Tuxum va tuxum mahsulotlari; Parrandalarni mahsuldorligi


Tuxum va tuxum mahsulotlari


Download 39.61 Kb.
bet2/6
Sana16.04.2023
Hajmi39.61 Kb.
#1359258
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
paranda

Tuxum va tuxum mahsulotlari.Tuxum yuqori to’yimli ozuqaviy mahsulot bo’lib, unda almashtirib bo’lmaydigan oqsil va yog'lar birmuncha saqlanib, unda biologik ahamiyatli moddalar ko’pdir.
Tuxum elips shaklida bo’lib, uzunligi kengligiga nisbatan 1:1,32 ga teng. Bir tomoni o’tkir va ikkinchi tomoni o’tmasdir. Tuxumda oqsil 54-60%, sariq modda 28-32% va qobiq 11-14%ni tashkil etadi. Qobiq qismi mineral moddalardan tashkil topgan. Qobiqning rangi parrandaning turi va zotiga qarab turlicha bo’ladi. Qobiqda teshikchalar bo’lib, gaz almashinuvini ta’minlaydi. O’tmas tomonida teshikchalar ko’p bo’lib, 1sm2 100-150 tagacha. Havo kamerasi-bo’shligi o’tmas tomonida bo’lib, tuxumni saqlanish muddatiga qarab ortib boradi. Qobiqni sirtida yupqa oqsil qobig’i bo’lib, turli mikroblar kirishining oldini oladi. Oqsil qismi 4 qavatdan iborat: tashqi-suyuq, o’rta-zich, ichki suyuq va ichki o’zak qismlardan. Oqsilining 70 % to’laqiymatli ovoalbumindan iborat. Bundan tashqari oqsilda ovomukoid, konaalbumin, mizosim va musin uchraydi. Lizosim bakteriasidlik xususiyatiga ega. Bu modda bahor va yoz faslida tug’ilgan tuxumlarda ko’p uchraydi. Mukoid antiferment xususiyatiga ega. Oshqozon shirasidagi trepsin fermentining kuchini pasaytirib, shu sababli xom holatda iste’mol qilingan tuxumdagi 30 % oqsil hazmlanmaydi. Sariq qismi-sirtidan yupqa oqsil qobiq bilan o’ralgan bo’lib, shar shaklidadir va u oqsil qismi bilan aralashib ketishning oldini oladi. Rangi och sariqdan to’q binafsha rangigacha bo’lib, karotinoidlarning miqdoriga bog’liqdir. Tuxum sarig’ida to’laqiymatli oqsillardan vitellin 78 % va levitin 22 % tashkil etadi. Sariqlik indeksi sariq balandligining diametriga bo’lgan nisbatidir. Bu tuxumning sifatini aniqlashda katta ahamiyatga ega. Sariqlik indeksi yangi tuxumda 0,48-0,5 bo’lib, saqlangan tuxumda 0,25ga teng. Sog’lom tovuqdan endigina olingan tuxum har xil mikroblardan holi bo’ladi. Ammo uni qobig’i har xil mikroblar bilan zararlangan bo’lib, ularning ichkariga kirishiga harorat, ifloslanganlik darajasi ta’sir qiladi. Tuxumlarni saqlash vaqtida unga bakteriya va zamburug’lar sporasi ichki qismiga o’tadi. Mikroblar tuxum oqsilini parchalaydi natijada u suyuqlanadi. Sariq qismi to’q rangga o’tib qattiqlashib qoladi. Har xil gazlar hosil bo’ladi: N2S, NH3 va tuxum istemolga yaroqsiz bo’lib qoladi. Odatda zamburug’lar tuxumning o’tmas qismiga yig’iladi va har xil to’q rangli qora, ko’k va jigar rangli dog’lar hosil qiladi. Vaqt o’tishi bilan zamburug’lar butun oqsil qismini qamrab oladi va katta dog’ hosil qiladi yoki butkul tuxumni qoplab oladi (tumak). Tuxumda har xil infeksion kasallik tarqatuvchi mikroblar tuberkulyoz, salmonellez bo’lishi ham mumkin. Ko’proq suvda suzuvchi parrandalarning tuxumida salmonella guruhidagi bakteriyalar uchraydi. Shu sababli ularni to’g’ridan-to’g’ri savdoga ruxsat etilmaydi. Ular non sanoatida ishlatilgani ma’qul. U yerda ularga yuqori haroratda ishlov beriladi. Shuningdek, bu parrandalarning tuxumini boshqa turdagi parrandalar tuxumidan alohida ajratib saqlash talab etiladi.
Saqlash davrida tuxumlar quriydi, og’irligi kamayadi, bu jarayon namligini yo’qotish hisobiga bo’ladi. Natijada havo kamerasining hajmi ortib boradi. Havo bo’shlig’ining hajmiga va tuxum og’irligining kamayishiga qarab uning olingan vaqtini aniqlash mumkin. Tuxum tez buzuluvchi oziq-ovqat mahsuloti hisoblanadi, shuning uchun ularni saqlash me’yorlarini tashkil qilish muhim amaliy ahamiyatga ega. Yog’och yashiklarga 4 qatordan 720 tuxum joylanadi. Karton yashiklarga 360 dona tuxum joylanadi. Har bir qator oralig’iga yog’och qirindisi, somon yoki maxsus karton joylashtirgichlar qo’yiladi. Saqlash uchun ajratilgan tuxumlar oldin +2 +30 da sovutiladi va +1 +2 +2,50 da 85-88% namlikda 6-7 oy saqlanadi. Ohakli suvda (10%) li 4-5 oy saqlash mumkin. Ba‟zan qobiqni sirtiga, moy (parafinni trixloretilen bilan aralashmasi) surtilib 3-4 oy saqlash mumkin. Tuxumning tovar xususiyati. Tuxumlar ikki toifagaga bo’linadi. Tovuq tuxumi parhezbop, sovutgichlarda saqlangan va ohaklangan tuxumlarga bo’linadi. Parhezbop – tuxum olingandan 7 kungacha tabiiy holatda saqlangan tuxumlar kiradi.

  • I.toifaga – og’irligi 54 g, havo bo’shlig’i 4mm, sariq qismi o’rtada joylashgan va qattiq zich oqsil qismdan iborat bo’lgan tuxumlar kiritiladi.

  • II toifaga – og’irligi 44 g dan kam bo’lmagan tuxumlar kiritiladi.

Yangi tuxum deb, sovuqxonalarda 30 kungacha -1 -20 S da saqlangan tuxumlarga aytiladi va ular 1 va 2 toifaga bo„linadi.
I.toifaga –qobig’i toza, qattiq va butun, havo bo’shlig’i biroz siljigan balandligi 1 mm dan (ortiq emas), sarig’izich, biroz o’rtadan siljigan, 48 g vaznli tuxumlar kiradi. II.toifaga –og’irligi 43g, toza, qattiq va qobig’i butun bo’lgan (biroz ifloslangan bo’lishi mumkin) tuxumlar kiradi. Uning havo bo’shlig’i biroz kattalashgan 13 mm, sarig’i aniq bilinib, qimirlaydi. Oqsili yaxshi bilinib, biroz suyuqlashgan bo’lishi mumkin. 43 g dan kam bo’lgan sifatli tuxumlar kichik tuxumlar guruhiga kiritiladi va umumiy ovqatlanish korxonalariga beriladi.
Tuxumlar unda uchraydigan kamchiliklariga qarab; oziq-ovqatbop, oziqovqatbop to’la qiymatsiz va texnik chiqindi tuxumlarga bo’linadi. Oziq-ovqatbop to’laqiymatsiz tuxumlar guruhiga havo bo’shlig’ini balandligi 1/3 qism tuxum balandligini egallagan, qobig’i siniq, ba’zan sariq va oqsil qismi aralashgan, biroz qurigan va qobig’ida oz miqdorda dog’lari bo’lgan tuxumlar kiritiladi. Bu tuxumlar zudlik bilan qandolat korxonalariga jo’natiladi. Texnik chiqindi tuxumlarga qon halqasi paydo bo’lgan, chirish hidi kelgan va boshqa salbiy omillar aniqlangan tuxumlar kiritiladi. Savdoga chiqariladigan parranda tuxumlari albatta veterinariya ko’rigidan o’tkazilishi shart. Infeksion kasalliklar bilan zararlangan parrandachilik xo’jaliklaridan keltirilgan tuxumlarga 1000S dan yuqori haroratda 13 minut davomida ishlov beriladi yoki bunday tuxumlar veterinariya hodimlari tomonidan tekshirilgandan so’ng hulosalari asosida ishlatishga ruxsat etilish mumkin.
Parrandachilik chorvachilikning asosiy sohalaridan biri bo’lib hisoblanadi. Qishloq xo’jalik parrandalari yuqori sifatli oziq-ovqat mahsulotlari- tuxum, go’sht, yog’va yengil sanoat uchun xom-ashyo par va pat yetishtirib beradi. Parranda mahsulotlari yuqori to’yimliligi va ajoyib ta’mi bilan ajralib turadi. Ayniqsa parhez tuxum va jo’ja go’shti alohida e’tiborga loyik. Broyler go’shtida 20% ko’proq oqsillari bo’lib, faqatgina 1% atrofida yog’ bo’ladi, bu esa uning parhezligidan dalolat beradi, vaholanki eng yog’siz qoramol go’shti tarkibida kamida 10% yog’ bo’ladi. Parandachilikni xalqimiz bejiz 7 xazinaning biri deyishmagan, chunki soha xo’jalikni eng samarador tarmog’i bo’lishi mumkin. Hozir mamlakatimizda parrandachilik ikki yo’nalishda rivojlanmoqda. Birinchisi sanoat parrandachiligi (mamlakatimizda 70 ortik parrandachilik fabrikalari mavjud), ikkinchisi ixtisoslashgan xo’jaliklardagi turli kattalikdagi parrandachilik fermalari va shaxsiy yordamchi xo’jaliklar. Hozirga kelib parrandachilik ko’prok fermer xo’jaliklarda jadal rivojlanib bormoqda, chunki uni tashkil qilish boshqa chorvachilik sohalariga nisbatan ancha oson. Parrandalarning biologik xususiyatlari. Parrandalar sermahsul hisoblanadi, leggorn zotli tovuqlar bir ymlda o’rtacha 260-280 dona tuxum beradi, broyler jo’jalari 50-60 kunda 1,5-2,0 kg nimta, o’rdak, g’oz, kurka jo’jalari mol go’sht berish qobiliyatiga ega. Ularning tez yetiluvchanligi alohida ahamiyat kasb etadi, ya’ni qisqa muddatlarda mahsulot olish mumkin. Leggorn zotli mokiyon jo’jalar 5 oylikda tuxumga kirsa, broyler va o’rdak jo’jalari 50-60 kunda go’sht uchun so’yish mumkin. Parrandalarni tez ko’paytirish imkoni bor, yoki bir tovuqdan yiliga 250-300 bosh jo’ja o’stirsa bo’ladi. Parrandalarda embrion tanadan tashqarida rivojlanishi munosabati bilan yilning xohlagan fasl va paytida jo’ja ochirib ularni o’stirish mumkin. Ayniqsa jo’ja ochirishni sanoat asosida-inkubatorlarda tashkil qilish xohlagan payt, xohlagan miqdorda jo’ja olish imkonini beradi. Parranda tuxumi po’choq bilan o’ralgan bo’lib, u tabiiy hisoblanadi, shu boisdan uni uzoq muddat saqlash va tashish imkoniyatlari mavjud. Parranda mahsulotlari boshqa chorva mahsulotlariga nisbatan arzon, chunki 1 kg mahsulot ishlab chiqarishga eng kam oziqa sarflaydi, yoki 10 dona tuxum uchun 2-3 kg, 1 kg semirish uchun ham 2-3 kg yem sarflaydi. Parrandalarning biologik xususiyatlaridan biri ularning tana harorati yuqori 42ºS, hamda yurak urishi, nafas olishi ancha tez, bu hol ularda modda almashuvining jadalligini ko’rsatadi.
Parrandalarning ajoyib xususiyatlaridan biri ularni chegaralangan maydonlarda-qafaslarda saqlab yuqori mahsuldorlikka erishish mumkin. Bu holat barcha parrandachilik mahsulotlarini sanoat asosida ishlab chiqarishni tashkil qilish imkonini beradi. Parrandalar galalarini tez almashtirish imkoniyati mavjud bo’lib, bu hol parrandalar mahsuldorligini muttasil oshirib borish imkonini beradi. Tuxum yo’nalishidagi sanoat galasi har yili almashtirilib boriladi. Parrandalarning boshqa qishloq xo’jalik hayvonlaridan ustunlik tomoni ularning so’yim chiqimining yuqoriligi hisoblanib, 75-80% tashkil etib; olingan nimtaning 65-70% esa yeyishga yaroqli hisoblanadi. Suvda suzuvchi voyaga yetgan parrandalar bo’rdoqilanganda, ular go’shtida yog’ nisbati 40% gacha yetib, kalloriyaligi yuqori bo’ladi. Parrandalarning yana bir xo’jalik uchun foydali hususiyati ular har xil oziqalarni yeyish va hazm qilish hususiyatiga ega. Evolyusion jarayonda parrandalar suyaklari ingichkalashib, qattiqlashgan, ularning orasida havo bo’shliqlari bo’lib yengil. Bu hol ularda gaz almashinuvi va nafas olishni kuchaytiradi. Ovqat hazm qilish tizimi ham boshqa qishloq xo’jalik hayvonlaridan farqlanib ularda tish bo’lmasligi natijasida oziqalarni chaynamay yutadi. Ularda oziqalar qizilo’ngach orqali jig’ildonga, undan keyin bezli oshqozonga o’tadi. Ushbu oshqozonda me’da shirasi bilan obdan ishlagan oziqa aralashmasi muskulli oshqozonga tushadi va eziladi, hazmlangan oziqalar ichaklarga o’tadi. Parrandalar ichaklari hayvonlar ichaklariga nisbatan bir necha marta qisqa bo’lib, oziqalar faqat 6-8 soat davomida turadi. Embrion rivojlanish davrida ikki tuxumdon ham rivojlanib, voyaga parrandalarda tuxum asosan chap tuxumdonda paydo bo’lib ajraladi, o’ng tuxumdon va tuxum yo’llari rivojlanmay qolaveradi. Tuxum sarig’i tuxumdonda shakllanadi, ovulyasiya natijasida u tuxum yuliga tushadi tuxumning qolgan qismlari (oqsili,po’chog’i) tuxum yulida hosil bo’ladi, ushbu jarayonga 22-24 soat vaqt sarflanadi, tuxum tashqariga chiqarilganda 0,5 soatdan keyin navbatdagi ovulyasiya ro’y berib tuxum sarigi tuxum yo’liga tushadi, jarayon yana takrorlanadi. Tuxum hujayrasi tuxum otalanib, murtak tuxum sarig’i o’rtasida joylashgan bo’ladi. Parrandalar siydik, jinsiy va tezak chiqarish a’zolari birlashgan bo’lib tashqi chiqaruv teshigiga (kloaka) ochiladi. Erkak parrandalarda urug’don qorin bo’shlig’ida joylashgan bo’lib eyakulyat chiqaruv a’zosiga tashlanadi. Xo’rozlar o’rtacha eyakulyat hajmi 0,3 mm bo’lib, xo’rozdan ajratilgan tovuqlar yana 10 kun mobaynida otalangan tuxum berishlari mumkin. Parrandalarda kurk bo’lish instinkti bo’lib tuxum bosib jo’ja ochishga imkon beradi. Ushbu xususiyat madaniy zotlarda yo’qotilgani uchun yil bo’yi tuxum beradi.
Parrandalar tana tuzilishi xususiyatlari, mahsuldorlik va xo’jalik uchun foydali belgilariga qarab quyidagicha tavsiyalanadi: Tuxum yo’nalishidagi parrandalar; Tuxum –go’sht yo’nalishi parrandalar; Go’sht yo’nalishidagi parrandalar. Tuxum yo’nalishidagi parrandalar jussasi nozik, suyaklari ingichka va qattiq, muskul to’qimalari kuchli rivojlanmagan, patlari qalin va mayin bo’lib, tanasi uchburchakni eslatadi. Go’sht yo’nalishidagi parrandalar jussasi yirik, qo’pol bo’lib, suyaklari ingichka va bo’sh, muskullari kuchli rivojlangan, tana tuzilishi doira shaklini eslatadi. Tuxum go’sht yo’nalishidagi parrandalarda ikki yuqoridagi parrandalar xususiyatlari mavjud bo’lib oraliq o’rinni egallaydi, tanasi to’rtburchak shaklni eslatadi.

Download 39.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling