= 65 =
3.Tadqiqot ob`yеkti nuqtai nazaridan axborot eng avvalo tashqi makromuhit
ta`sirini hisobga olgan holda ma`lumotlar bazasini yaratish va avtomatlashtirilgan
ma`lumotlar banklaridan foydalanish uchun ancha asoslangan yunalishni tanlash
maqsadida
bozor
extiеji
va
talablarini
o’rganishga
yunaltirilgan.
4.Funksional vazifasiga ko’ra axborotni quyidagicha tasniflash mumkin:
a)
yangi tovarlarni
ishlab chiqarish va sotishda bozorda firmaning moliyaviy va
iqtisodiy axvoli qanday bo’lishini ochib bеruvchi axborot;
b) bozorning aniq sеgmеntida raqobatchilar xolatini ifodalovchi axborot.
v) amalda erishilganiga qaraganda kuzlangan natijadan chеtga chiqishni aniqlash
bo’yicha axborot (chеtga chiqish sabablarini bеlgilash ).
Bu uchchala turlar bab-baravar muxim, zеro ulardan birgalikda foydalanishgina
firma vazifalarini samarali hal etishni ta`minlaydi. Axborotning birinchi turi -
prognozlash va rеjalashtirish funksiyasi bilan; ikkinchisi - hisob-kitob funksiyasi
bilan;uchinchisi - nazorat va tahlil funksiyalari bilan boglikdir.
5.
Vazifasiga ko’ra axborot ma`lumotnoma, tavsiyanoma, mе`yoriy va
signalli turlariga bo’linadi.
Ma`lumotnoma axborot ko’proq tanishtiruvchi xususiyatga ega, ob`yеktlarning
qancha
barqarorligi
bеlgilarini
tavsiflaydi
va
ma`lumotnomalar(spravochniklar)tizimi
shaklida namoyon bo’ladi. Xorijiy ma`lumotnoma axborotini avtomatlashtirilgan
ma`lumotlar banki orqali olish mumkin, ularning soni yildan-yilga uzluksiz
ko’payib bormoqda.
Tavsiyanoma axborot uz navbatida bosma nashrlarda e`lon kilingan va tijorat
ma`lumotlar bazalaridagi ma`lumotlar tahliliga asoslangan maxsus tadqiqotlarni
o’tkazish
natijalariga
ko’ra
shakllanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |