50. Qaysi tuz gidrolizga to‘liq uchraydi?
A) (NH4)2S B) Na2S C) K2S D) NH4Cl E) CH3COONa
51. Qaysi tuzlar xona temperaturasida eritilganda, gidroliz jarayoni sodir bo‘lmaydi?
A) ammoniy xlorid, natriy atsetat B) ammoniy atsetat, natriy xlorid
C) natriy xlorid, kaliy sulfat D) natriy sulfid, natriy karbonat
E) natriy sulfid, natriy gidrokarbonat
52. Gidrolizlanish reaksiyasi natijasida ishqoriy muhit hosil qila oladigan moddalar yoki ionlar qatorini aniqlang.
A) B) C)
D) E)
53. Qaysi tuz gidrolizi natijasida muhit kislotali bo‘ladi?
A) natriy karbonat B) bariy nitrat C) kaliy silikat
D) natriy xlorid E) rux xlorid
54. Qaysi tuz gidrolizlanganda asos tuz hosil bo‘ladi?
A) soda B) kumush nitrat C) alyuminiy sulfid
D) alyuminiy xlorid E) talliy(I)xlorid
55. Quyidagi qaysi tuz to‘la gidrolizga uchraydi? 1.alyuminiy sulfid; 2.ammoniy xlorid; 3.natriy sulfat; 4.ammoniy atsetat; 5.kaliy xlorid;
A) 1,2 B) 2,3 C) 1,4 D) 1,3 E) 4,5
56. Quyidagi moddalarning qaysilari gidrolizga uchraydi? 1) natriy sulfat;
2) ammoniy atsetat; 3) glitserin; 4) olein kislota glitseridi; 5) fruktoza; 6) natriy gidrid; 7) saxaroza; A) 2,4,7 B) 2,4,6,7 C) 1,3,5 D) 1,3,5,6 E) 2,3,4,7
57. Al4C3 va Mg3N2 larning gidrolizi natijasida hosil bo‘lgan gaz moddalar koeffitsientlari orasidagi nisbat qanday bo‘ladi?
A) 2:3 B) 3:2 C) 3:4 D) 4:3 E) 3:3
58. Qaysi tuzlar eritmasini bug‘latib toza tuz olib bo‘lmaydi?
1) ZnCl2; 2) CuSO4; 3) KNO3; 4) AlCl3; 5) K2SO4;
A) 1.2.5 B) 1.4 C) 1.2.4 D) 2.3 E) 1.5
Do'stlaringiz bilan baham: |