Tuzuvchilar: katta o’qituvchi Z


- MAVZU. MUSTAQILLLIK YILLARIDA O'ZBEKISTONNING


Download 0.69 Mb.
bet19/22
Sana22.03.2023
Hajmi0.69 Mb.
#1286014
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
Ozbekiston tarixi

15- MAVZU. MUSTAQILLLIK YILLARIDA O'ZBEKISTONNING
IQTISODIY TARAQQIYOTI.
MAQSAD:Iqtisodiy islohotlardan ko'zlangan maqsad nima? Shu davrgacha qancha islohotlarni ko'rdik? Natijasi-chi? Mustaqillik yillarida o'tkazilayotgan iqtisodiy islohotlar avvalgilaridan farq qiladimi? Farq qilsa farqi nimada? Hozir ham bu sohada kamchiliklar bormi?
Mana shu masalalarning mohiyatini ochib berish ma'ruzamizning vazifasi hisoblanadi.
Iqtisodiyotimiz sohasida bir qancha qonunlar qabul qilinmoqda. Tarix fanida falon qonun qachon qabul qilingan, unisi-chi, bunisi-chi? Deb savol o'tkazganimiz bilan talabalarimiz iqtisodiy islohotlar to'g'risida to'la tasavvurga ega bo'lmaydilar. Eng asosiy vazifamiz masalaning mohiyatini chuqur ochib berishdan iboratdir.


REJA :

  1. O'zbekistonda bozor munosabatlarining shakllanishi, uning yo'nalishlari, bosqichlari va xususiyatlari.

  2. Iqtisodiyotda yuz bergan o'zgarishlar, bozor infratuzulmasining shakllanishi.

  3. Qishloq xo'jaligida o'tkazilayotgan islohotlar, uning vazifalari va yo'nalishlari.

Aslida mustaqil O'zbekiston hududida, aniqrog'i ko'hna Turon zaminida bozor munosabatlari yangilik emas. Qadimdan ajdodlarimiz hunarmandlar ishlab chiqargan turfa xil mahsulotlarini, tabiiy boyliklarini xorijiy mamlakatlarga olib chiqib savdo qilganlar, mol ayirboshlaganlar. Faqatgina so'nggi mustamlaka yillarida chor Rossiyasining, sho'rolar hokimiyatining iqtisodiy islohotlar o'tkazadigan laboratoriyasiga aylanib qolgan edik xolos. Endi bunday tajriba maydoni rolini o'ynovchilikdan qutildik, o'zimizning milliy an'analarimizni tiklab yana iqtisodiyotni rivojlantirishga kirishdik. O'zbekiston tanlagan yo'l bozor iqtisodini shakllantirishdir.


Bozor munosabatlariga asoslangan demokratik jamiyat qurishning asosiy tamoyillari yurtboshimiz I.A.Karimov tomonidan ishlab chiqilib, bu tamoyillar mazmuni quyidagicha:
-iqtisod siyosatdan ustun turib mafkuraviy tayziqlarsiz, o'ziga xos ichki qonunlarga muvofiq rivojlanmog'i kerak:
-davlat bosh islohotchi o'rnida bo'lib, uning yo'nalishlarini belgilab beradi va amalga oshiradi:
-bozor munosabatlariga o'tish qonun ustivorligini talab qiladi. Butun xalq tomonidan qabul qilingan Konstitusiya va qonunlarga amal qilinishi shart:
-bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini kuchli himoya qilishning kuchli ijtimoiy siyosatini o'tkazish;
-bozor iqtisodiyotiga o'tish evolyusion yo'l bilan, bosqichma-bosqich amalga oshirilmog'i zarur.
Bozor munosabatlariga o'tishda iqtisodiy islohotlar strategiyasi ishlab chiqilib, uning tub maqsadi-markazlashtirilagan, ma'muriy buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor munosabatlariga, bir sifat holatidan ikkinchi sifat holatiga o'tishdan iboratdir.
Bozor munosabati bu jihatdan klassik kapitalistik va sosialistik iqtisodiy tizimdan farq qiladi.
Bozor islohotlarini amalga oshirish dasturiga ko'ra ustivor vazifalar bosqichma-bosqich hal qilinadi.

Download 0.69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling