Tuzilmasi va tarixi


Download 0.54 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/12
Sana04.11.2021
Hajmi0.54 Mb.
#170836
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 5203937767750371918



 



 



1-MAVZU: KIRISH. EKOLOGIYA KURSI, MAQSADI, VAZIFASI, 

TUZILMASI VA TARIXI 

 

Reja: 



 

1.  Ekologiyaning maqsadi, o’rganish usullari 

2.  Ekologiya fanining vazifalari 

3.  Ekologiya fanining bo’limlari 

4.  Ekologiyaning tarixi 

 

Tayanch  so’zlar:  Ekologiya,  autekologiya,  populyatsiyalar  ekologiyasi

sinekologiya,  biosfera,  inson  ekologiyasi,  ijtimoiy  ekologiyasi,  ekologik 

muammolar, modellashtirish, biologik resurs, atrof-muhit. 

 

Ekologiya  biologiya  fanlari  qatoridagi  mustaqil  fan  hisoblanadi.  ekologiya 



tushunchasi fanga birinchi bo’lib 1866  - yilda nemis biologi E.Gekkel tomonidan 

kiritilgan. Ekologiya – yunoncha so’z bo’lib, uning ma’nosi tirik organizmlarning 

yashash sharoiti yoki tashqi muhit bilan o’zaro munosabatini bildiradi. 

Umumiy  ekologiya  to’rt  bo’limga  bo’lib  o’rganiladi:  autekologiya, 

populyatsiyalar ekologiyasi, sinekologiya va biosfera. 

1.  Autekologiya  ayrim  turlarning  ular  yashab  turgan  muhit  bilan  o’zaro 

munosabatini,  turlarning  qanday  muhitga  ko’proq  va  uzviy  moslashganligini 

o’rganadi. 

2. Populyatsiyalar ekologiyasi populyatsiyalar tuzilmasi va dinamikasi, ma’lum 

sharoitda  turli  organizmlar  sonining  o’zgarishi  (biomassa  dinamikasi)  sabablarini 

tekshiradi. 

3.  Sinekologiya  biogeotsenozning  tuzilishi  va  xossalarini,  ayrim  o’simlik  va 

hayvon turlarining o’zaro aloqasini hamda ularning tashqi muhit bilan munosabatini 

o’rganadi. 

4.  Ekotizimlarni  tadqiq  qilishning  rivojlanishi  biosfera  haqidagi  ta’limotni 

vujudga  keltiradi.  Ushbu  ta’limotning  asoschisi  V.I.Vernadskiy  hisoblanadi. 

Sayyoramizda  tarqalgan  organizmlar,  ya’ni  Yer  qobig’idagi  mavjudotlar  tizimi 

biosfera deb ataladi. 

Bugungi kunga kelib ekologiya sof biologik fanlar tizimidan chiqib, mazmuni 

kengayib bormoqda. Atrof-muhitga zamonaviy fan va texnika taraqqiyotining ta’siri 

natijasida  ekologiya  tushunchasi  o’ta  kengayib  ketdi.  Fanga  “inson  ekologiya”si 

degan  atama  ham  kirib  keldi.  Insonni  tashqi  muhitga  munosabati  boshqa  tirik 

organizmlardan tubdan farq qiladi. 

Inson ekologiyasi yangi fan sifatida 1921 yil amerikalik olimlar Borjes va Park 

tomonidan kiritildi. Dastlab inson ekologiyasi tibbiy soha bo’limi sifatida qaralib, 

keyinchalik uning ijtimoiy, texnik, me’moriy, iqtisodiy va huquqiy tomonlari ham 

o’rganildi. Inson ekologiyasi insonni atrof-muhitga va aksincha, muhitning insonga 

ta’sirini  o’rganadi.  Inson  ekologiyasini  o’rganish  natijasida  ijtimoiy  ekologiya 

vujudga keldi. Unga birinchi bo’lib Raderik Mak Kenzil ta’rif bergan. 



 

Ijtimoiy  ekologiya  ijtimoiy  fanlardan  biri  hisoblanib,  uning  predmeti  inson 



bilan uning atrof-muhit o’rtasidagi xususiy bog’lanishlarini o’rganishdan iborat. 

Shunday  qilib,  ekologiya  bugungi  kunda  tibbiy  va  ijtimoiy  fanlar  jumlasiga 

kirib,  o’rganilayotgan  ob’ekt  yoki  tizimni  atrof-muhit  bilan  munosabatini  keng 

miqyosda tadqiq etadi. Bir hujayrali sodda tuzilishdagi bakteriyalar, zamburug’lar, 

o’simlik,  hayvonlar  va  ularning  hamjamoalari,  biosfera,  shuningdek  inson  ham 

ekologiya fanining ob’ekti bo’lib xizmat qiladi.

 

Ekologiya fani tabiat bilan tirik organizmlarning uzviy bog’lanishini ifoda etar 



ekan, u shubhasiz, tabiatni muhofaza qilishning ilmiy asosini tashkil etadi. 


Download 0.54 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling