Tuzuvchi: Navdpi o'zbek tili va adabiyoti fakulteti 4-kurs talabasi Eshquvatova Adiba


Download 23.4 Kb.
Sana28.10.2023
Hajmi23.4 Kb.
#1728883
Bog'liq
11-sinf-ona-tili-va-adabiyoti-fanidan-testlar-6


Tuzuvchi: NavDPI O'zbek tili va adabiyoti fakulteti 4-kurs talabasi Eshquvatova Adiba
Test 11-sinf adabiyot III chorak
1. Abdurauf Fitratning she'riy to'plami nomi keltirilgan qatorni toping.
A) "Sayha" B) "Munozara"
C) "Qiyomat" D) "Hind sayyohi bayonoti"
2. Fitratning "Abulfayzxon" dramasida kim "... podshohlik qon bilan sug'oriladigan bir og'ochdir. Qon oqib turmag'an yerda bu og'ochning qurib qolishi aniqdir" deb aytadi?
A) Qozi Nizom B) Mir Vafo C) Davlat D) Ulfat
3. Cho'lponning "Kecha va kunduz" asarida kimga nisbatan "kamgap, indamas, damini ichiga solgan, ziqna" deya ta'rif berilgan?
A) Mirzakarimboy B) Eshon C) Razzoq so'fi D) Qurvonbibi
4. Cho'lponning hikoyalari berilgan qatorni toping.
A) "Qurvoni jaholat", "Qor qo'ynida lola", "Novvoy qiz", "Oydin kechalarda"
B) "Qurvoni jaholat", "Qor qo'ynida lola", "Kecha va kunduz"
C) "Yorqinoy", "Halil farang", "Oydin kechalarda"
D) "Oydin kechalarda", "Kecha va kunduz", "Yorqinoy"
5. Har bir narsa yaqindir menga,
Har bir narsa menga qadrdon.
Qarab qoldingizmi yo'limga
Issiq nonlar uzib tandirdan?
Misralar muallifini toping.
A) Erkin Vohidov B) Rauf Parfi C) Abdulla Oripov D) Usmon Nosir
6. "Erkin Vohidov badiiy adabiyot daholari ruhini shod etgan, yangi o'zbek adabiyoti darg'alari duosini olgan, o'z xalqi qalbiga chuqur kirib borgan san'atkordir. Bunday shoir hech qachon zavol ko'rmaydi". Shoir haqidagi ushbu fikr muallifi kim?
A) Abdulla Oripov B) Abdug'afur Rasulov C) Umarali Normatov D) Naim Karimov
7. Onajonim,
Menga bu kun
Sendan o'zga dilgoh yo'q.
Zindondaman,
Bilmam, nechun,
Menda zarra gunoh yo'q.
Ushbu she'riy parcha "Ruhlar isyoni" dostoning qaysi qismidan olingan?
A) Ozodlik B) Isyon qo'shig'i
C) G'alayon D) Tutqunlikda
8. ....... bu dunyoda yetmish besh yil yashadi, ammo o'ttiz ikki yoshida bu dunyoni tashladi. Nuqtalar o'rniga kerakli ismni qo'ying ("Ruhlar isyoni").
A) Hijron B) Hukm
C) Nazrul Islom D) Isyon
9. Quyoshni zambarakka, uning zarrin nurlarini o'qlarga qiyoslagan shoir kim?
A) E.Vohidov B) Rauf Parfi C) A.Oripov D) Usmon Nosir
10. Rauf Parfining birinchi kitobi?
A) "Karvon yo'li" B) "Yoz kechasi" C) "Tong otmoqda" D) "Yurak"
11. "Kecha va kunduz" romanida kim " o'z uyining qabristonlar qadar jim-jit, xonaqohlar qadar unsiz, o'z ko'ngli qadar tund va xo'mraygan bo'lishini" istaydi?
A) Razzoq so'fi B) Akbarali C) Eshon D) Miryoqub
12. "Kecha va kunduz" romaniga qo'yilgan epigraf berilgan qatorni toping.
A) Osmon yiroq - yer qattiq
B) Otning o'limi, itning bayrami
C) Kambag'alni tuyani ustida ham it qopadi
D) Hamal keldi, amal keldi
13. Bu yonidan quchar hindu,
Bir yonidan musulmon.
Ammo
Hushdan ayrilgan u,
Unga yotdur bu jahon.
Ushbu she'riy parcha "Ruhlar isyoni" dostoning qaysi qismidan olingan?
A) Tutqunlikda B) Isyon qo'shig'i
C) Ozodlik D) G'alayon
14. "Kecha va kunduz" asarida qaysi personaj xotinini "Fitna" deb ataydi?
A) Akbarali B) Miryoqub C) Razzoq so'fi D) Domla
15. Qaysi shoir o'z she'rida "Faqat yiqilmasin sho'rlik dunyomiz" deya aytib o'tadi?
A) E.Vohidov B) Rauf Parfi C) A.Oripov D) U.Nosir
16. Nazrul Islom personaji qaysi asarda uchraydi?
A) "Ruhlar isyoni" B) "Kecha va kunduz" C) "Inson" D) "Yoz kechasi"
17. E.Vohidovning "Ruhlar isyoni" asari qaysi janrda yozilgan?
A) doston B) roman C) qissa D) hikoya
18. Yoz yomg'iri iliqdir biram,
Shitir-shitir uning qo'shig'i.
Bir shirin hid taralar yerdan,
Va yurakka ketar qo'shilib.
Ushbu misralar Rauf Parfining qaysi she'ridan olingan?
A) "Tong otmoqda" B) "Yomg'ir yog'ar" C) "Yurak" D) "Yoz kechasi"
19. Rauf Parfining she'riy to'plamlarini yozing.
20. "Kecha va kunduz" asari qahramonlarini yozing.
21. "Abulfayzxon" dramasida xonning xo'jasaroyi kim?
22. Aziz dargoh ostonasida
Sizni qalbim bilan quchayin.
To'yib-to'yib sopol kosada
Muzdek quduq suvin ichayin.
Misralar muallifi kim va qaysi she'ridan olingan?
23. Rauf Parfi kimlarning qaysi asarlarini o'zbek tiliga tarjima qilgan?
24. Qaysi shoir ijodida inson erki, Vatan ozodligi, Turkiston yodi, muhabbat tuyg'usi kabi adabiy mavzular yetakchilik qiladi?
25. Abdurauf Fitratning musiqashunoslik sohasiga doir tadqiqotlarini keltiring.

III chorak adabiyot test kalitlari



1

2

3

4

5

6

7

8

9

A

D

C

A

B

B

D

C

B

10

11

12

13

14

15

16

17

18

A

A

D

C

C

B

A

A

D

19. "Karvon yo'li", "Aks-sado", "Tasvir", "Xotirot", "Ko'zlar", "Qaytish", "Sabr daraxti", "Sukunat", "Tavba", "So'ngi nido", "Sakina"


20. Zebi, Saltanat, Razzoq so'fi, Qurvonbibi, O'lmasxon, Enaxon, Sultonxon
21. Ulfat
22. Rauf Parfining "Yana qaytib keldim..." she'ridan olingan
23. Bayronning "Manfred", Nozim Hikmatning "Inson manzaralari", Karlo Kaladzening "Dengiz xayoli", A.Tvardovskiyning "Zaytun novdasi"
24. Rauf Parfi
25. "Shashmaqom", "O'zbek klassik musiqasi ham uning tarixi", "Sharq musiqasi"
Download 23.4 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling