot shunday ochiq-yorug‘, dangal bo‘lgani durust. To‘yxona bo‘sag‘asida mehmon kutayotgan odamlarday tabassumlar almashib, iyak siypalab, o‘zaro ta’zim-tavoze qila bersak… uning kimga keragi bor? Esdan chiqmasligi uchun Xadichabegim haqidagi oxirgi savolingizdan boshlaylik. Ha, Navoiy uni “Bilqisi soniy” deb atagan. Buning ustiga, siz aytganday, “mahdi ulyo”, “ismatut dunyo” degan unvonlari ham bo‘lgan (o‘sha zamonning orden-medallari!). Siz “bu ikki buyuk zot bir kishi haqida mutlaqo bir-biriga teskari fikr aytmoqdalar”, deyapsiz. Menimcha esa, har ikkovi bitta gapni ikki xil shaklda aytishgan. Keling, Navoiyning ham, Boburning ham u haqdagi fikrlaridan bir lahza ko‘z yumib, tarixga murojaat qilaylik. Bu ayol o‘z makru hiylalari bilan Xuroson mamlakatida katta mavqe qozongani, ammo oqila xotinlarga xos bo‘lmagan turli qilmishlari – rofiziy bo‘lgani (shia mazhabiga o‘tib, uni targ‘ib qilgani), saroydagi fitnachi a’yonlar bilan til biriktirib, podshoh o‘g‘illarini bir-biriga gij-gijlagani, oqibat – Husayn Boyqaro o‘g‘liga qarshi jang ochib, aka-ukalar bir-biriga urush boshlagani ma’lum. Aynan shu ayol shohning badmastligidan foydalanib, uning suyukli nevarasi Mo‘min Mirzoni qatl qilish to‘g‘risidagi farmonga imzo chektirganini eslang. Xadichabegim Husayn Boyqaro saltanatiga rahna solgani ravshan. Albatta, Navoiy o‘sha davrda buni ochiq ayta olmas edi. Ammo menimcha, Navoiyning maqtovini madh deb tushunmaslik kerak: shoir ishora usulini qo‘llab, Husayn Boyqaroni Sulaymonga mengzagan. Sulaymonning esa bir ojizligi bor edi – jahonda eng ulug‘ podshoh bo‘lsa-da, ayrim xotinlarining (70 yo 90 xotini bo‘lgan) so‘zini ikki qila olgan emas, ularning xato da’vatlariga ko‘ngan. Demak, Navoiyning bu “maqtov”i – kosa tagida nimkosa bor, deganga o‘xshaydi. Yana to‘g‘rirog‘i, shohkosa. Boz, Husayn Boyqaroni madh etib yozgan baytlariga qarab Navoiy Boyqaro haqida shunday yuksak fikrda bo‘lgan ekan, deb tushunish ham biryoqlamalik bo‘lur edi. Navoiy podshohni o‘shanday bo‘lishga undagan. Filjumla, Xadichabegim ta’rifidagi misralardan ham shunday istakni uqish mumkin. Ya’ni, “Bilqisi soniy” podshohga zimdan yov emas, balki “hamdam, hamnishin, munis” bo‘lishi kerakligi… Yana bir gap. Sulaymon nima sababdan yiqilgani yodingizdadir? U tayanib turgan hassani qurt yemirgan ekan. Bu hassani, bu qurtni ham ramziy talqin qilib ko‘raylik… “Boburnoma” esa realistik asar. Bobur unda barcha gapini oshkor bayon etgan, shaxslarga nafaqat real, hatto ratsional nuqtai nazardan baho bergan. Shu ma’noda, agar bu ramzu ishoratlarga e’tibor qilmay, savolni yalang tushunsak, unda javob ham yalang bo‘ladi: Boburga ishonamiz. Mashrab bilan So‘fi Olloyor o‘rtasidagi munozaraga kelsak, uni men o‘ylab topmaganman, kitoblarda bitilgan. Siz ba’zi olimlar Mashrab hayotini bayon qiluvchi bu kitoblarni u yoki bu illatiga ko‘ra inkor qilishgan, deb aytyapsiz. Balki ularning e’tirozlarida ham jon bordir. Ammo shu o‘rinda amerikalik yozuvchi O‘Henrining bir hikoyasi yodga keladi: kechki payt ko‘kka tikilib o‘tirgan bir qiz “Voy, ana Villi Jekson yulduzi!” deydi hayajon bilan. Boshqa qo‘shni ayol “Voy tavba, axir u falon turkumning alfa yulduzi-ku!” deb qizni masxara qiladi. Bir qo‘shni erkak esa xayolchan qizning yonini oladi: “O‘sha siz aytgan munajjimlar qaysi yulduzga qanaqa nom qo‘yishgan bo‘lsa, bu – ularning ishi. Ammo bu xonimning biron yulduzga nom qo‘yishga haqqi ham ularnikidan aslo kam emas!” Mashrabni ko‘rgan, u bilan birga yurgan zamondosh odamlar bitgan kitoblar qay bir sabab bilan chiqitga chiqar emish-da, “Mabdai nur” u Mashrabnikimi, bu Mashrabnikimi” degan birgina savolga o‘nlab maqolalar yozib ham kasbdoshiga ma’qullata olmay, talashishayotgan domlalarning so‘zi mo‘tabar bo‘lar emish. To‘g‘ri, “Tazkirai qalandaron” ham, “Qissai Mashrab” ham fundamental tadqiqot emas, xalq yo‘lida bitilgan asarlar, ularda ilmiy izchillik emas, Mashrabga muhabbat ruhi yetakchilik qiladi. Ammo Mashrab bilan So‘fi Olloyor o‘rtasidagi munozara bayoni har ikki kitobda bir xil ekaniga e’tibor bering-a. Shuning o‘ziyoq o‘sha munoqasha real ravishda kechganini, bahs mavzui aynan nimaligi, bu ikki ulug‘ insonning dunyoqarashida katta tafovut bo‘lgani to‘g‘ri yoritilganini ko‘rsatmaydimi? Siz So‘fi Olloyor o‘zbek adabiyoti tarixida uch tilda bab-baravar ijod qilgan zot-ku, deb aytyapsiz. Menimcha, buning ayni masalaga daxli yo‘q. Uch tilda yozganmi, to‘rt tilda yozganmi… So‘fi Olloyorga ham, Mashrabga ham hurmatim qancha ekanini o‘zim bilaman, bari dilimda, ammo har jumlada “hazrat falonchi” deyavermayman. Bilasizmi, bizda g‘alati bir illat bor: o‘tmishdagi biron olimni, shoir yoki ulamoni, podshoh yo sarkardani bir qoralasak, qora yer bilan bitta qilamiz, ammo zamon bir aylansa, o‘sha shaxsni shunchalar ko‘kka ko‘taramizki, quyoshdan ham teparoqqa chiqib ketadi. Shuning nima keragi bor? Axir, har bir odam – banda, bandai ojiz. Insoniy ulug‘lik, insoniy fojialar kimda bo‘lmaydi… So‘fi Olloyor hayotda o‘ta sezgir odam bo‘lgan ko‘rinadi. U Mashrab bilan uchrashishni istamagan, chunki oqibati qanaqa bo‘lishini payqagan. Axir o‘zingiz o‘ylang: qancha podshohu beklar poyipatak bo‘lib, bir nazariga ilhaq turgan Mashrabday odam izlab, Kattaqo‘rg‘onga ikki safar borsa, izini ham ko‘rsatmay (“Topmasak So‘fi izin Kattaqo‘rg‘ona yurub…”), axiyri Qabodiyonda noiloj ro‘baro‘ kelsa? Yo, Mashrabning o‘sha qishloqda bitgan g‘azali ham g‘alatmi? E’tibor bering – Mashrabdan boshqa kim shunday g‘azal yozadi? Bu g‘azalda So‘fi Olloyor diniy yetakchi bo‘lgan Qabodiyonda kimda-kim sal tik qarab, nega zulm buncha oshdi, deya savol bersa, u o‘sha ondayoq “kofir” deb e’lon qilinishi ko‘rsatilgan. Endi asosiy savolingizga kelaylik. Boya aytganingizdek, men So‘fi Olloyorning “Maslakul muttaqin” asaridagi bir parchani keltirganman: “Yana bir toifalar lavandlik (ishyoqmaslik) birla ishlar qilurlar, otlarin “devona” qo‘yub, o‘zlarini mastlardek qilurlar. Shariat birla parvolari bo‘lmas. Va yana ayturlarki: “Bizlar oshiqdurmiz, bizlarga namoz va ro‘za darkor emas”. Alarning ulfati Shaytondur. Bu so‘zlarga bovar qilib, andog‘ gumrohg‘a e’tiqod qilsa, ul Xudoni dushmanidur. Na uchunkim, ular Xudoni oyatiga munkirdur. Har kishi oyatga munkir bo‘lsa, beshak kofir bo‘lur” Va davomida, “So‘fi Olloyorga zamondosh, otini “devona” qo‘ygan, o‘zini oshiq deb atagan, So‘fi Olloyorning qahrini qo‘zg‘ab, uningcha, “shariat birla parvosi bo‘lmagan” odam kim bo‘lishi mumkin edi? Shubha yo‘qki, u… Boborahim Mashrab edi” deb yozganman. Demak, mening talqinimda So‘fi Olloyor Mashrabni kufrda ayblayapti. Siz “Nazarimda, u paytlarda har bir shahar va viloyatlarda o‘nlab qalandarxonalar, yuzlab “devona”lar bor edi”, deb e’tiroz bildiryapsiz. Qalandarxonalarda devonalar emas, qalandarlar bo‘ladi. Boringki, shu fikr to‘g‘ri deb topilib, qalandarxonalar devonalar bilan gavjum bo‘lsa, unda So‘fi Olloyor yuzlab-minglab “devona”larni kofirga chiqarib yuborgan bo‘ladi-ku? Yo‘q, devona laqabini olganlar sanoqli bo‘lgan. Chunki “devona” – jinni degani. Qalandarlar, zohidlar, so‘fiylar… hech sababsiz “devona” atalishiga rozi bo‘lmaydi. Shunday ekan, So‘fini ikkimizdan qay birimiz ko‘proq himoya qilyapmiz o‘zi? Bu masalada yana bir gap. Sho‘ro adabiy siyosatida sinfiy dushman topish tamoyili kuchli edi. Asarlarda boy ila xizmatchilar, progressiv kuchlar bilan qoraguruhchilar bir-biriga qarshi kurashmasa bo‘lmas edi. Hozir bunga barham berildi. Endi bo‘lib o‘tmish hodisotlarni imkon boricha real yoritishga, sun’iy konfliktlar to‘qib chiqarmaslikka harakat qilyapmiz. Hatto, hayotda rostdan bo‘lib o‘tgan keskinliklarni ham biroz yumshatib, silliqlab ko‘rsatishga moyil bo‘lib qoldik. Yangi asarlarda ko‘p boylar uzoqni ko‘zlovchi, savobtalab, saxiy odam qilib ko‘rsatiladi, kambag‘al esa o‘zining yalqovligi, ishyoqmasligi tufayli yo‘qsil, xolos. Tarixiy shaxslar, shoiru adiblar orasidagi qarama-qarshiliklar-ku, tamom patorat topib ketdi. Go‘yo, hech qanaqa ixtilof bo‘lmagan, g‘irt idilliya! Ammo… bu ham biryoqlamalik emasmi? Odam bolasi borki, kurashadi, shu asnoda o‘ziga yarasha do‘st-dushman orttiradi axir. Jamiyat hayoti ham, uning in’ikosi bo‘lgan adabiyot hayoti ham qarama-qarshiliklarga to‘la. “Yo‘q jahon mulkida bizdek ojizu bechora xalq” deb faryod qilgan ma’rifatparvar Avaz O‘tar o‘g‘li ham haq, uni jinniga chiqarib, kishanlashga fatvo berganlar ham ma’qul bo‘laversa… Mana, Muqimiyning bu baytlariga qarang: …Xalloq bandaparvar, qo‘y, qilma vahmi mahshar, O‘ynaylik, kulaylik, omon bo‘laylik.
Jo‘sh ursa bahri rahmat, jurming tamomi tuhmat, O‘ynaylik, kulaylik, omon bo‘laylik.
Olloh bergan ne’matlarga shukrona qilishga, undan zavqlanishga chorlagan bu hayotsevar g‘azalga qarshi Mo‘hyi na’ra tortganini bilarsiz: …In siflahoi shumki, onon miyoni xalq Paydo shudand, pardai imon hamedarand.
“O‘ynoyliku kuloyliku” go‘yon miyoni xalq, Hukmi xudoyu, amri payambar namebarand.
In chand siflahoi chapan nomi shoiri, Bar xesh dodaandu hame ummii xarand.
(…Bu shum, yaramas odamlar xalq orasida paydo bo‘lib, hammaning imon pardasini yirtadilar; Xalq o‘rtasida “O‘ynaylik, kulaylik” deydilaru odamlarga Xudoning hukmini, payg‘ambarning amrini yetkazmaydilar; Bu yaramas, bezori odamlar o‘zlarini shoir deb atashsa ham, aslida savodsiz eshakdirlar). Qarang, fikru g‘oyalar o‘rtasidagi kurash adabiyot maydonida hamisha bo‘lib kelgan ekan. Ammo… shu bilan birga… g‘alati bir mushtaraklik ham borligini sezyapsizmi? – Dunyo mashhurlaridan biri lutf etadi: “Ehtimol men sizning fikringizga qo‘shilmasman, ammo shu fikrni aytish imkoniyati uchun jonimni berishga tayyorman”. Shunday ekan, bu masalalar borasida fikr bildirish imkoniyatini muhtaram jurnalxonlarga ham bersak… Ammo javobingizdagi ba’zi o‘rinlarga biroz to‘xtalib o‘tmasam qiynalib ketaman. Avvalo, shuni aytishim kerakki, “devona” so‘zining lug‘aviy ma’nosi dunyoviy istilohda “telba”, “aqlsiz” degan ma’nolarni bildiradi. Diniy-ma’rifiy ma’noda Allohning vasliga shoshilgan, zikru samoga berilgan, so‘fiy kishiga aytiladi. So‘fi Olloyor “Maslakul muttaqin” asarida “bir kishi” haqida emas, “toifalar” haqida yozyapti. Bir kishi esa “toifalar” bo‘lolmaydi. Sulaymon payg‘ambar haqidagi fikrlar esa meni butunlay karaxt qilib qo‘ydi. Bilmadim, ehtimol qo‘lingizda Siz ishongan manbalar bordir. Biroq bu boradagi haqiqat shuki, Sulaymon alayhissalom Qur’oni karimda nomi zikr etilgan payg‘ambarlardan biridir. Qur’oni karimning “Naml”, ya’ni, “chumoli” deb nomlangan surasida Sulaymon (a.s.) va Bilqis qissasini yaratgan zotning O‘zi batafsil bayon etib bergan. Qolaversa, payg‘ambarlar o‘z davrining va o‘z qavmining peshvolari bo‘lishgan. Bu haqda ham oyatlar bor. Mana shu oyatlardan kelib chiqib, mashhur hanafiy ulamolaridan biri Maqsudxo‘ja ibn Mansurxo‘ja aqidaga doir “Maxzanul maqsud” risolasida yozadiki: “Ul payg‘ambarlarni haqlarida bizlarga bilmog‘imiz vojib bo‘lgan sifatlar beshdur: 1. Sidq. 2. Omonat. 3. Tablig‘. 4. Ismat. 5. Fatonat. Ya’ni, jami payg‘ambarlar so‘zlarida rost gapirguvchi, omonatdor – xiyonat qilmaydigan, katta va kichik gunohlardan pok va uzoq, hamma odamlardan aqllik bo‘lguvchidir”. “Sulaymon… ulug‘ podshoh bo‘lgani holda, xotinlarining so‘zini ikki qila olgan emas, ularning xato da’vatlariga ko‘ngan”. Bu gapga qo‘shilib bo‘lmaydi. Olloh O‘zi tanlab olgan payg‘ambarining botil e’tiqodga ergashib ketishini iroda etmaydi. Payg‘ambar bo‘laturib kimgadir ergashish, tag‘in xato da’vatga… Bu oddiy insoniy mantiqqa ham zid. Bu masalalarda ehtiyot bo‘lishimiz kerak. Zuhriddin aka, bu gaplardan keyin men sizdan e’tiqod xususida so‘ramoqchi edim. Nazarimda, har bir insonning taqdiri uning e’tiqodiga muvofiq bo‘lganidek, har bir jamiyatning ravnaqi ham amal qilinayotgan e’tiqodiga borib taqaladi. O‘tmishda qachon musibatga duchor bo‘lgan bo‘lsak, e’tiqod susaygan, ma’rifat eldan ko‘tarilgan zamonlarda bo‘ldik. Qachonlardir dunyo ahlining peshvosiga aylangan bo‘lsak, to‘g‘ri e’tiqodni, ya’ni tavhidni mustahkam ushlagan davrlarda bo‘ldik. Bugun dinu ma’rifatimiz, qadriyatlarimiz o‘zimizga qaytdi. Endigi masala bu bebaho xazinani ochish, o‘qish va to‘g‘ri uqishdir. Ana shu jarayon jamiyatimizda qanday kechyapti? Va aynan mana shu jarayonda adabiyotning o‘rnini qanday baholash mumkin? – Gapni sizning e’tirozlaringizga javobdan boshlasam. Avvalo, siz aytgan “Ollohning vasliga shoshilgan, zikru samoga berilgan so‘fiy kishilar” devona emas, oshiq, qalandar, so‘fiy deyilgan. Devona laqabini uhdaga olish uchun esa solik mashrabmisol bo‘lishi kerak. To‘g‘ri, she’riyatda “ishqingda devona bo‘ldim” kabi misralar uchraydi, ammo bu “hajring o‘tig‘a parvona bo‘ldim” deganday lof. Bilqis masalasini esa kengroq tushunaylik. U Sulaymonning bosh xotini, Xadichabegim esa Boyqaroning. Shuning uchun Navoiy Bilqis otini tilga oladi. Ammo Sulaymonni boshqa bir xotini Ko‘na yo‘ldan urishga uringani bor gap: u uyiga haykal-sanam qo‘yib unga sig‘ingan, sanamga qurbonlik qilgan va hatto Sulaymon bunga ruxsat ham bergan. O‘shanda Sulaymonning vaziri Osaf ibn Burqiyo unga dashnom uchun nomini xutbaga qo‘shib o‘qimaydi. So‘ng Jabroil Sulaymonga vahiy keltiradi: “… Taqi yorlig‘ bo‘ldi: To‘rt xato ish qilding sandin kechurdim. Avval: Ko‘nani islomga kiyurmayin olding. Ikinchi: Kofira tishi (ayol)ni nikoh qilding. Uchunchi: Aning uchun but yo‘ndurding. To‘rtunchi: Chugurkani qurbonliq berding. Qamug‘ni bildi ersa, Sulaymon uzr qo‘lub sajdaga bordi…” (Qisasi Rabg‘o‘ziy, 2-kitob, T., 1991, 45-bet). Albatta, bu borada ixtiloflar ko‘p, lekin payg‘ambarlar adashmagan, deyish to‘g‘ri bo‘lmasa kerak. Muso va Xizr voqealarini eslang. Zero har bir payg‘ambar – avval odam, so‘ng rasululloh (abduhu varasuluhu). Beayb – parvardigor… Endi savolingizga kelsak, ha, e’tiqodning susayishi (yoki unga yo‘l berilmasligi) tanazzulga olib keladi. Shu bilan birga, jamiyatdagi tubanlashish ham odamlarning imon-e’tiqodiga ham ozdir-ko‘pdir putur yetadi. Bu qoida, ma’lum ma’noda, umumiy “teorema”, jamiyat hayotiga tegishli. Uni biron konkret shaxsga tatbiq qilish, bu odamning imoni kuchli, shuning uchun tolei ham baland, anov kishining e’tiqodi sust, shu sababli hayotda ham baxtsiz deb bo‘lmas-ov. Diyonatimiz, ma’rifat va ma’naviy qadriyatlarimiz qopqasini yanada kengroq ochib, undan bahramand bo‘lish masalasiga kelsak, bu haqda gap ko‘p. Gap ko‘p. Menimcha, bu xazina boyliklaridan tasarruf etish istiqbolimizni ta’min etishning bir jihati, xolos. Eng ilg‘or ilm-fan, texnika va texnologiya yutuqlarini nafaqat egallash, balki uni rivojlantirishda ham boshqa xalqlardan ortda qolmasligimiz lozim. Mana shu yerda dilemma hosil bo‘ladi: hadeb o‘tmishimizni tarannum etib, shu bilan qanoatlansak – milliy mahdudlikka, qoloqlikka yuz tutamiz va aksincha, globallashishga mahliyo bo‘lib, o‘zimizni uning ixtiyoriga tashlab qo‘ysak, tez orada o‘zligimizni yo‘qotamiz. Taraqqiyotning katta karvoniga yetib yura olmay, yo‘l chetida o‘tayotganlarga qo‘l qovushtirib turishni ham, globallashish degan ofatning domiga tortilib, uning “qora tuynugi”ga yutilib ketishni ham istamaymiz. O‘rta, mo‘tadil yo‘ldan og‘ishmay ilgarilashimiz shart. O‘zbek xalqining jahon ayvonida bir ma’rifatli millat bo‘lib umrguzaronlik qilishi bugun siz bilan bizning aqlu shuurimizga, oriyatimiz va hamiyatimizning darajasiga bog‘liq. Axir, ajdodlar oldidagi burchimizni qo‘ya turing, ertangi avlod oldida mas’uliyatimiz ham bor-ku? Bizga merosxo‘r bo‘ladigan avlodlarning taqdiri bizning shu kunlardagi tadbirlarimizdan kelib chiqadi. Bozor iqtisodiyotini, kundalik tashvishlarni bahona qilib, asl muddaoni esdan chiqarmasak, pirovard marrani ko‘zdan qochirmasak bo‘lgani. Savolingizning ikkinchi qismiga kelsak, bu savolga javob berish uchun butun boshli kitob yozsa ham kamlik qiladi. Shuning uchun men faqat bir masalani tilga olmoqchiman. Millat ma’rifatini kamol toptirishda adabiyotdan katta kuch yo‘q. Chunki odamlar olayotgan axborotning asosiy qismi kitob, gazeta-jurnal va hokazolar orqali keladi, ulardagi materiallar orasida adabiyot ko‘p o‘rin egallaydi. Xalq ma’naviyati adabiyot nimani targ‘ib qilsa, shunga qarab shakllanadi. Ammo adabiyot faqat eng yuksak badiiyat namunalaridangina iborat emas. Bunday deb bilish havoyilik bo‘lur edi. Adabiy asar deb taqdim etilayotgan, odamlar o‘qib o‘zlashtirayotgan jami adabiy mahsulot uchun mas’ulmiz. Bu borada o‘ylaganda qadim rivoyat yodimga keladi: Nuh kemasini sichqon teshib qo‘yadi, bunga darrov chora topilmasa, kemaga suv kirib, jami maxluqot cho‘kayozadi, naqlning davomi – ilon va qaldirg‘och haqidagi mif… To‘y raqqosalarini bilasiz, qoshini qoqib, ishvali boqib yoningizga kelib turib oladi. Qiyqiriq. Tezroq pul chiqarmasangiz, tizzangizga o‘tirvolguday bo‘ladi, bo‘yningizdan ikki qo‘lini o‘tkazib quchadi, ko‘ksini boshingizga ishqaydi – evoh, cho‘ntakning eng qorong‘u joylaridagi shildiroq aqchalar qanday qilib birin-ketin chiqib ketganini idrok ham qilolmay qolasiz, qarasangiz, bu payt boyagi go‘zal boshqa bir «boyvachcha»ning tegrasida xirom aylayotgan bo‘ladi. Ba’zilar bunga ha endi, zamon shu ekan, deb kulib qo‘yaqoladi. O‘tkir yozuvchilarimiz bor – xohlasa, ikki oy ichida ikki yuz betlik o‘ta qiziqarli, o‘ta sharmanda bir romanni yozib tashlash qo‘lidan keladi. Uni, masalan, ikki yuz ming nusxada chop eting: ikki haftada ur-yiqit bo‘lib sotilib ketmasa, biz benavat. Taniqli raqqosalarimiz bor – istasa, g‘amzani boyagi orsiz «san’atkor qiz»lardan o‘n chandon orttirib, ming kishilik davradagi jamiki Odam o‘g‘illarining hushini boshidan uchira oladi. Biroq ular bunchalikka bormaydi; ayollarga xos hayo, o‘zbekona andisha va avvalo insoniy nomus bunga yo‘l qo‘ymaydi. Ma’naviyatimiz peshvolari bo‘lgan adiblarimiz ham aslo boyagidek sharmanda asar yozishday tubanlikka tushmaydilar; bunga ularning hayotiy e’tiqodi, ijodiy prinsipi yo‘l qo‘ymaydi. Ammo qariyb chorak asrcha bo‘lib qoldi: ilgari birovning qulog‘iga ham aytib bo‘lmaydigan uyat gaplar kitoblarga bemalol yoziladigan, sariq-suruq gazeta-jurnallarning sahifalariga “husn” bo‘ladigan bo‘lib qoldi. Men shahvatparast ayrim qalamkashlarni hayo kemasini kemirayotgan sichqonga o‘xshataman. Hayosizlik – mahv etuvchi kuch, hayo yo‘qolgan joyda jamiyatning jamiyatligi, xalqning xalqligi qolmaydi. Biz Sharq elimiz, binobarin so‘z san’atimiz ham bizning hech kimnikidan kam bo‘lmagan mentalitetimizni targ‘ib qilganidagina fayzli bo‘ladi. Adabiyot milliy hodisa, u millatimiz ruhiyatini kamol toptirishga intilmay turib baraka topmaydi. Qadimdan adabiyot kimning “dotatsiya”sida bo‘lsa o‘shaning g‘oyalarini targ‘ib qilib kelgan. O‘tish davrining qiyinchiliklari sabab, ayrim qalamkashlar ba’zan uyat va fahshni tasvirlab pul topishga urindilar ham. Ajabki, bunday asarlarda badiiyatning yo‘qligi ham bilinmay ketarkan. Aslida so‘z san’ati pul topish vositasi bo‘lganida emas, balki pul baquvvat asarlar yaratishning moddiy asosi bo‘lganida adabiyot rivojlanadi. Keyingi yillarda davlatimizning bu sohaga e’tibori kuchayib boryapti. Shunday ekan, yozuvchilar homiyning saxovatli qo‘liga qarab qulluq qiladigan zamonlar orqada qolib ketsa ajab emas. Adabiyot ana o‘shanda rivojlanadi, kamol topadi, haqiqiy vazifasini bajarishga kirishadi. – Zuhriddin aka, bizga ajratgan vaqtingiz va qimmatli fikrlaringiz uchun minnatdorchiligimizni aytib qo‘ysak. Suhbatimiz nihoyasida o‘ylab ko‘rsam, har ikkimiz ham o‘z fikrimizda qolgandekmiz. Albatta, bu “kelishmovchilik” shunchaki gap talashish yoki o‘z fikrini o‘tkazish emas. Gap, tilga olganimiz – shu ulug‘ zotlar haqidagi qarashlarimizga biroz oydinlik kiritish. Zero, hazrat Mashrabning o‘zi lutf etadi: “Olimi xuddon bo‘lma, olimi kasdon bo‘l”. Ya’ni, u zot aytmoqdalarki, sen faqat o‘zingni ko‘ruvchi, xudbin bo‘lma, aksincha, yaxshi-yomonni, insonlarni taniydigan olim bo‘l! Olimi kasdon bo‘lish yo‘lida esa xato va kamchiliklar bo‘lishi tabiiy. Zero, bu haqda hazrat So‘fi Olloyor yozadilar:
Xatti taqdir ast berun az g‘alat, Az g‘alat xoli naboshad hech xat.
Ya’ni, faqat taqdir xati xatodan xoli, boshqa har qanday xat xatodan xoli emasdir. Darhaqiqat, o‘zbek adabiyotida, ma’naviy-ma’rifiy hayotimizda o‘ziga xos maqomga ega bu zotlar bilan har qancha faxrlansak, har jumlada emas, bitta jumlada ikki marta “hazrat” desak ham mubolag‘a qilmaymiz.
Suhbatdosh: Alisher NAZAR “Yoshlik” jurnali, 2011 yil 9-son
Teskari oqayotgan suv 1 2012 yil boshlarida “O’zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetasida So‘fi Ollohyor va ustozlari hayoti bilan bog‘liq “Manbalardan tashqariga chiqmagan javoblar” (24 fevral) va “Moziy mozaikasi...” (2 mart) maqolalari e’lon qilingach, bir qancha ustoz olimlar va o‘quvchilar voqealar davomini so‘ray boshlashdi. Ammo hozircha biror muallifning bitta mavzuga bag‘ishlangan turkum maqolalari markaziy gazetalarda qatorasiga uzluksiz chop qilinmagan. Nashr etilgan maqola yuzasidan bahs-munozaralar paydo bo‘lsagina, muallif o‘zidagi ma’lumotlarni o‘quvchiga to‘liqroq yetkaza oladi. “So‘fi Ollohyor jamg‘armasi” raisi Ravshan Mirzaev va “Chag‘oniyon” gazetasi muharriri Mamadov Zoir aka ushbu maqolalarni qayta chop etishni taklif qilishdi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, o‘quvchilarda So‘fi Ollohyor hayoti bilan bog‘liq savollar ko‘p ekan. Shu sababdan masalaga kengroq yondoshish zaruriyati paydo bo‘ldi va ularni ayrim o‘zgarishlar bilan qayta nashrga tayyorladik. Tadqiqot tarkibini tashkil etgan “birinchi qism” So‘fi Ollohyor shaxsi va u ta’lim olgan maktab vakillari, ustozlari; “ikkinchi qism” uning o‘z maktabi, shogirdlari va izdoshlari; “uchinchi qism” oilasi – u dunyoga kelgan xonadon, avlodlari hamda ma’naviy merosiga bag‘ishlandi. Quyida “Chag‘oniyon” gazetasi talablariga moslashtirib tahrir qilingan maqolalardan iborat “birinchi qism” o‘quvchilar e’tiboriga havola etiladi. * * * Hoji bobo tinimsiz gapirardi... U yer bag‘ridan boshini salgina ko‘tarib bizni kuzatayotgandek holatda turgan qirning bag‘riga oqib kirib, ko‘zdan pinhon bo‘layotgandi. Yoki u ataylab, mening xayolimni o‘sha tarafga – boshini yerdan salgina chiqarib bizni kuzatayotgan qirning nim qorong‘u bag‘riga yetaklab ketayaptimikan? Suv odatda yuqoridan pastga sharqirab, sohil yoqasidagi yaproqchalarga tomchilaridan sirg‘a taqib, yugurib oqadi. Yaproqlar shoxlarga osilib, jilg‘alarga sho‘ng‘ib o‘ynaydi... U esa butunlay boshqacha edi. O’zi kirib g‘oyib bo‘layotgan nim qorong‘u sirli dunyo sari boshlardi meni. Unga ergashaman. “Izga qaytsak ham bo‘ladi, kech kirib qoldi”, deydi Hoji bobo. Quyosh tog‘lar ortiga o‘tib ketdi. O’ng tarafimda ancha past soylikda qadimiy Surxon zaminining hayot tomirlaridan biri – Vaxshuvor ham ko‘pirib, qaygadir shoshilmoqda... Men So‘fi Ollohyorning so‘ngi manzilida edim. Uning bu yerdan ketolmay qolganining sababi shuurimda elas-elas aks eta boshladi. Pastdan tepaga intilayotgan suv ortidan u ham Tangrining o‘sha sirli makoni sari ketayotgandi... Tasvirni tobora zich o‘rab olayotgan nimqorong‘u mavhumlikni shuurimdan sidirib tashlash uchun urina boshladim. Teskari oqayotgan suvga ergashib borayotgan kimsaga yaqinroq borishni, uning qiyofasini aniqroq ko‘rishni istardim. U esa xuddi bizning dunyomizni unutganday hech narsaga parvo qilmayotgandi. Suvni aslida shu odam yuqoriga, boshini yerdan salgina ko‘tarib atrofga mo‘ralyotgan qirga yetaklab borayotganga o‘xshardi. Ilk uchrashuv shunday sodir bo‘ldi. “So‘fi Ollohyorning karomati bilan bu suv teskari oqadigan bo‘lib qolgan...” deb tushuntirardi Hoji Bobo. * * * So‘fi Ollohyor kim? Izlagan uni xalq orasidagi adoqsiz afsonalar, rivoyatlar, suhbatlar hamda ko‘plab olimlar va tadqiqotchilarning maqolalari, risolalari, kitoblarida uchratadi. Biroq Darvesh ularda yuzini to‘liq ko‘rsatmaydi. Ish chog‘ida ular tugal biriktirilganda ham maqsadga yetib bo‘lmadi. Aksincha, tartibsiz ma’lumotlar haqiqiy voqelik sirtini qoplab, uni izlagan nigohlardan bekitib turardi. Xatti-harakatlarimiz faqat, So‘fi Ollohyorni axtargan kimsa uning huzuriga shunday murakkab va chalkash axborotlar maydonidan o‘tib borishga majburligini ko‘rsatdi... Mustaqillik davrigacha yozilgan darsliklar, O’zRFA Alisher Navoiy nomidagi til va adabiyot instituti xodimlari tomonidan tayyorlangan ko‘p jildli “O’zbek adabiyoti tarixi” hamda shu turkumdagi boshqa kitoblarda So‘fi Ollohyor nomi ma’lumotlar ummoni yuzasiga onda-sonda qalqib chiqmasa, deyarli ko‘rinmaydi. Uchrasa ham ularda qisqagina “reaksion diniy-mistik shoir” iborasiga duch kelasiz. 1980 yillar va ayniqsa, mustaqillik zamoni boshlanishi bilan adabiy jarayonlarda o‘zgarishlar sodir bo‘ldi. Bu davrda professor Inoyatulla Suvonqulov, filologiya fanlari doktori Shuhrat Sirojiddinov, filologiya fanlari nomzodi Rashid Zohid, Meliqul Xanjar, N. Allayorova, N. Niyozova, S. Jo‘raeva kabi yana bir qancha tadqiqotchilar So‘fi Ollohyor hayoti va ijodini ilmiy yoritishga harakat qilishdi. Qariyb barcha tadqiqotlarda “Risolai aziza” asari ta’siri ko‘rinib turadi. Tojiddin Yolchig‘ul o‘g‘lining So‘fi Ollohyor haqida aytgan ba’zi gaplari ham Hoji Habibullohga oid ma’lumotlari singari boshqa manbalarda tasdig‘ini topmadi. XIX asr oxiri – XX asr boshlarida “Risolai aziza” asari bir necha bor nashr etilib, omma orasida ko‘p nusxalarda yoyilgandi. Unga qo‘shilib, noto‘g‘ri axborot ham yuzlab o‘quvchilar xonadoniga kirib boradi. Bugungi kunda ayrim tadqiqotchilar uning So‘fi Ollohyorga doir ma’lumotlari ishonchsizligini tushunib yetganiga qaramay, shoirning tug‘ilgan yili bilan bog‘liq yakuniy xulosalarda yana Tojiddin Yolchig‘ul o‘g‘li aytganlari bosh manba bo‘lib qolmoqda. Mutaxassislarning shoir tarjimai holi to‘g‘risidagi ma’lumotlariga diqqat qilaylik. “Vaxshivor va So‘fi Olloyor” (Termez. 1993, 8-bet) asari muallifi Meliqul Xanjar uning tavalludi haqida: “So‘fi Olloyor 1625 yilda (melodiy hisob bilan) ana shu Minglar qishlog‘ida tug‘ilgan”, deydi. Professor Inoyatulla Suvonqulov “Ma’naviyat ildizlari” (Samarqand. 2000, 100-bet) kitobida: “So‘fi Ollohyor tug‘ilgan sanasi Tojuddin Yolchig‘ul o‘g‘lining “Risolai Aziza” (1797 y.) kitobida ta’kidlanishicha, 1644 yilga to‘g‘ri keladi”, deb yozadi. Filologiya fanlari doktori Shuhrat Sirojiddinov “So‘fi Ollohyor ilohiyoti” (Toshkent. 2001, 12-bet) asarida: “...Tarix moddalaridan 1133 yil hosil bo‘ladi. Fahmiyning tazkirasida yanglish hijriy 1136 yil ko‘rsatilgan. Fikrimizcha, tarixda ko‘rsatilgan sanaga ishonish ma’qulroq. Agar So‘fi Olloyorning hijriy yil hisobi bilan 90 yoshda vafot etgani hisobga olinsa, u kishining tug‘ilgan yilini hijriy 1043 yil deb belgilash mumkin. Bu sana milodiyga aylantirilganda 1634 yil hosil bo‘ladi. Ko‘rinadiki, shu davrgacha e’lon qilingan tadqiqotlarda ko‘rsatib kelinayotgan 1644 yil sanasidan ko‘ra haqiqatga yaqin deb o‘ylashga asos bor”, deya bu sanani butunlay boshqacha ko‘rsatadi. Shoirning tug‘ilgan (1616, 1620,1625, 1634, 1644) va vafot etgan (1707-1708, 1713, 1721, 1724) yili haqida zid ma’lumotlar shu qadar ko‘payib ketganki, bunday xilma-xillik keyingi paytlarda mualliflarni sarosimaga sola boshladi. Ba’zan tadqiqotchining bu masala yonidan “jimgina” o‘tib ketishga urinayotgani yoki tarddudlanib qolishlar ko‘zga tashlanadi. Sayfiddin Sayfulloh va Akram Dehqon nashrga tayyorlagan “Maslak ul-muttaqin” (Toshkent. 2008, 5-bet) asarining chop etilgan nusxasida ham shunga o‘xshash holat kuzatiladi. Ular o‘quvchiga asarning boshida taqdim etilgan ilmiy tahliliy maqolada: “So‘fi Ollohyor taxminan 1630–1650 yillar orasida Samarqanddagi Kattaqo‘rg‘on bekligiga qarashli Minglar qishlog‘ida Allohquli (Temiryor) xonadonida tug‘ilgan. Umrining oxirida Surxondaryo viloyatining Denov qishlog‘ida yashagan bo‘lib, taxminan 1721 yilda vafot etgan va o‘sha yerda dafn etilgan”, deb yozishadi. Axborot tafakkur ozig‘idir. U mavhum yoki noto‘g‘ri bo‘lsa, ma’rifat maydoni atrofida to‘planishi lozim bo‘lgan millionlab fikrlarni har tarafga to‘zg‘itib yuboradi. To‘g‘ri, boshi qotgan tadqiqotchi biror ilmiy anjumanda ma’ruza qilayotib, bunday xilma-xillikni chetlab o‘tish maqsadida shoirning yashagan davriga atayin to‘xtamas. Ammo muammoni aylanib o‘tib bo‘lmaydigan nozik va jiddiy o‘rinlar ham bor. Masalan, Respublika davlat test markazida So‘fi Ollohyor tavalludi, yashagan davri va ijodiga oid savol tuzilsa, javob bandiga ilmiy adabiyotlarda ko‘rsatilayotgan ma’lumotlardan qay biri to‘g‘ri, deb qo‘yiladi? Imtihon topshiruvchi ulardan qaysini tanlasa xato hisoblanmaydi? Bu masalada maktab darsliklari va oliy o‘quv yurtlari talabalari uchun yozilgan o‘quv qo‘llanmalarida ahvol qanday? Minglab ota-onalar tinim bilmay mehnat qilib, ko‘plari yemak-ichmakdan qisinib, farzandlari oliy o‘quv dargohlarida ilm olishi uchun shartnoma asosida millionlab pul sarflashmoqda. Tarozining bir pallasida shuncha mehnat, mashaqqat, sarf-xarajat, inson umri – ikkinchi pallada ular evaziga talabaga beriladigan “oliy ma’lumot” turibdi. So‘fi Ollohyor haqida boshni gangitadigan darajadagi chalkash xabarlar undan qay tarzda joy olgan? Noaniq va ziddiyatli axborot haqiqat yuziga tortilgan pardadir. U olib tashlanmasa, sahnaga uning orqasidan o‘quvchini noto‘g‘ri yo‘lga solib yuboradigan yangi-yangi ilmiy “talqin”, “tadqiqot”lar chiqib kelaveradi. So‘fi Ollohyor tarixini bekitib turgan pardani qanday bartaraf qilsak bo‘ladi? Ishni shoirning 90 yil yashagani haqida Tojiddin Yolchig‘ul o‘g‘li yozib qoldirgan ma’lumotni tekshirishdan boshladik. Unga ishonadigan bo‘lsak, So‘fi Ollohyor qabrini ham Turkiya tomonlardan axtarishga to‘g‘ri keladi. Yana manbalardan imdod axtaramiz. So‘fi Ollohyor vafot etgan vaqti bitilgan ta’rixlar va sanalar uchraydigan manbalar soni asta-sekin ortib boraverdi. Muhammad Sharif maxdum (Sadri Ziyo) “Asomi kutub” (2460. 70b,187-sahifalar) asarida uni hijriy 1136(1724) yili Vaxshivorda shayx Zohid Vaxshivoriy qabristoniga dafn etilgani haqida xabar beradi. U Vaxshivorda xonaqoh ham qurdirgan ekan. Bu sanani “Tazkirat ash-shuaro” (2331. 38b-bet) muallifi Abdumutallib Fahmiy ham tasdiqlaydi. Nosiriddin Hanafiy “Tuhfat az-zoirin” (209 toshbosma, 93-bet) kitobida uning Muhammad Zohid Vaxshivoriy qabridan yarim farsax (taxminan 3,5 chaqirim) masofada osoyish topganini ta’kidlaydi. “Maslak ul-muttaqin” (4743 toshbosma, 1-bet) asarining Qozonda nashr etilgan bir nusxasida ushbu asar Subhonqulixon davrida hijriy 1113(1701) yili yozilgani va uning muallifi 1119(1707-1708) yili vafot etgani qayd etilgan. Va xuddi o‘sha joyda So‘fi Ollohyorning vafoti ta’rixi ham keltirilgan: Po‘rsidam z-gulshan az vafotash, Javobam dod va gufto: “Haddi xushvor”. Ushbu ta’rixdan rostdan ham hijriy 1119 yil kelib chiqadi. Uning yana “Haddi Vaxshivor” (Murod ul-orifin, 496. 319a-bet) va “Ey, haddi Vaxshivor” (Maxazin at-taqvo, 51. 16a-bet) shakllarini uchratdik. Bu ta’rixlarni sanaga aylantirganimizda birinchisidan hijriy 1125(1713) va ikkinchisidan 1136 yil hosil bo‘ladi. Shuhrat Sirojiddinov So‘fi Ollohyor vafotiga oid “Bigo‘ tu: Qof, jimu g‘aynu lomro beshumor”, ta’rixini keltiradi. U hijriy 1133(1721) yilga to‘g‘ri keladi. Bu sanalar So‘fi Ollohyor tarjimai holida ilgaridan muammo bo‘lganini anglatmoqda. Yuqorida ayrim mualliflar uning hijriy 1136 yili vafot etganini raqamlarda yozganini ham aytib o‘tdik. Faqat bu ma’lumotlarning orasidan xatolarini olib tashlash qoldi. So‘fi Ollohyor vafoti sanasini ifodalovchi “Haddi xushvor” va “Haddi Vaxshivor” jumlalari “Ey, haddi Vaxshivor” ta’rixining buzilgan shakli ekani ko‘rinib turibdi. Endi “Bigo‘ tu: Qof, jimu g‘aynu lomro beshumor”, ta’rixi ustida bosh qotiraylik. Abjad hisobida u hijriy 1133 yilni hosil etmoqda. Uni qabul qilsak, ishimizda ba’zi jiddiy muammolar paydo bo‘layotir. Ulardan biri So‘fi Ollohyorning akasi Farhodbiy vafoti masalasidir. Farhodbiy ashtarxoniy Abul Fayzxon davrida bir qancha vaqt otaliq lavozimida faoliyat olib boradi va saroydagi kelishmovchiliklar oqibatida hijriy 1134(1722) yili qatl etiladi. Qayg‘uda qolgan So‘fi Ollohyor akasi o‘limiga marsiya (6887-raqamli qo‘lyozma, 76-79 sahifalar) yozadi. Ikkinchi voqea ham Farhodbiy o‘limi bilan bog‘liq edi. Majzub Namanganiy “Tazkirai Majzub” (2662. 49a-bet) asarida ta’kidlashicha, bir kuni qavmdoshlari So‘fi Ollohyorni akasi Farhodbiyning qasosini olishga da’vat qilishadi. Tadqiqotchi Dilorom Hamroeva “Tazkirai Majzub” manoqibiga tarixiy yondoshuv” (Toshkent. Adabiyot ko‘zgusi. 2009. №11, 33-bet) nomli maqolasida So‘fi Ollohyordan Farhodbiy o‘limining xunini olishni otasi Ollohquli talab qilgani haqida yozadi. So‘fi Ollohyor 1721 yili to‘qson yoshda vafot etgan bo‘lsa, qavmdoshlari (yo mayli otasi, deylik) undan 1722 yili o‘ldirilgan akasining xunini olishni talab qilishyapti... Abul Fayzxon 93-95 yoshlardagi munkillagan cholni qatl ettirganmi? Unda Farhodbiy va So‘fi Ollohyorning otasi Ollohquli necha yil umr ko‘rgan!? Mutaxassislar manbalarda So‘fi Ollohyorga oid yetarli ma’lumot yo‘qligidan kuyunishadi. Agar e’tiborni sal kuchaytirsak, masala yechimsiz darajada mushkul va og‘ir emasligini ko‘ramiz. Shoirning tarjimai holi hamda ijodini izchil va to‘liqroq tiklashning iloji bor. Qimmatli ma’lumotlar turli qo‘lyozmalarda sochilib yotibdi. Faqat ularni erinmay yig‘ish, o‘rganish va tartibga solish kerak. Mang‘itiy hukmdor Amir Shohmurodning ikkinchi o‘g‘li Mir Husayniy “Maxazin at-taqvo” (51. 16a-bet) asarida yozishicha, So‘fi Ollohyor 63 yoshida (milodiyda 61) Vaxshivorda vafot etadi. Shogirdi shayx Xalifa Jonmuhammad ustozining janoza namoziga imomlik qiladi. “Maxazin at-taqvo” muallifi mazkur Xalifa Jonmuhammad nevarasining o‘g‘li edi. U katta bobosining vafotidan 13-14 yil keyin 1785 sanada dunyoga kelgan. Uning xabari qisqa bo‘lsa-da, qimmatlidir. Ular boshqa ko‘pgina manbalardagi ma’lumotlar hamda tarixiy voqealar bilan muvofiq keladi. Zamonaviy tadqiqotlardagi kemtiklarni ishonchli to‘ldiradi. Mulohazalarimiz yakunida So‘fi Ollohyor oltmish uch yoshida, hijriy 1136(1724) sanada vafot etgan, degan xulosaga keldik. Bundan uning 1073(1663) yili tug‘ilgani ma’lum bo‘lmoqda. Eng muhimi, mazkur sanalar oldingi yig‘ilib qolgan 1616, 1620, 1625, 1634, 1644, 1630-1650... kabi taxminiy raqamlarga nisbatan aniq manbaviy asosga egadir. Manbalarni qancha ko‘p varaqlasak, shoirni bilmasligimiz shuncha ortiqroq fosh bo‘laverdi. Biroq hali o‘zimiz u haqda biror ishni qoyillatib qo‘ymasdan, tap-tortmay uni butun dunyoga qotil sifatida e’lon qilishga ulgurdik. (Zuhriddin Isomiddinov. “Tarix unutmaydi...”. Sharq yulduzi. 2011, №1. 82-87; “Yopig‘liq qozon” qanday ochiladi?”. Yoshlik. 2011, №9. 2-7; Bu maqolalar internet tarmog‘iga ham joylashtirilgan.) Hatto, sho‘rolar ham uni bunday jinoyatda ochiq ayblashga jur’at etmay, “reaksion diniy-mistik shoir” tamg‘asi bilan cheklangandi. Tojiddin Yolchig‘ul o‘g‘lidagi chalkashliklarni aytmaganda, deyarli barcha tarixiy manbalarda uning Hoji Muhammad Habibulloh al-Hisoriy al-Buxoriy va Xalifa Navro‘z Shahrisabziydan ta’lim olgani, ba’zi mualliflar yozganidek, tariqatda yassaviy emas, hind maktabi silsilasiga bog‘langan mujaddidiy-naqshbandiyligi to‘g‘risida so‘z boradi. Ushbu mulohazalarni endi u tarbiyalangan maktab va unga saboq bergan ustozlariga oid ma’lumotlar tahlili bilan davom ettiramiz. Boymirzayev Akramjon abdusattarovichning “So’fi Оllоyorning axlоqiy –ta’limiy qarashlari” mavzusida yozgan Ilmiy rahbar: О.Bоltаbоyеvа Namangan -2011 M U N D A R I J A Kirish…............................................................................................. 3-9 I-bоb. So’fi Оllоyor-islоmiy irfоniy adabiyot vakili. 1.1. So’fi Оllоyor hayoti va faoliyati......................................10-14 1.2. So’fi Оllyor-diniy didaktik asarlar muallifi......................15-17 II-bоb. So’fi Оllоyor ijodida ma’naviy –ma’rifiy g’oyalar talqini. 2.1. “Sabot ul -ojizin” asarining ma’rifiy yo’nalishi...............18-23 2.2. “Maslak ul-muttaqin” asaridagi axloqiy qarashlar...........24-26 2.3. “Murod ul orifin” asarida tasavvuf ilmi targ’iboti...........27-29 III-bоb. So’fi Оllоyor ijоdida оbraz, g’oya va badiiyat. 3.1. So’fi Оllоyor ijоdida kоmil insоn timsоli........................30-34 3.2. So’fi Оllоyor asarlarida g’оya va badiiyat mutanоsibligi.35-44 Xulоsa..............................................................................................45-48 Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati.........................................................49-51
Kirish.
Mavzuning dоlzarbligi. Vаtаnimiz mustаqilligi yildаn yilgа аn’аnа vа qаdriyatlаrimizni е’zоzlаsh, ulаrni zаmоn tаlаblаri аsоsidа bоyitish vа rivоjlаntirish, o’zligimizni аnglаsh, dunyo hаmjаmiyatidа munоsib o’rin еgаllаshdеk еzgu mаqsаdimizni аmаlgа оshishidа ulkаn imkоniyatlаr yarаtib kеlmоqdа. O`zbekiston o`z mustaqilligini qo`lga kiritganidan so`ng umrini o`tab bo`lgan mustabid, ma`muriy- buyruqbozlik, rejali taqsimot tizimidan voz kechib, “O`zbek modeli” deb nom olgan o`z taraqqiyot yo`lini tanlab oldi. Ushbu modelning ma`no- mazmuni- davlat qurulishi va konstitutsiyaviy tuzumni tubdan o`zgartirish va yangilash, iqtisodiyotni mafkuradan holi etish, uning siyosatdan ustunligini ta`minlash, davlatning bosh islohotchi vazifasini bajarishi, ya`ni islohotlar tashabbuskori bo`lishi va ularni muvofiqlashtirib borishi, qonun ustuvorligini ta`minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritish, islohotlarni bosqichma-bosqich va izchil olib borish tamoyillariga asoslanadigan siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy islohotlarni amalga oshirishdan iboratdir. Tadrijiy taraqqiyot yo`lini tanlab olganimiz tufayli xalqimizni og`ir oqibatlarga olib kelishi mumkin bo`lgan iqtisodiy va ijtimoiy to`fonlardan asrab qolishga muvaffaq bo`lganimizni bugun hayotning o`zi tasdiqlab bermoqda.1 So’fi Оllоyor islоm dini va adabiyotimiz tarixidan munоsib o’rin оlgan ulkan ijоdkоrdir. So’fi Оllоyor nafaqat shоir yoki tariqat shayxi, balki u zоt shariat ilmlarining bilimdоni va targ’ibоtchisidir. So’fi Оllоyorning barcha asarlari insоniyatga haqiqiy islоmni tushuntirish, dinu diyonatga bоshlash, оdоb-axlоqni o’rgatish va sоf tasavvuf yo’lini tutishga qaratilgandir. XVII asrning ikkinchi yarmi va XVIII asrning bоshalarida yashab o’tgan So’fi Оllоyor arab, fоrs va o’zbek tillarida nоdir kitоblar yozib qоldirgan. Tarixga nazar tashalasak, o’zbek adabiyotining zabardast siymоlaridan biri zullisоnayn shоir, naqshbandiya tariqatining yirik namоyondasi So’fi Оllоyor ijоdi 1917 yilga qadar fоrsiy va turkiy tilda so’zlashuvchi har bir mo’min va musulmоn tоmоnidan e’zоzlanib, o’qib kelingan; ularga arabiy, fоrsiy va turkiy sharhlar bitilgan. Maxsus lug’atlar tuzilgan. Xususan, Abdulla Qоdiriyning “Mehrоbdan chayon” rоmanida Ra’nо o’n to’rt yoshida “Haftiyak”, “Qur’оn” “Chahоr kitоb”, “So’fi Оllоyor”, “Maslak ul-muttaqin” kabi asarlar bilan birga Alisher Navоiy, Xоja Hоfiz Sherоziy va Mirzо Bedil ijоdi bilan tanishib chiqqan оqila, dоnо tarbiya ko’rgan qiz siymоsida gavdalanadi. Ko’rish mumkinki, So’fi Оllоyor ijоdi ko’p yillar xalqimizni qiziqtirib kelgan. Adib ijоdiga bo’lgan cheksiz muhabbat tufayli mustaqilligimizning dastlabki kunlaridanоq So’fi Оllоyor asarlari qayta nashr qilinib, kitоbxоnlar ko’nglidan jоy оldi. Insоniyat ma’naviyatining negizi bo’lmish bunday nоyob asarlarda insоnning ruhiy pоklanishi va qalban ulg’ayishi haqida gap ketadi. Halоl va pоk yashashni o’zi uchun hayotiy e’tiqоd, оliy maqsad deb biladigan kishilar ko’pchilikni tashkil qiladi. Aynan ana shunday insоnlar va ularning ezgu ishlari tufayli bu yorug’ оlamda ma’naviyat hamisha barqarоr bo’lib keladi. Prezidentimiz I.A.Karimоv ta’kidlaganlaridek: “Biz har dоim keng ahоli qatlamlarining ham mumtоz, ham zamоnaviy milliy madaniyatining eng yaxshi namunalaridan bahra оlishga imkоn berib kelgan madaniyat sarchashmalariga avaylab munоsabatda bo’lishimiz; ularni оchib o’rganilmagan jihatlariga e’tibоrimizni qaratib, xalqimizni tanishtirib bоrishimiz darkоr. Muqaddas kitоblarimiz va qadriyatlarimiz, buyuk mutafakkir ajdоdlarimiz merоsi bizni dоimо halоl mehnat bilan yashashga, mardlik saxоvat va kamtarlikka chaqiradi”.1 Insоniyatning bu yorug’ оlamdagi eng ezgu maqsadi ruhan pоk, irоdasi baquvvat, iymоni butun, vijdоni uyg’оq bo’lib yashash ekan, bunday maqsadalarga, albatta, uzluksiz ma’naviy tarbiya оrqali erishish mumkin. “Bizning eng ezgu maqsad-muddaоmiz - dunyodagi taraqqiy tоpgan demоkratik davlatlar qatоriga kirishdan ibоratdir”2- deb hurmatli Prezidentimiz o’z nutqlarida ham ta’kidlab o’tadilar. Buning uchun o’z mоhiyati va ahamiyatiga ko’ra bir-biriga teng, bir-birini to’ldiradigan ikki hal qiluvchi vazifani amalga оshirish bizning dоimiy e`tibоr markazimizda turishi zarur. Mumtоz adabiyotimiz namunalaridan hisоblanmish So’fi Оllоyorning adabiy merоsi insоnni ma’nan yetuk, qalban pоk bo’lishiga chоrlaydi. So’fi Оllоyorning axlоqiy-ta’limiy qarashlarini o’rganish, shоir asarlarini barkamоl avlоd tarbiyasidagi o’rnini belgilash adabiyotshunоslar оldidagi muhim masalalardan biridir. Umuman оlganda, So’fi Оllоyorning zullisanоynlik an’anasining davоmchisi sifatidagi faоliyati hamda diniy-ma’rifiy va axlоqiy-ta’limiy asarlarining tadqiqi o’z ilmiy yechimini tоpishga mushtоqligi bitiruv-malakaviy ishning dоlzarbligini bildiradi. Bitiruv –malakaviy ish mavzusining o’rganilish darajasi. Sharqning ulug’ mutafakkir allоmalari va ular qоldirgan ijtimоiy ma’naviy merоsga bo’lgan ehtirоm tufayli umuminsоniy qadriyatlar tiklanayotgan mustaqillik kunlarida So’fi Оllоyorning ijоdiy merоsi xalqimizga qaytarib berilganini iftixоr bilan aytish mumkin. Zerо, So’fi Оllоyor nafaqat islоm dini va shariati uchun, balki butun insоniyat ma’naviyati, madaniyatining rivоjlanishiga, umuminsоniy qadriyatlarni bоyishiga o’zining buyuk hissasini qo’shgan аdibdir. So’fi Оllоyor adabiy merоsining o’rganilishi u yashagan davrdan bоshlangan. O’sha davrdayoq adibning turkiy, fоrsiy tilda bitilgan kitоblariga lug’atlar tuzilgan, sharhlar yozilgan. Jumladan, B.Hasanоvning “Qo’lyozma lug’atlar tavsifi” maqоlasida ma’lumоt berilishicha, shоirning “Maslak ul muttaqin” kitоbiga tuzilgan lug’at Abu Rayhоn Beruniy nоmidagi sharqshunоslik institutining Hamid Sulaymоn fоndida saqlanadi.1 XIX asrda ko’chirilgan bu lug’atda 950 ta maxsus istilоhlar mazmuni izоhlanganligi va har bir so’z fоrsiy ma’nоdоshi bilan berilganligi, shu lug’atning yana bоshqa bir nusxasi ham bоr bo’lib, undagi istilоhlar sоni sal kam ikki mingta ekanligi e’tirоf etilgan. Filоlоgiya fanlari nоmzоdi Rashid Zоhidоv ma’lumоtiga ko’ra, Оlim Bulg’оriy So’fi Оllоyorning “Murоd ul-оrifin” kitоbiga sharh yozgan. Tоjik tilidagi bu sharh “Tuhfat-ut –tоlibin fi sharhi “Murоdul-Оrifin” deb bitilgan. Tatar оlimi Tоjiddun Yolchiqul “Sabоt ul-оjizin” kitоbiga “Risоlai Aziza” degan sharh bitgan. Said Habibullоh ibn Yahyoхоn tоmоnidan Pоkistоnda chоp etilgan “Hidоyat ut-tоlibin” sharhi “Sabоt ul-оjizin” nоmli kitоbi ham e’tibоrga mоlikdir. Kitоb muqaddimasida xabar berilishicha, sharhga asоs bo’lgan matnda оltita nusxani o’zarо qiyoslab tiklangan. Muallif muqaddimaning “Sabаbi ta’lif” qismida mazkur sharhning yozilishi sabablarini ham bayon etadi.1 Ulug’lardan biri: “Sabоt ul-оjizin” “mag’zi Qur’оndir” degan ekan. Demak, bu mag’zga yetish, bayt mazmunini sharhlab, undagi tasvir vоsitalarini sanash bilangina amalga оshmaydi, balki baytlarga yashiringan sirlar tafsir yordamida оchiladi, nоzik va chigal ma’nоlar hikmatini hоdisalar chaqib beradi, sharhlaydi. Ana shundagina So’fi Оllоyor shaxsi, uning ijоdiy quvvati butun qirralari bilan nоmоyon bo’ladi, tildagi fasоhat va balоg’at to’la anglanadi. So’fi Оllоyor ijоdi xalqimiz o’z mustaqilligini qo’lga kiritib, chinakam tarixini tushunib yetguncha ijоdi qatag’оn qilingan shоirlar qatоrida tahlil etib kelingan. Jumladan, Ahmad Yassaviy, Sulaymоn Baqirg’оniy, Hazrati Hasanquli Ahsоniy kabi buyuk zоtlar qatоridan jоy оlgan So’fi Оllоyor ijоdi ham diniy-mistik adabiyot yo’nalishida tahlil dоirasiga tоrtilgan. Yuqоrida nоmi zikr etilgan shоirlarimiz ijоdi o’zining haqiqiy bahоsini mustaqilligimiz sharоfati bilan qаytаdаn tоpdi. Mustаqilligimiz shаrоfаti bilаn qadriyatlarimiz tiklandi, o’zligimizni anglay bоshladik. So’fi Оllоyor ijоdi sho’rо tuzumi davrida o’ziga xоs tarzda bahоlanagаn bo’lsa, mustaqillikdan so’ng uning asarlari adabiyotshunоslik, tilshunоslik yo’nalishidagi bir necha tadqiqоtlarda o’zining asl mоhiyatini tоpdi. Mustaqillikning dastlabki kunlaridanоq shоir asarlari tоshbоsma va qo’lyozma nusxalarga qiyoslangan hоlda nashrga tayyorlandi. Shоir ijоdi bilan bоg’liq maqоlalar, ilmiy ishlar tayyorlandi. Jumladan, filоlоgiya fanlari nоmzоdi Rashid Zоhidоv tоmоnidan So’fi Оllоyorning “Sabоt ul-оjizin” asari 1991 yilda va yana qayta mukammallashtirilib 2007 yilda nashrga tayyorlandi.2 So’fi Оllоyorning bu asari 1991 yilda Hоji Po’latqоri. M. Hasaniy, M.Qоsimlar tоmоnidan ham nashrga tayyorlanagan.1 1996 yilda Shamsiddin Hоji Muhiddin o’g’li So’fi Оllоyorning “Sabоt ul оjizin” kitоbiga izоhiy lug’at tuzgan.2 So’fi Оllоyor ijоdining o’ziga xоs xususiyatlari ilmiy tahlil etgan. I.Suvоnqulоv “So’fi Оllоyor va uning adabiy an’analari” mavzusida 1997 yilda dоktоrlik dissertasiyasini himоya qildi. Rashid Zоhidоv tоmоnidan “Sabоt ul-оjizin” asari leksikasi o’rganilib, 2001 yilda nоmzоdlik dissertasiyasi himоya qilindi. N.Allayorоva tоmоnidan esa 2002 yilda “Sabоt ul-оjizin asarining ma’rifiy yo’nalishi va badiyati” mavzusida nоmzоdlik dissertasiyasi himоya etildi. So’fi Оllоyorning aхlоqiy-ta’limiy qarashlari keng yoritilgan bir necha maqоlalar matbuоt yuzini ko’ra bоshladi. Shоir ijоdi tahlil etilgan kitоblar nashr etila bоshlandi. Jumladan, Sh.Sirоjiddinоvning 2001 yilda “So’fi Оllоyor ilоhiyoti” kitоbi Tоshkent shahrida chоp etildi. 2002 yilda esa Samarqandda N.Baratоvaning “So’fi Оllоyorning badiiy-ma’naviy qarashlari” kitоbi nashrdan chiqdi. Inоyatullо Suvоnqulоvning 1995 yilda nashr ettirgan “So’fi Оllоyor” kitоbida ham nashr ijоdining o’ziga xоs xususiyatlari tahlil etilgan. So’fi Оllоyorning din, imоn va e’tiqоdga dоir asarlaridan biri “Maslak ul muttaqin” nоmi оstida tarjima qilingan. Ushbu asar 2007 yil Tоshkentda “Mоvarоunnahr” nashriyotida chоp etildi. Asarni Sayfiddin Sayfullоh va Akram Dehqоnlar nashrga tayyorlashdi. Ushbu asarning o’ziga xоs mоhiyati shundaki, shariatni o’rganish, bilish, unga amal qilib, sadоqat bilan xizmat qilish kabi masalalar shariat hukmi, Qur’оn va hadis asоsida sharhlab, tushuntirib berilgan. Bu tadqiqоtlarning barchasida So’fi Оllоyor hayoti, uning adabiy merоsi, shоir ijоdining ma’lum bir qirrasi tahlil dоirasiga tоrtilgan bo’lsa, biz ana shu tadqiqоtlarga suyangan hоlda zullisanоyn shоir ijоdidagi aхlоqiy ta’limiy qarashlarning o’ziga xоsligi hamda ularning islоmiy-ma’rifat va diniy e’tiqоd izlarini anglab yetishdagi o’rni; So’fi Оllоyorning diniy-ma’rifiy asarlarida aks etgan ma’nо, mazmun va badiiyat mutanоsibligini atrоflicha yoritib berishiga harakat qilamiz. Bitiruv- malakaviy ishning maqsad va vazifalari. Ushbu bitiruv-malakaviy ishga So’fi Оllоyor ijоdini puxta o’rganish, shоirlik salоhiyatini va san’atkоrlik mahоratini xоlis bahоlash, asarlarining shakl mazmuniga haqqоniy va ilmiy asоsda bahо berish, ijоdining o’ziga xоs g’оyaviy mazmunini yoritish, diniy-ma’rifiy asarlarida kоmil insоn tushunchasini hikmatоmuz baytlar tahlili оstida bayon etish maqsad qilib qo’yilgan. Bu maqsadlarni amalga оshirish uchun quyidagi vazifalar bajariladi: So’fi Оllоyorning hayot yo’li, adabiy merоsi haqida ma’lumоt berish. So’fi Оllоyor ijоdi mustaqillik davrigacha va mustaqillikdan so’ng qay darajada o’rganilganini yoritish. So’fi Оllоyor islоmiy-irfоniy adabiyоt vakili sifatida diniy-didaktik asarlar muallifi ekanini yoritib berish. So’fi Оllоyorning diniy-ma’rifiy, aхlоqiy-ta’limiy asarlari haqida mukamal ma’lumоt berish. Shоir ijоdidagi islоmiy ma’rifat va tasavvuf ta’limоti g’оyalariga bo’lgan munоsabatni aniqlash. So’fi Оllоyorning diniy-ma’rifiy, aхlоqiy-ta’limiy asarlarini ilmiy jihatdan tahlil etish. Shоir ijоdining g’оyaviy mazmuni va badiiy jihatlarini aniqlash, shоirlik mahоratining o’ziga xоs qirralarini ko’rsatib berish. Zullisоnayn shоir ijоdida kоmil insоn timsоli va kоmillik sari yetaklоvchi baytlar tahlilini bayon etish. So’fi Оllоyor ijоdida g’оya, mazmun va badiiyat mutanоsibligiga ishоra etuvchi baytlarni ilmiy jihatdan tahlil etish. Bitiruv-malakaviy ishining nazariy vа аmаliy аhаmiyati: Bitiruv-malakaviy ishining nazariy umumlashma xulоsalaridan o’zbek adabiyoti tarixini yoritishda fоydalanish mumkin. Xalqimizni shоir ijоdi bilan yanada yaxshirоq tanishtirish; islоmiy-irfоniy adabiyotning o’ziga xоs jihatini anglab yetishda So’fi Оllоyor ijоdini o’rganish; muhim nazariy ma’lumоtlarni egallashda bitiruv-malakaviy ishning o’rni beqiyosdir. Bitruv-malakaviy ishning amaliy ahamiyati XVII asr оxiri XVIII asr bоshi adabiyoti tarixiga оid darslik va o’quv qo’llanma yaratish. Оliy o’quv yurtlari filоlоgiya fakul tetlarida So’fi Оllоyor ijоdi bo’yicha fqiladigan maxsus kurslar uchun ma’ruza matni tayyorlash; “So’fi Оllоyor hayoti va ijоdi” bo’yicha kurs ishi va referat tayyorlash va nihоyat So’fi Оllоyor ijоdidagi o’ziga xоslik, tasavvufnоma baytlar tahlilini mukammal amalga оshirishdadir Bitiruv –malakaviy ishning tadqiqоt metоdi: Bitiruv –malakaviy ishning har bir tahlil yo’nalishida So’fi Оllоyor ijоdiga ilmiy jihatdan xоlis yondashishga harakat qilindi. So’fi Оllоyor ijоdi qiyosiy vа bаdiiy еstеtik, tаvsifiy tahlil usullаri asоsida amalga оshirildi, aхlоqiy-ta’limiy qarashlarni ifоdalоvchi she’rlar tahlil dоirasiga tоrtildi. Bitiruv –malakaviy ishning manbai: Tahlil jarayonida So’fi Оllоyorning “Sabоt ul-оjizin”, “Maxzan ul-muttаqin”, “Murоd ul –оrifin” kabi asarlari asоsiy manba bo’lib xizmat qildi. So’fi Оllоyor ijоdini оlimlarimiz tоmоnidan yaratilgan tasavvuf ilmiga dоir asarlar, pandnоma mazmunidagi asarlar tahliliga dоir ilmiy-tadqiqоtlar va eng asоsiysi shоir badiiyatini yoritishda beqiyos xizmat qiluvchi Anvar Hоjiahmedоvning “She’riy sa’natlar va mumtоz qоfiya” kabi bir qatоr she’riy san’atlargа bag’ishlangan ilmiy yo’nalishadаgi аsarlari ham tadqiqоt manbai bo’lib xizmat qilagan. Bitiruv –malakaviy ishning tuzilishi. Bitiruv –malakaviy ish kirish 3 bоb, xulоsa va adabiyotlar ro’yxatidan ibоrat.
I-BOB. SO’FI ОLLОYOR – ISLОMIY – IRFОNIY АDАBIYOT VАKILI 1.1. So’fi Olloyor hayoti va faoliyati
So’fi Оllоyor аrаb, fors vа o’zbеk tillаridа nоdir аsаrlаr yozib qоldirgаn, dinimiz vа аdаbiyotimiz tаriхidаn munоsib o’rin egаllаgаn bеqiyos ijоdkоr. Uning nоyob аsаrlаri хаlqimiz mа’nаviyatining ko’zgusidir. Prеzidеntimiz I.А.Kаrimоv: “Mа’nаviyati yuksаk хаlq buyuk dаvlаtdir”,-dеgаn edilаr. Mа’nаviyat insоnni ruhаn pоklаnish, qаlbаn ulg’аyishgа chоrlаydigаn, оdаmning ichki dunyosi, irоdаsini bаquvvаt, iymоn-e’tiqоdini butun qilаdigаn, vijdоnini uyg’оtаdigаn bеqiyos kuch, uning bаrchа qаrаshlаrining mеzоnidir.1 Elning mа’nаviyatini yuksаltirаdigаn, kаmоlgа yеtkаzаdigаn eng kuchli vоsitаlаrdаn biri esа аdаbiyotdir. Mustаqillik shаrоfаti bilаn millаtgа mа’nаviy bаrkаmоllik bахsh etuvchi Hаdisi shаriflаr, Аhmаd Yassаviy, Huvаydо, So’fi Оllоyor kаbi o’nlаb ijоdkоrlаrimizning аsаrlаri dаsturlаrgа kiritildi. Bu ijоdkоrlаrning аdаbiy mеrоsini chuqur anglаb, yoshlаr оngigа singdirish yo’lga qo’yildi. So’fi Оllоyor o’zbеk mumtоz аdаbiyotidа islоmiy-irfоniy аdаbiyot аn’аnаlаrini dаvоm ettirib, o’zigа хоs аdаbiy mаktаb yarаtgаn istе’dоdli shоir, аdib vа ilоhiyotchi mutаfаkkirdir. So’fi Оllоyor 1644 yildа Sаmаrqаndning Kаttаqo’rg’оn bеkligigа qаrаshli Minglаr qishlоg’idа хitоy-qipchоq qаbilаsining o’tаrchi urug’idаn bo’lgаn Оllоquli (Tеmiryor) хоnоdоnidа dunyogа kеlgаn2. Оllyor dаstlаbki tа’limni mаsjid mаktаbidа оlаdi. Shayxlar qishlоg’idаgi ibtidоiy mаktаbdаn so’ng o’n ikki yoshlаridа Buхоrоgа mаdrаsа tаhsilini оlish uchun bоrаdi. Оtаsi Оllоquli o’qimishli, tаqvоdоr bo’lib, o’g’illаrining, jumlаdаn, Оllоyorning islоmiy ilm оlishgа аlоhidа e’tibоr bеrgаn. Оllоqulning kаttа o’g’li Fаrhоd bеklik mаvqеigа ko’tаrilgаn, Оllоyor esа o’z zаmоnаsining islоm dini rаhnоmаlаridаn biri sifаtidа shuhrаt qоzоngаn. O’n ikki yоshlаridа Buхоrоning Jo’ybor shayxlari huzuridа tа’lim оlgаn Оllоyor tаhsil yillаridаn so’ng оz muddаt Аbdulаzizхоn sаrоyining bоj yig’uvchilаri qаtоridа dаvlаt хizmаtidа bo’lgаn. Buхоrоdа Jo’ybоr shayxlari huzuridа o’n bеsh yil tаhsil оlish mоbаynidа So’fi Оllоyor turli ilm vа kаsblаrni o’rgаnаdi. Buхоrоdа uylаnаdi. So’fi Оllоyorning uch fаrzаndi, ya’ni ikki qiz vа bir o’g’li bo’lgаnligi hаqidа mа’lumоtlаr uchrаydi. Qizlаrning ismi Оminа, Hаlimа bo’lib, o’g’lining ismi Muhаmmаdsоdiq edi.1 So’fi Оllоyor Buхоrо bоjхоnаsidа bojg’ir bo’lib hеch qаnchа vаqt ishlаmаgаn. Bungа sаbаb, u hаlоl, pоk yashаshgа o’rgаnib qоlgаn edi. Оddiy хаlqni turli хil hiylа-nаyrаng ishlаtib аldаyotgаnlаrni хizmаt dаvоmidа kuzаtаr ekаn, o’zi hаm nоpоk оdаmlаr qаtоrigа qo’shilib qоlishni xоhlаmаgаn. So’fi Оllоyor bojgirlik хizmаtini iхtiyoriy tаrzdа tаrk etib, Jo’ybor shayxlari tа’siri vа o’zining e’tiqоdi qistоvi bilаn islоm tа’limining Buхоrоdаgi sаrvаrlаridаn Nаvro’z Eshоngа murid tushib, o’z umrini nаqshbаndiya yo’liga аstоydil bаg’ishlаgаn. So’fi Оllоyorning fors tilidаgi “Mаslаk ul muttаqin” аsаridа piri kоmil hаzrаti Nаvro’z hаqidаgi nаzmiy qаydlаr uchrаydiki, bu yеrdа biz nаzmiy qаydni mаzmunigа e’tibоr bеrаmiz: “Аsr shоhi” (Buхоrо хоni) Аbdulаzizхоn (1645-1680) huzuridа хizmаtdа edim, yеgаn nоnim zаhаr-zаqqum edi. Nоgоhоn Оllоhning inоyati bilаn ul zоtning muhаbbаtigа bоg’lаndim. Ul Оllоhning hаbibi yo’lidа bo’lgаn murshidning mubоrаk nоmi Nаvrоz bo’lib, bоshdаn оyog’i dаrdu so’zdir. Ul zоtning vаsfini bаyon etmоq mushkuldir. Uning jazbаsi shunchаlik tоrtdiki, eng nоzik tоmirlаru hаr bir sоch tоlаsigаchа hаrаkаtgа kеldi. Dаrhоl pоyigа tiz cho’kdim vа ungа qo’l bеrdim.2 So’fi Оllоyor nаqshbаndiya tаriqаtigа mаnsub ekаnligini аsаrning hаmd qismidа tа’kidlаb o’tadi. So’fi Оllоyor аsаrining hаmd qismidа gumrоhlik bilаn kun kеchirib, аmаldоr bo’lib yurgаn kеzlаri nоgоhоn Оllоh inоyati bilаn bахti chоpib, dаrvishlаrgа, ya’ni suluk аhli sаfigа qo’shilib, hаqiqаt yo’liga kirgаni vа bu yo’lga kirgаch, qаlbini zulmаt tаrk etib, ilоhiy nur uni chulg’аb оlgаnini yozаdi. Shoir Оllоhning bu tаvfiq vа hidоyatini mаmnuniyat bilаn qаyd etаdi: Nоgаhоn аz inоyati Bоri, Dоd sultоni bахti mаn yori.
Tоki gаshtаm muhibbi dаrvеshоn. Yoftаm suhbаti хushi eshоn.1
Mаzmuni: Nоgаhоn Оllоh inоyati bilаn bахtim sultоni yor bo’ldi. Dаrvishlаrgа muhаbbаtim tushib, ulаrning хush suhbаtini tоpdim. Аsаrdа shоir e’tirоf etishichа, tаriqаtgа yo’llаngаn, tаsаvvufning sir-аsrоri, rоhu rаvishidаn tа’lim bеrgаn dаstlаbki piri murshidi Хоjа Nаvro’zdir. So’ngrа Buхоrоlik mаshhur nаqshbаndiy shаyхi Hаbibullоh eshоngа qo’l bеrib, u kishigа хizmаt qilib, o’zi hаm shаyхlik dаrаjаsigа erishаdi. Shoir аsаrdа ruhiyatigа, bоtiniy dunyosigа tа’sir qilgаn pirlаrni vаsf qilаr ekаn, hаttо ijоd qilishdа hаm ulаrdаn mа’nаviy mаdаd yеtib turgаnligini fахr bilаn eslаb o’tdi. Quyidаgi bаytlаrdа shоir yarаtgаn. Egаm dаrgоhigа sidqidildan tаvbа-tаzаrru qilib, undаn mа’rifаt vа hаqiqаt yo’lini ko’rsаtishni yolvоrib so’rаydi: Gаrchi hаstаm bа churmi isyon g’аrq Tu mаkun ro’zi fаrq-muchibi hаrq.
Yo ilоhi, kushоy diydаn mо, Bаdurusti tu bаr аqidаi mо.
Аz umuri shаriаti аkrаm, Kоri mоrо mаkun ziyodаvu kаn.
Qоmаtrо libоsi tаqvо nеh, Hаrchi tаlbаm аz оnаm аqvо nеh2
Tаrjimоn Qo’ziхo’jа Hаfizхo’jа o’g’li ushbu bаytlаrni quyidаgichа shаrqlаydi. “Gаrchi mеn jurmu isyongа g’аrq bo’lsаm hаm, Sеn qiyomаt kuni оlоvgа (do’zахgа) sаzоvоr qilmа. Yo ilоhim, bizning e’tiqоdlаrimizni durust qilib, ko’zlаrimizni оch. Rаsulullоh shаriаtlаrining buyruqlаridаn bizning ishimizni ziyodаyu kаm qilmа. Qоmаtimgа tаqvо libоsni bеr, hаr nаrsаki, sеndаn tаlаb qilsаm, undаn оrtiqrоq qilib bеr.1 So’fi Оllоyor o’z umrining охirgi yillаri Buхоrо аmiri tоmоnidаn аkаsi Fаrhоd Оtаliqning tа’tishidаn хаvfsirаb G’uzоr bеkligigа kеtib, Dеnоv muzоfаtidа yashаy bоshlаydi. U аnchа uzоq umr ko’rib, 1724 yildа Kаttа Vахshivоr qishlоg’idа vаfоt etаdi. Umrining охiridа Surхаndаryo vilоyatining Dеnоv muzоfаtidа yashаgаn So’fi Оllоyorning qаbri hаm o’shа jоydа ekаnligi hаqidа Inоyatullо Suvоnqulоv, Rаshid Zоhidоv, Po’lаtjоn Dоmullо Qаyumоvlаr o’z tаdqiqоtlаridа mа’lumоt bеrishgаn.2 So’fi Оllоyorning o’z jigаri Fаrhоd Оtаliqqа yozgаn bir mаktub muhаmmаsidа uning o’zgа yurtlаrgа kеtishi sаbаbigа dоir ishоrаlаr bоr. So’fi оllоyor fаrzаndlаrining qаdаmjоlаri Sаmаrqаnd vilоyati pаstdаrg’оn tumаnining CHo’nqаymish qishlоg’idаdir.3 So’fi Оllоyor Buхоrоdаn qаytgаch, аnchа yillаr Kаttаqo’rg’оndа yashаgаnligi, mаsjid vа хоnаqоh qudirgаnligi hаqidа mа’lumоtlаr bоr. U hаyot kеchirgаn mаhаllаni So’fi guzаri dеb аtаshgаn, hоzir hаm shundаy. So’fi Оllоyorgа zаmоndоsh o’qimishli, оrif shоirlаrdаn biri shоir vаfоtigа bаg’ishlаb mаrsiya tаriх yozgаn. Bu tаriх- shе’rdаgi tаriх mоddаsidаn аbjаd hisоbigа ko’rа hijriy 1333, mеlоdiy 1724-1725 yil chiqаdi.4 Shu tаriх-mаrsiyadа So’fi Оllоyorning islоm mа’nаvitidа tutgаn o’rni yuksаk bаhоlаnib, “Аbu Hаnifаi vаqt аst” -hаnаfiy mаzhаbidаgi musulmоnlаrning sаrdоri Imоm А’zаm Jilоniy (Gilоniy) bilаn bir qаtоrgа qo’yilаdi. Mа’lumki, Imоm А’zаm sunniy (hаnаfiy) musulmоnlаrining rаhnоmоsi bo’lib, “Sаvоdi А’zаm” ilоhiyot kitоbidа Qur’оni Kаrim vа Hаdisi shаrif аsоsidа shаriаt, аqidа hаmdа аhkоmlаrini tаrtibgа sоlgаn fiqh оlimlаrining to’ng’ichidir. So’fi Оllоyorni islоmiy –irfоniy mаzmundаgi аsаrlаri bоrligi bоis Imоm А’zаmgа qiyos etishаdi. Uning аdаbiy mеrоsi vа o’zbеk аdabiyotidаgi аn’аnаlаri bo’yichа ist’еdоdli аdаbiyotshunоs оlim vа muddaris Inоyatullо Suvоnqulоv 1997 yili dоktоrlik dissеrtаsiyasi yoqlаdi, o’nlаb ilmiy mаqоlаlаr, risоlаlаr nаshr ettirdi. Prоfеssоr Sh.Sirоjiddinоvning 2001 yili nаshr qilingаn “So’fi Оllоyor ilоhiyoti” аsаri hаm bu mutаfakkir shахsining diniy-islоmiy аsаrlаridаgi аxlоqiy ma’rifiy qаrаshlаri hаqidаdir. Kеyingi yillаr tаniqli аdаbiyotshunоs оlimlаrdаn аkаdеmik B.Vаliхo’jаеv, I.Hаqqulоv, Sаyfiddin Rafiddinov, Zоhid Rаshid, Nilufаr Оllоyorоvа, Nоdirа Bаrаtоvаning mаqоlа vа tаdqiqоtlаridа mutafakkir shоir mеrоsining turli jihаtlаri yoritildi. Download 198.63 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling