Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son khm


Download 7.21 Mb.
Pdf ko'rish
bet106/118
Sana07.10.2023
Hajmi7.21 Mb.
#1694677
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   118
Bog'liq
Axborot texnologiyalari O\'MT

Intranet— bu internet texnologiyasi, dastur ta'minoti va bayonnomalari asosida 
tashkil etilgan, ma'lumotlar ombori va elektron jadvallar bilan jamoa bo'lib ishlash 
imkonini beruvchi korxona yoki tashkilot miqyosidagi yangi axborot muhitini 
tashkil etuvchi kompyuter tarmog'idir. 
Intranet boshqa kompyuter tarmoqlaridan quyidagi jihati bilan farqlanadi: bir yoki 
bir nechta serverdan tashkil topgan tarmoq mijozi undagi ma'lumotlardan 
foydalanish uchun ularning qaysi serverda, qaysi katalogda, qanday nom bilan 
saqlanayotganligini, ularga kirish usul va shartlarini bilishi zarur bo'ladi. 
Internetda esa bunday noqulayliklarning oldi olingan bo'lib, uning 
foydalanuvchisi bunday ma'lumotlarni bilishi shart emas. 
Bundan tashqari

internet tarmog'ida mavjud bo'lgan barcha elektron hujjatlar va ma'lumotlar 
omborini giperbog'lanishlar yordamida o'zaro bog'lab, yagona axborot muhiti 
qurish, unda qulay axborot qidiruv tizimlarini tashkil etish mumkin bo'ladi. 
Tarmoqlarning 
texnik 
vositalari 
Kompyuter tarmoqlari (qisqacha tarmoqlar) server (yoki xizmatchi kompyuter), 
konsentrator (HUB), axborot uzatish kabellari va modemdan tashkil topadi. Har 
bir 
qurilmaning 
xususiyatini 
qisqacha 
yoritib 
o'tamiz. 
Server — tarmoq ishini ta'minlovchi maxsus kompyuter. 
Server disklarida kompyuterlarni birgalikda ishlash imkonini 


O’MT = Axborot texnologiyalari Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM
= 167 = 
beruvchi 
dasturlar, 
ma'lumotlar 
omborlari 
va 
boshqalar 
saqlanadi. 
Bundan tashqari, serverlar modemli va faksli aloqalarni, ma'lumot 
larni bosmaga chiqarish ishlarini amalga oshiradi. Serverda joylashgan 
dasturlardan foydalanish doirasi umumiy masalaning qo'yilishiga ko'ra 
cheklangan 
bo'lishi 
mumkin. 
Konsentrator (HUB)—tarmoqda kompyuterlarni o'zaro axborot almashinuvini 
ta'minlovchi maxsus qurilma. Ular 8, 12, 16 ta kompyuterni o'zaro bog'lashi 
mumkin. 
Axborotni uzatish kabellari tarmoqda axborotni bir kompyuterdan boshqasiga 
uzatish uchun xizmat qiladi (odatda, koaksial kabel ishlatiladi). 
Modem — axborotni kompyuterdan uzatish kabeliga o'tkazuvchi maxsus elektron 
qurilma. 
Modem «modulator» va «demodulator» so'zlari birikmasidan hosil bo'lgan. Bu 
qurilma yordamida axborotlar uzatuvchi kompyuterda raqamli ko'rinishdan 
analog ko'rinishiga aylantiriladi, shuningdek, qabul qiluvchi kompyuterda analog 
ko'rinishidan raqamli ko'rinishga aylantiriladi. 
Boshqacha aytganda
, modemning 
vazifasi kompyuterda «0» va «1» ko'rinishida tasvirlangan ma'lumotni ikki asosiy 
chastotali telefon signallariga va aksincha, telefon signalini «0» va «1» yordamida 
kodlangan axborot ko'rinishiga o'tkazib berishdan iborat. Modemning asosiy 
xarakteristikasi bodlarda o'lchanadigan ma'lumotlarni uzatish tezligidan iborat. 
Zamonaviy modemlarning tezligi 2400, 9600, 14400, 19200, 22880 va 33600 
boddan iborat. Elektron aloqalar uchun ushbu modemlarning ixtiyoriysidan 
foydalanish mumkin. 
Kompyuterlar tarmoqda ishlashi uchun serverga kerakli operatsion tizim 
o'rnatilishi kerak. 
Bunday 
operatsion tizimlar ikki turga bo'linadi. 
Masalan, Windows for Workdows 95, Windows — 1 Workstation operatsion 
tizimi serversiz tarmoqlarni tashkil etish imkoniga ega bo'lgan operatsion tizimlar 
hisoblanadi. Bunday tarmoqdagi kompyuterlar teng huquqli hisoblanadi. Ikkinchi 
turdagi operatsion tizimlarda tarmoqni hosil qilish uchun maxsus kompyuter — 
server ajratiladi. Ularga Novell Net Ware NT Server va boshqalarni misol qilib 
keltirish mumkin. Bunday operatsion tizim kompyuter ishini ishonchli va 
samarali 
qilib 
amalga 
oshiradi. 

Download 7.21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   102   103   104   105   106   107   108   109   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling