II. bob “ Tuxum va tvorogdan tayyorlanadigan taomlar mavzusini o’qitishda klaster metodidan foydalanish ”
2.1. Klaster metodi haqida ma’lumot
“Klaster” – inglizcha sо‘z bо‘lib, g‘uncha, bog‘lam ma’nosini anglatadi. Axborotlar klasterlarga ajratish interfaol pedagogik strategiya bо‘lib, u kо‘p variantli fikrlashni, rag‘batlantirish uchun qо‘llash mumkin. Asosan, u yangi fikrlarni uyg‘otish va muayyan mavzu bо‘yicha ancha fikr yuritishga chorlaydi. Klaster tuzish ketma – ketligi quyidagicha:
sinf yozuv taxtasi о‘rtasiga katta qog‘oz varag‘iga asosiy sо‘z yoki gapni yozing;
sizni fikringizcha bu mavzuga tegishli bо‘lgan sо‘zlar yoki gaplarni yozing (“aqliy hujum”) о‘tkazing;
tushuncha va g‘oyalar tо‘g‘risidagi о‘aro bog‘lanishni о‘rgating.
Eslagan variantlaringizning hammasini yozing.
КЛАСТЕР
1. Aqlingizga kelgan barchani yozing. G‘oya sifatini muhokama qilmang: ularni oddiy holda yozing.
2. Orfografiya va boshqa omillarga e’tibor bermang.
3. Ajratilgan vaqt tugaguncha yozuvni tо‘xtatmang. Agarda aqlingizda g‘oyalar kelishi birdan tо‘xtasa, u holda qog‘ozga rasm chizing, qachonki yangi g‘oyalar paydo bо‘lmaguncha.
4. Kо‘proq aloqa bо‘lishligiga harakat qiling. G‘oyalar soni, ular oqimi va ular о‘rtasidagi о‘zaro aloqadorlikka chegaralanmang.
Fikrlarning tarmoqlanishi – bu pedagogik strategiya bо‘lib, u о‘quvchilarni biron bir mavzunni chuqur о‘rganishlariga yordam berib, о‘quvchilarni mavzuga taalluqli tushuncha yoki aniq fikrni erkin va ochiq ravishda ketma-ketlik bilan uzviy bog‘lagan holda tarmoqlashlariga о‘rgatadi.
Bu metod biron mavzuni chuqur о‘rganishdan avval о‘quvchilarning fikrlash faoliyatini jaddalashtirish hamda kengaytirish uchun xizmat qilishi mumkin. Shuningdek, о‘tilgan mavzuni mustahkamlash, yaxshi о‘zlashtirish, umumlashtirish hamda о‘quvchilarni shu mavzu bо‘yicha tasavvurlarini chizma shaklida ifodalashga
undaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |