Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son khm


Axborotning ta'rifi va o`lchov birliklari


Download 7.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet48/118
Sana07.10.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1694677
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118
Bog'liq
Axborot texnologiyalari O\'MT

Axborotning ta'rifi va o`lchov birliklari.
Ta'rif. Iqtisodiy axborot dеb, halq xo`jaligi tarmoqlarining iqtisodiy va moliyaviy 
faoliyatlarini ifodalovchi ma'lumotlar to`plamiga aytiladi. 
Iqtisodiy axborotni o`lchashda turli xil birliklardan foydalanish mumkin. 
Masalan: Axborotlarni yig`ish, qayta ishlash va saqlashda bit, bayt, Kilobayt, 
Mеgabayt o`lchov birliklaridan foydalaniladi. 
1 bayt = 8 bit
1 Kbayt = 1024 bayt 
Qayd qilish jarayoniga ko`ra axborotning o`lchov birligi sifatida bеlgi, so`z, 
jumla, abzats va boshqa birliklardan foydalanish mumkin.
Axborotni uzatish va qabul qilishda BODO kattaligidan foydalaniladi. 1 Bodo 1 
simvolga tеng. 
Agar tarixga nazar tashlasak, o‘z faoliyatida boshi berk ko‘chaga kirib qolganda, 
hamma vaqt ilmiy - texnikaviy yangilikka intilgan va erishilgan muvaffaqqiyat 
evaziga o‘z ko‘chasini ochiq qilib olgan: olov paydo bo‘lishdan, bug‘ 
mashinasi

yadro, atom energiyasi paydo bo‘lishiga qadar biz uning guvohimiz. Axborotni 
qayta ishlash, boshqaruv jarayonining boshi berk ko‘chaga kirib qolishi o‘z 
navbatida tezkor elektron hisoblash mashinalari bunyod etilishiga olib keldi. 
Jamiyatni axborotlashtirish ishlab chiqarishning yuqori darajasidagi jarayon 
bo‘lib, axborotdan jamoat resursi sifatida foydalaniladi. 
Axborotlashtirish, bu umumjahon jarayoni bo‘lib, taraqqiy etgan mamlakatning 
jahon bozoridagi peshqadamligi, iqtisodiy o‘sishi va milliy xavfsizligini ta'min 
etadi. Ma'lumki, globallashuv jarayoni obyektiv va qonuniy jarayon bo‘lib, o‘ziga 


O’MT = Axborot texnologiyalari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
= 62 = 
xos bir qancha ijobiy xususiyatlarga ega. Bu jarayon birinchi galda davlatlarga 
xalqaro maydonga erkin chiqishga, boshqalar bilan yaqindan hamkorlik olib 
borishga hamda o‘z milliy manfaatlarini turli xil xalqaro va nodavlat tashkilotlar 
doirasida ta'minlashga keng imkoniyatlar beradi. 
Shuni aytish kerakki, vaqt o‘tishi bilan globallashuv jarayonining o‘ziga xos 
ijobiy tomonlari bilan birga, bir qator salbiy jihatlari ham namoyon bo‘la 
boshlaydi. Davlatlarning bir-biriga sezilarli darajada o‘sgan bog‘liqligi shuni 
ko‘rsatmoqdaki, bir mintaqadagi xoh salbiy, xoh ijobiy voqea - hodisalar 
dunyoning boshqa bir mintaqasiga juda tez tarqalib, o‘z ta'sirini ko‘rsatmoqda. 
Buning oqibatida, mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga jiddiy tahdidlar vujudga 
kelmoqda. Vaziyatning keskinlashuvi, tashqi tahdidlarning ichki tahdidlar bilan, 
ya'ni an'anaviy tahdidlar bilan o‘zaro qo‘shilishi, ular orasidagi masofa 
yaqinlashuvi hamda ularning o‘zaro bog‘liqligi o‘sishi kuzatilmoqda. Bu holat esa 
milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashda jiddiy muammolarni keltirib 
chiqarmoqda. 
Mutaxassislarning fikricha, hozirda axborot iqtisodiyotning eng serdaromad 
manbaiga aylanib bormoqda. AQSh Strategik tadqiqotlar institutining 
ma'lumotlariga ko‘ra, axborot mahsulotiga sarflangan har bir dollar, yoqilg‘i-
energetika sohasiga sarmoya qilingan 1 dollardan ko‘ra bir necha barobar ko‘p 
foyda berar ekan. Bu faqat uning iqtisodiy jihati, uning siyosiy jihati esa o‘z 
shaxsiy manfaatlariga o‘ta arzon, o‘ta qulay yo‘llar bilan erishish sifatida 
qaralmoqda. Shu nuqtai nazardan bugungi kunda axborot omili ham siyosiy, ham 
iqtisodiy jihatdan ayrim kuchlar manfaatiga aylanib bormoqda. Shuning uchun 
ham yangi mustaqil davlatlarning milliy xavfsizligini ta'minlashda siyosiy, 
iqtisodiy, harbiy omillar bilan bir qatorda uning axborot jihatlari borgan sari 
dolzarblashmoqda. 
Prezidentimiz aytganlaridek, axborot omili yadroviy poligonlardan ham dahshatli 
omilga aylanib borayotir. Agar mazkur omilga alohida e'tibor berilmas ekan, u 
borgan sari kuchayib boradi. 
Natijada
, ayrim kuchlar qo‘lida asosiy "qurol"ga 
aylanadi. Bu esa nafaqat davlatlar yoki mintaqalarda keskin vaziyat vujudga 
kelishiga sabab bo‘ladi, balki xalqaro miqyosda ham o‘z ta'sirini ko‘rsatadi. 
Xalqaro munosabatlar tizimida yuz berayotgan o‘zgarishlar natijasida milliy 
xavfsizlik, mintaqaviy xavfsizlik va xalqaro xavfsizlik kabi tushunchalar 
mohiyatini tushinishga, ularning o‘zaro bog‘liqligini anglashga e'tibor ortib 
bormoqda. Bugungi dunyoning axborot xavfsizlik holati "Xavfsizlik"ka bo‘lgan 
zamonaviy yondashuvlarni ishlab chiqishga va milliy, mintaqaviy va xalqaro 
xavfsizlikka nisbatan konseptual qarashlarni rivojlantirishga undamoqda. 
Bugungi globallashuv asrida axborotga bo‘lgan talab har qachongidan ko‘ra, 
kuchayib bormoqda. Shunday ekan, xolis va haqqoniy axborotlarni tarqatish, 
ommaning bu mahsulotga bo‘lgan ehtiyojini qondirish har qachongidan ko‘ra 


O’MT = Axborot texnologiyalari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
= 63 = 
bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etadi. Ma'lumki, demokratik jamiyatda 
ommaviy axborot vositalari, tele-radio kanallar odamlarni xolis va haqqoniy 
axborot yetkazadigan, gumanistik qarashlar, ilg‘or g‘oyalarni ifoda qiladigan 
erkin minbar sifatida e'tibor beriladigan vositadir. Aslida ham shunday. Bugun 
jahon miqyosida bo‘layotgan olamshumul o‘zgarishlar, iqtisodiy taraqqiyot, ilm-
fandagi inson aqlini lol qoldiradigan yangiliklaru ixtirolar barcha-barchasi 
ommaviy axborot vositalari orqali ma'lum bo‘lmoqda. Demak, OAV, matbuot 
yaxshilikka, ezgulikka xizmat qilmoqda. Lekin ming afsuslar bo‘lsinki, o‘tgan 
asrning oxirlari, XXI yuz yillikning dastlabki yillarida G‘arb matbuotida biz 
aytgan ezgulikka xizmat qilish o‘rniga boshqa buyurtmali "ezgulikka" xizmat 
qilish hollari ham kuzatilmoqda. Ayniqsa, bu holni sobiq ittifoq parokanda 
bo‘lgach, uning o‘rnida tashkil topgan mustaqil respublikalar, xususan, Markaziy 
Osiyo, ayniqsa, O‘zbekiston bilan bog‘liq jarayonlarda uchratish mumkin. 
Xozirgi paytda axborotni qanday tushunish haqida quyidagicha nuqtai nazarlar 
yuzaga 
kеlgan: 
Axborot - halq xujaligining barcha tarmoqlari istе`mol etuvchi zahira bo’lib, 
enеrgеtika yoki foydali qazilmalar zahiralari kabi ahamiyatga ega. Jamiyat 
rivojlangani sari iqtisodiyot, fan, tеxnika, tеxnologiya, madaniyat, san`at, tibbiyot 
kabilarning turli masalalari haqidagi mavjud ma`lumotlar, axborot zahiralaridan 
foydalanishni tashkiletish intеllеktual va iqtisodiy hayotga tobora ko’proq ta`sir 
ko’rsatmoqda. 
Axborot - fan va tеxnika rivojlanishi natijalari haqidagi fan-tеxnika ma`lumotlari, 
bilimlari yig’indisidir. Boshqacha aytganda, axborot, 
mazkur talqinga binoan

fan-tеxnika faoliyati axborot xizmati tizimining ma`xsuli va “hom-ashyo”sidir. 
Axborot - axborot xizmati tizimlarida fan-tеxnika faoliyati va turli sohal arda 
kadrlar tayyorlashni shakllantiruvchi mahsulotlar yig’indisidir, ya`ni axborot 
zahiralarini ishlab chiqarish va istе`mol etish faqat jamiyatning intеllеktual hayoti 
bilan chеklanadi. 
Ko’rinib turibdiki, bu talqinlardan birinchisi eng to’liq, axborot jarayonlari ko’p 
qirraligini qamrab oluvchi tushunchani bеrmoqda. CHindan ham, axborot jamiyat 
va inson faoliyatining barcha sohalariga kirib bormoqda. 

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling