Tuzuvchi: rajabov sodiq


Download 437.49 Kb.
Pdf ko'rish
Sana18.10.2023
Hajmi437.49 Kb.
#1707967
Bog'liq
Apelsin.!!!



Apelsin
TUZUVCHI: RAJABOV SODIQ


Apelsin haqida

Apelsin, poʻrtaxol — rutadoshlarning sitruslar turkumiga mansub doim yashil
daraxt va buta.

Vatani — Birma va Janubi-Gʻarbiy
Xitoy
. Yovvoyi holda uchramaydi.
Tropik
va
subtropik mamlakatlarda qadimdan madaniylashtirilgan (Xitoyda 2 ming
yildan beri, Janubiy Yevropada 15-asrdan, Kavkazning
Qora dengiz
buylarida
11-asrdan). Boʻyi 6 — 12 m. 

Shox va novdalarida ingichka tikanlari bor. Bargi tu-xum shaklida, hosili asosan
noyabr-dekabr oylarida yetiladi. Mevasi dumaloq yoki tuxumsimon, sargish
yoxud qizgʻish, vazni 300 — 400 g, taʼmi nordon, tarkibida 12 % qand, 1 — 2 % 
limon kislota, 0,9 % oqsil, A, V, S vitaminlar va efir moyi (poʻstida) bor. A. hoʻl
meva holida is-teʼmol qilinadi; undan sharbat, kompot, qiyom va murabbo
tayyorlanadi, poʻstidan olinadigan moy atir-upa va konditer sanoatida
qoʻllaniladi.


Apelsinning ahamiyati

Ser
suv
, xushboʻy, qimmatbaho mevalari butun dunyoga mashhur. 
Apelsin mevasi tarkibida 6-8 foiz shakar, 1,0-1,4 foiz turli kislotalar, 1,0 
foizgacha pektin moddalar. 60-100 mg % C vitamini, maʼlum
miqdorda A, V1, V2, RR vitaminlar bor. 

Poʻsti qalin va sharbati kislotali boʻlganligidan tarkibidagi vitaminlar
yaxshi saqlanadi. Apelsin juda qadimdan eng yaxshi desert 
mevalardan bid hisoblanadi. 

Apelsin mevalarining taʼm sifatlari — qand va kislotaning uygʻunligi, 
kuchli xushboʻy hidi uni faqatgina sitruslar orasida emas, balki boshqa
barcha mevalar oldida ham birinchi oʻrinlardan biriga qoʻyadi.


Ekish uchun taysiya 
etiladigan navlari:
Suxumi, 
Gamlin, 
Pervenets
va.h.k.


Hosilni yigʻib terib olish

Apelsin sifatining standartlari quyidagi qator koʻrsatkichlarga tayanadi:

Mevaning rangi,

Uning ser-suvligi,

Sharbati tarkibida eruvchan quruq moddalar va kislotalar mikdori hamda ularning
oʻzaro nisbati.

Mazkur talablarga javob bermaydigan mevalar sotish uchun yaroqsiz hisoblanadi. 
Hosilni kech yigʻib olish keyingi yilgi hosildorlikni pasaytirishni hamda meva
berishdagi davriylikni kuchaytirib yuborishi ham mumkin. Mevalar maxsus meva
qirquvchi qaychilarda aynan gulkosaga taqab kesiladi, chunki bandi bilan uzilgan
mevalar yashik yoki boshqa idishlarga joylanganda qoʻshni mevalarning poʻstini
teshib yuborishi mumkin. Uzilgan mevalar maxsus xalta va chelaklarga solinadi, 
soʻngra qadoqlash punktida ehtiyotkorlik bilan yashiklarga yoki qutilarga teriladi.


Gamlin navi

O‘rta o‘suvchi shox-shabbali yoyiq daraxt. Novdalari turli kattalikdagi tikanlarga
ega. 3-4 yilda hosilga kiradi.

Mevalari o‘rtacha va yirik bo‘lib, yumaloq-uzunchoq shaklda.

Har yili mo‘l hosil beradi, mevalari oktyabr-noyabr oylarida pishadi.

Navning o‘suv davri 220-240 kun, o‘simlik bo‘yi 2-2,5 m, hosildorligi 190 s/ga, bir
tupdagi hosil vazni 14 kg, bir dona meva vazni 100-130 g.

Navning afzalligi – tez hosilga kiradi va hosildor.

Qayerda yaratilgan: Italiya

2015-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimizning barcha hududlarida ekish uchun tavsiya qilingan.


KOROLYOK GRUSHOVIDNIY
NAVI

Tupi – past bo‘yli 2-2,5 m, keng yoyilgan, serbarg shox-shabbasi g‘uj bo‘lib o‘sadi.

Mevasi – vazni 100-120 gramm, shakli yumaloq, bir oz cho‘ziq yoki noksimon, uchi
oval. Asosi ham ovalsimon, baʼzan cho‘ziq, burmali bo‘ladi. Po‘sti o‘rtacha qalin, 
g‘adir-budir, to‘q sariq yoki qizg‘ish. Eti qizil rangda, sersuv, mayin, 8-13 pallaga
oson ajraladi. Etining taʼmi nordon-chuchuk, xushbo‘y, juda mazali.

Nav xususiyati – ekilgandan keyin uchinchi yili hosilga kiradi. Hosildorligi o‘rtacha, 
mevasi juda kech – dekabrning o‘rtasida yoki oxirida pishadi.

Qayerda yaratilgan: O‘zbekistonga Gruziyadan introduksiya qilingan.

2020-yil Davlat reyestriga kiritilgan.

Mamlakatimiz hududida Andijon, Jizzax, Qashqadaryo, Namangan, Samarqand, 
Surxondaryo, Sirdaryo, Toshkent, Farg‘ona viloyatlarida ekish uchun tavsiya
qilingan.


E’tiboringiz uchun raxmat.!

Download 437.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling