Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev


Illustrator 7.0, Macromedia O‘reehand 8.0 va Corel Draw 5.0


Download 4.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet62/93
Sana15.11.2023
Hajmi4.53 Mb.
#1777024
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   93
Bog'liq
Rastrli grafika asoslari O\'MT

Illustrator 7.0, Macromedia O‘reehand 8.0 va Corel Draw 5.0 larni keltirish 
mumkin. 
O‘raktal grafika. O‘raktal grafika ham hisoblanuvchi grafika bo’lib, uning 
vektor grafikadan o‘arqi shundaki, unda hech qanday ob`ektlar kompyuter 
xotirasida saqlanmaydi. Chunki tasvirlar tenglamalar yoki ularning tizimlarida 
hosil qilinadi. Shuning uchun ham xotirada tenglamalargina saqlanadi. 
Tenglamalarga oid parametrlar o’zgartirilishi natijasida turli tasvirlar hosil 
qilinadi. 
O‘raktal grafika matematik hisoblashlar asosida tasvirlarni avtomatik 
yaratish uchun qo’llaniladi. Shuning uchun ham uning asosi sio‘atida rasm, shakl, 
tasvir hosil qilishning dasturlash usuli tanlangan. 
Bu grafika, odatda, turli jarayonlarni modellashtirish, tahlil qilish, turli 
qiziqtiruvchi dasturlar yaratishda keng qo’llaniladi. 
Kompyuter grafikasining quyidagi turkumlarini ajratib ko’rsatish mumkin: 

tijoratga oid 

namoyishlarga oid 

muhandislikka oid

ilmiy 

ko’rgazmaviy


O’MT = Rastrli grafika Tuzuvchi: Maxsus fan o’qituvchisi O’lmasbek Xolmirzayev 2-son KHM = 88 = 

animatcion 
Tijoratga oid grafika elektron jadvallarda yoki berilganlar bazasidagi 
axborotlarni aks ettirish uchun xizmat qiladi. Bu axborotlar ShEHM monitor 
ekranida grafik, gistogramma, diagramma va xoxlagan boshqa ko’rinishlarda aks 
ettirilishi mumkin. Bunda grafiklar matn izohlari va ma`lum joylarda shartli 
belgili izohlar bilan ta`minlanadi. 
Tijorat grafikasiga tegishli bo’lgan amaliy dasturlar paketi tasvirni ekranda 
tezda va qulay io‘odalashga qaratilgan, chunki tijorat-chining asosiy maqsadi 
axborotlarni qayta ishlash jarayonidagi o’zgarishlarni tezda muhokama qilib
tegishli qarorlar qabul qilishdan iboratdir. Tasavvurni yanada oshirish uchun 
ushbu paketlarda tasvirni turli xildagi grafika shaklida tasvirlash imkoniyati 
kiritilgan. Bu esa o’z navbatida barcha turdagi tasvirlarni ekranda birgalikda 
ko’rib, tahlil qilish imkoniyatini oshiradi. Bu paketlarning eng ahamiyatli tomoni 
shundaki, ular tasvirlarni turli xil shaklda berishdan tashqari aks ettirilgan 
grafikalarni tahlil qilish imkoniyatini ham beradi. Shu sababli bu paketlarga turli 
xil matematik tahlil usullari, jumladan statistik tahlil, ehtimollar nazariyasi, 
iqtisodiy jarayonlar bashorati kabi usullar kiritilganki, ular berilgan axborot 
to’plamini tahlil qilish imkonini beradi. 
Namoyish qilish grafikasi - matn, sxema, eskiz kabi hujjatlarni mashinaviy 
tasvirini hosil qilib uni namoyish etishga tayyorlash uchun xizmat qiladi. Bu erda 
eng asosiy vazio‘a - yuqori sio‘atli va chiroyli ko’rinishdagi tasvirlar hosil 
qilishdan iborat. Bu turdagi grafikalarning eng ao‘zal tomoni shundaki, undagi 
tasvirlar to’plami va ko’rinishini tezda o’zgartirish mumkin. 

Download 4.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling