Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son khm


 Kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari


Download 7.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet67/118
Sana07.10.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1694677
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118
Bog'liq
Axborot texnologiyalari O\'MT

4. Kompyuterning asosiy va atrof qurilmalari va ularning xarakteristikalari 
Zamonaviy shaxsiy kompyuterlar quyidagi uchta asosiy qismdan tashkil topgan: 
- sistemalar bloki (system block); monitor yoki displey (monitor); klaviatura 
(keyboard). Sistemalar bloki (2.1-rasm). Bu blok quyidagi qurilmalardan tashkil 
topgan: mikroprotsessor yoki protsessor; sooprotsessor; operativ xotira; qattiq 
disk (vinchester); diskovodlar (magnit disklardan o ‘quvchi yoki ularga yozuvchi 
qurilmalar); 
kontrollyorlar; 
adapterlar; 
shinalar; 
ta’minlash 
bloki. 
Mikroprotsessor (microprocessor) - barcha arifmetik mantiqiy amallarni 
bajaruvchi hamda kompyuter boshqa qurilmalarining ishlashini nazorat qiluvchi 
va boshqaruvchi qurilma. Kompyuterning eng asosiy qurilmalaridan biri boTgani 
uchun kompyuter markasi aynan shu kompyuterga 
o‘rnatilgan mikroprotsessor markasi bilan ataladi. Mikroprotsessorlaming quvvati 
1 sekundda bajarilishi mumkin b o ‘lgan 
elementar amallar soni - “takt chastotalari” bilan oMchanadi. O ‘lchov birligi - 
megagers (MGs). Oxirgi vaqtlarda ishlab chiqarilayotgan Pentium-IV 
kompyuterlarida tezkor xotira 512 MB va undan yuqori, tatk chastotasi 2.4 yoki 
2.6 GB va undan yuqori, doimiy xotirasi 80 GB va undan yuqori. Diskovodlar 
{driver)-qattiq (vinchester) yoki yumshoq (disketa) disklardagi 
ma’lumotlami o‘qishga hamda maiumotlarni shu disklarga yozishga xizmat 
qiluvchi qurilmalar. Hozirgi vaqtda shaxsiy kompyuterlarda qoilanilayotgan 
yumshoq magnit disklar (diskette yoki floppy disk) 1.44 MB hajmga ega. 
Kontrollyorlar {controller) - kompyuterning va unga ulangan qurilmalarning 
ishlash faoliyatini nazorat qiluvchi va boshqaruvchi elektron sxema. Ular 
klaviaturani, diskovodlar hamda qo‘shimcha qurilmalarni nazorat qiluvchi va 
boshqaruvchi kontrollyorlarga boiinadi. Adapterlar {adapter) - kompyuterni 
qo‘shimcha qurilmalar bilan bog`lashga hamda ularning ishlashini bir-biriga 
moslashtirishga xizmat 


O’MT = Axborot texnologiyalari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
= 98 = 
qiluvchi aloqa qurilmasi.Adapterlar quyidagi turlarga bolinadi: 
1) Parallel portlar (parallel port) adapterlari. Bu portlarga odatda printerlar 
ulanadi. Portlarning nomlari LPT1, LPT2, LPT3 va LPT4; 
2) Asinxron ketma-ket portlar (serial port) adapterlari. Bu portlarga asosan 
“sichqoncha”, modemlar ulanadi. Portlarning nomlari COMI, COM2 va COM3. 
3) Kompyuter o ‘yinlari uchun ajratilgan port (game port) adapteri. Bu portga o 
‘yinlarni boshqaruvchi qurilma - joystik ulanadi. 
Shinalar (bus) - kontrollyorlar va adapterlarni mikroprotsessor hamda operativ 
xotira bilan bog io v ch i aloqa uzatish magistrali. Asosan IBM firmasi 
tomonidan 
ishlab chiqilgan ISA
, MCA, EISA, VESA hamda Intel firmasi tomonidan ishlab 
chiqilayotgan PCI shinalari qoilaniladi. Ta'minlash bloki (power supply unit) - o 
‘zgaruvchan elektr tokini kerakli kuchlanishdagi o ‘zgarmas tokga aylantirib, 
elektron sxemalarga uzatuvchi qurilma. Monitor (displey)lar matnli va grafik 
maiumotlami ekranda aks ettirishga xizmat qiladi. Oq-qora tasvirli(monoxrom) 
hamda rangli monitorlarga boiinadi. Ekranining standart kattaligi-diagonalining 
uzunligi 14 dyum(
≪14≫). Lekin ekranining diagonali 18 dyum (≪18≫) va 21 
dyum (
≪21≫) boigan monitorlar ham ishlab chiqilgan. 
Klaviatura. Klaviatura - ma’lumotlarni kompyuterga kiritishga xizmat qiluvchi 
qurilma b o iib , 83 tugmachali ( 83-keyboard ) va 101 tugmachali (101-keyboard) 
klaviaturalarga b o ‘linadi. 83 tugmachali klaviaturalar asosan portativ 
kompyuterlarda ishlatiladi. 
Klaviatura tugmachalari o ‘z vazifalariga k o ‘ra 6 guruhga bo‘linadi: funksional, 
raqamlar va belgilar, harflar, kursorni boshqaruvchi, tahrir qiluvchi, maxsus 
amallarni bajaruvchi. Bu guruhlardagi tugmachalarning vazifalari quyida 
keltirilgan: 
Printer (printer) - kompyuterdagi maiumotlami qog‘ozga bosib chiqarishga 
xizmat qiluvchi qurilma. Tor va keng oichamli printerlar ishlab chiqilmoqda. Tor 
oichamli printerlar maiumotlarni faqat A4 formatli (210 X 297 mm) qog‘ozga 
bosib chiqarsa, keng oichamli printerlar maiumotlarni A3 formatli ( 297 x 400 
mm) hamda A4 formatli qog‘ozlarga bosib chiqarishga moijallangan. Bulardan 
tashqari, printerlarning ayrimlari faqat matnli maiumotlarnigina bosmaga 
chiqarsa, ayrimlari grafik maiumotlarni, rasmlarni, chizmalarni har xil ranglarda 
bosmaga chiqarish imkoniyatiga ega. Tasvirlarni qog‘ozga bosib chiqarish 
usuliga ko ‘ra printerlar matritsali, sepuvchi, lazerli,nur-diodli, termoprinterlar 
kabi turlarga boiinadi. Bulardan eng ko‘p tarqalganlari matritsali, sepuvchi va 
lazerli printerlardir. 


O’MT = Axborot texnologiyalari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
= 99 = 
Skaner (scanner) - qog‘ozdagi 
matnli va grafik maiumotlami
, tasvirlarni, har xil 
rasmlarni qo‘yib kompyuterga kirituvchi qurilma. Ularning rangli va oq-qora 
(monoxrom) tasvirlarni kirituvchi, stol ustiga qo’yiladigan, qo’l bilan tasvirlar 
bo‘ylab yurgiziladigan turlari ishlab chiqilmoqda. 
Kompakt disk diskovodlari (CD - ROM)- kompakt disklarga yozilgan 
maiumotlarni o ‘qib, kompyuterga kirituvchi qurilma. Keyingi paytlarda bunday 
diskovodlarga boigan talab oshib bormoqda. Chunki, ko‘pgina amaliy dasturlar 
(OC Novell; Windows NT; Borland C ++ kompilyatori; Corel Draw grafik paketi) 
kompakt disklarga yozilgan holda sotilmoqda. 
Bunga kompakt disklarning quyidagi qulayliklari sabab boidi: 
- maiumotlar juda ishonchli holda saqlanadi; 
- bitta kompakt diskga juda katta hajmdagi (700 Mb gacha) maiumotlarni 
sig‘dirish mumkin; 
- diskovoddagi maiumotlami o ‘qib, kompyuterga kiritish tezligi ancha yuqori 
(500 Kb/sek. gacha). 
Magnitooptik diskovod - ma’lumotlarni 3,5 va 5,25 dyumlik magnitooptik 
disklaridan o ‘qib, kompyuterga kiritishga hamda kompyuterdagi maiumotlarni 
shunday disklarga yozishga xizmat qiluvchi qurilma. Magnit disklardagi 
maiumotlami o'qish va ularga yozish lazer nuri yordamida amalga oshiriladi. 
“ Sichqoncha “ (mouse) - kompyuterga har-xil maiumotlami, buyruqlarni 
kiritishni qulaylashtirish, yengillashtirishga xizmat qiluvchi qurilma. Ikki va uch 
tugmachali sichqonchalar ishlab chiqilmoqda. Agar kompyuterga “sichqoncha “ 
ulangan b oisa, monitor ekranida ko‘rsatgich (*'
≫) paydo boiadi. “ Sichqoncha” 
ni stol ustida siljitib, ko'rsatgichni ekranning istalgan joyida joylashgan buyruqqa 
olib borish va shu buyruqni ishga tushirish (chap tugmachani bosib) yoki inkor 
qilish (o‘ng tugmachani bosib) mumkin. 
Modem (modem) - telefon kanali orqali kompyuterlar o ‘rtasida maiumot 
almashishga imkon beruvchi qurilma. U ichki (sistemalar blokining ichiga 
joylashtiriluvchi) va tashqi (kompyuter bilan asinxron portlar orqali bogianuvchi) 
modemlarga boiin adi. Maiumot uzatish tezligi turiga qarab 1200, 2400, 4800, 
9600 bod (1 bod = 1 bit/sek); 
Faks - modem (fax - modem) - faks hamda modemlaming vazifalarini birgalikda 
bajaruvchi qurilma. 
Plotter (plotter) - har xil chizmalarni qog‘ozga bosib chiqaruvchi qurilma. 
Baraban tipidagi(chizmalarni o ‘ram shaklidagi qog‘ozga chiqaruvchi) va 


O’MT = Axborot texnologiyalari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
= 100 = 
planshet tipidagi (chizmalarni maxsus stol ustiga qo‘yilgan tekis qog‘ozga 
chiqaruvchi) plotterlar ishlab chiqilmoqda. Asosan loyihalash ishlarini 
avtomatlashtiruvchi sistemalarda ishlatiladi; 
Grafik planshet (graphics pad) - murakkab chizmalarni o ‘qib, kompyuterga 
kirituvchi qurilma; 
Kompyuterlar to‘ri adapteri (network adapter) - kompyuterlarni va uning 
qurilmalarini lokal kompyuter to ‘riga ulashga hamda ularning faoliyatini bir-
biriga moslashga xizmat qiluvchi qurilma; 
Audioplata (audiokard) - turli musiqalami, tovushlarni kompyuter tomonidan ijro 
etilishiga xizmat qiluvchi qurilma. Odatda ovoz kolonkalari va mikrofoni b o iad 
i; Joystik (joystick) - kompyuter o ‘yinlarini 
boshqaruvchi qurilma

Digitayzer (digitizer) - tasvir va chizmalarni raqamlar ko'rinishida ifodalab, 
so'ngra kompyuterga kirituvchi qurilma. 

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling