Tuzuvchilar: N. Qurbonov N. Sultonova Betlar soni 10 ta Dasturlash (Java) fanidan Laboratoriya ishi №3 Mavzu: Satrlar va ular bilan ishlash Ishning maqsadi


Download 288.53 Kb.
bet1/2
Sana24.10.2020
Hajmi288.53 Kb.
#136797
  1   2
Bog'liq
Java3


Tasdiqlayman

TATU KIF IA

kafedrasi mudiri:

________t.f.d. B.B. Mo’minov

“___”_________ 2019 y.

DeadLine boshlanadi “06” may 2019 y.

Oxirgi muddat “20” may 2019 y.

Tuzuvchilar: N.Qurbonov

N.Sultonova


Betlar soni 10 ta

Dasturlash (Java) fanidan

Laboratoriya ishi № 3

Mavzu: Satrlar va ular bilan ishlash

Ishning maqsadi: Java dasturlash tilida simvolli o’zgaruvchi va satrlar bilan ishlashni, satrlar ustida bajariladigan funksiyalarni o’rganish. Satrlar bilan ishlash ko’nikmalarini oshirish.

I. Masalaning qo’yilishi. Har bir talaba guruh ro’yxatidagi tartib raqami bo’yicha quyidagi jadvallarda berilgan topshiriqlarni bajaradi. Dastur matni va dastur natijasini hisobot shaklida topshiradi.

Baholash mezoni: Laboratoriya ishi quyidagi mezonlar bo’yicha baholanadi:

  1. 1-topshiriq uchun algoritm va yo’nalishning to’g’ri tanlanganligi – 0,5 ball

  2. 1-topshiriq dasturining to’liqligi, aniqligi va mustaqil bajarilganligi uchun – 0,5 ball

  3. 2- topshiriq uchun algoritm va yo’nalishning to’g’ri tanlanganligi – 0,5 ball

  4. 2-topshiriq dasturining to’liqligi, aniqligi va mustaqil bajarilganligi uchun – 0,5 ball

  5. 3-topshiriq uchun algoritm va yo’nalishning to’g’ri tanlanganligi – 0,5 ball

  6. 3-topshiriq dasturining to’liqligi, aniqligi va mustaqil bajarilganligi uchun – 0,5 ball

  7. Mavzuga oid operatorlar, funksiyalar va tegishli kutubxonalardan o’rinli foydalanganligi uchun – 0,5 ball

  8. Ijodiy yondashuvi uchun – 0,5 ball

  9. Suhbatda 1-topshiriq yuzasidan berilgan savolga to’g’ri javob berganligi uchun– 0,25 ball

  10. Suhbatda 2-topshiriq yuzasidan berilgan savolga to’g’ri javob berganligi uchun– 0,25 ball

  11. Suhbatda 3-topshiriq yuzasidan berilgan savolga to’g’ri javob berganligi uchun– 0,25 ball

  12. Suhbatda qo’shimcha berilgan savolga to’g’ri javob berganligi uchun– 0,25 ball

Umumiy ball – 5 ball

Topshiriqlar.

1-topshiriq uchun variantlar:

1. Berilgan matnda nechta so’z va gap qatnashayotganligini aniqlovchi dastur tuzing.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.

so'zlar: 6 ta

gaplar: 1 ta



Toshkent – O’zbekistonning poytaxti. U go’zal shahar.

so’zlar: 6 ta

gaplar: 2 ta





2.Matnda nechta ’a’ va ’.’ qatnashayotganligini aniqlovchi dastur tuzing.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.

‘a’- 5 ta

‘.’-1 ta


Toshkent – O’zbekistonning poytaxti. U go’zal shahar.

‘a’- 4 ta

‘.’-2 ta




3. Berilgan matndagi simvollar soni n tadan kam bo’lgan so’zlarni o’chiruvchi dastur tuzing.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

n=5

Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.



Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.

n=9

Toshkent – O’zbekistonning poytaxti. U go’zal shahar.



– O’zbekistonning



4. Matnli satr katta harflar bilan berilgan. Berilgan qism satr matnda necha marta qatnashayotganligini aniqlovchi dastur tuzing.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

Matn:

MEN TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETIDA O’QIYMAN. U TOSHKENT SHAHRIDA JOYLASHGAN. TOSHKENT – O’ZBEKISTONNING POYTAXTI.

Qism satr:

TOSHKENT


3

Matn:

BIZ DASTURLASH TILLARINI O’RGANYAPMIZ. BU FAN JUDA QIZIQARLI. TALABALAR JUDA AHIL.

Qism satr:

LA


4



5. Matnda bir nechta so’zlardan iborat gaplar berilgan. Undagi eng uzun so’zning ’a’ harflarini ’b’ bilan almashtiruvchi dastur tuzing.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.

Men Toshkent axborot texnologiyblbri universitetida o’qiyman.



6. Bir nechta so’zlardan iborat matn berilagan. Undagi eng uzun va eng qisqa so’zlar sonini chiqaruvchi dastur tuzing.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.

eng uzn so’z: 1 ta

eng qisqa so’z:1 ta



Salom men talabaman. Men baholarga o’qiyman. Men dasturchi bo’lmoqchiman.

eng uzun so’z: 1 ta

eng qisqa so’z: 3 ta





7. Berilgan matndagi har bir so’z orasida bittadan probel turishi kerak. Ortiqcha probellerni olib tashlovchi dastur tuzing.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

MenToshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.

Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.



8. Berilgan matndagi so’zlarning o’zidan keyingi so’z bilan o’rnini almashtiruvchi dastur tuzing. Matnda qatnashayotgan tinish belgilari va boshqa belgilar o’zgarmasligi kerak. Har bir gap uchun alohida o’rin almashtirilsin, agar gapdagi so’zlar soni toq bo’lsa, oxirgi so’z keyingi gapga ta’sir qilmaslig ya’ni o’zgarmasligi kerak.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.

Toshkent Men texnologiyalariaxborot o’qiyman universitetida.

Toshkent – O’zbekistonning poytaxti. U go’zal shahar.

O’zbekistonning – Toshkent poytaxti. go’zal U shahar.



9. Berilgan matndagi gaplarning o’zidan keyingi gaplar bilan o’rnini almashtiruvchi dastur tuzing.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olaman. Barcha fanlardan a’lo baholarga o’qiyman.

Barcha fanlardan a’lo baholarga o’qiyman. Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tahsil olaman.

Toshkent – O’zbekistonning poytaxti. U go’zal shahar. Toshkentda baland binolar qad ko’tarmoqda.

U go’zal shahar. Toshkent – O’zbekistonning poytaxti. Toshkentda baland binolar qad ko’tarmoqda.



10. Matndagi eng ko’p qatnashgan harfni topuvchi dastur tuzing. Kichik va katta harflar alohida deb hisoblansin. Sonini va harflarni matnda berilgan tartib bo’yicha chiqaring.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.

'o' harfi 6 marta

Toshkent – O’zbekistonning poytaxti.

'n' harfi 4 marta

't' harfi 4 marta





11. Matndagi eng kam qatnashgan harfni topuvchi dastur tuzing. Kichik va katta harflar alohida deb hisoblansin. Sonini va harflarni matnda berilgan tartib bo’yicha chiqaring.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.

1marta: M T h k b x g u v d q m



12. Berilgan so’zni palindromlikka tekshiruvchi dastur tuzing. Boshidan va teskarisiga o’qilganda bir xil bo’lsa, palindrom deyiladi.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

kiyik

palindrom

aziz

palindrom emas

aziza

palindrom



13. Berilgan so’zga nechta harf qo’shilsa, palindrom bo’lishini aniqlang. Shu sonni chiqaruvchi dastur tuzing.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

aziz

1

olim

3

kiyik

0



14. Berilgan so’zni palindrom so’zga aylantiruvchi dastur tuzing. Kichik va katta harflar farq qiladi.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

Aziz

AzizA

KiyiK

KiyiK

Olim

OlimilO



15. Berilgan matndagi so’zlarni ulardagi simvollar soni bo’yicha kamayish va o’sish tartibida chiqaruvchi dastur tuzing.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman

Kamayish tartibida:

texnologiyalari universitetida Toshkent o’qiyman axborot Men

O’sish tartibida:

Men axborot o’qiyman Toshkent universitetida texnologiyalari





16. Berilgan so’zning simvollar soni beshtadan oshsa oxirgi uchta simvoli o’rniga '$' belgisini joylashtiruvchi, aks holda o’zgartirishsiz qoldiruvchi dastur tuzing.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

men

men

dastur

das$

axborot

axbo$



17. Berilgan matndagi so’zlarning boshi va oxiridagi simvollari bir xil (Kichik va katta harflar farq qilmaydi) bo’lganlarini o’chiruvchi dastur tuzing. Agarda bunday so’z mavjud bo’lmasa, ”NO” chiqaring.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.

Men axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.

Men dasturlashni o’rganyapman.

NO



18. Berilgan so’zdagi katta va kichik harflar nisbatini topuvchi dastur tuzing. Avval katta harflarni keyin kichik harflarni foizini nuqtadan keyin ikkita aniqlikda chiqaring.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

Toshkent

12.50 87.50

KUTUBXONA

100.00 0.00



19. Berilgan matndagi so’zlarning o’rtacha uzunligini aniqlovchi dastur tuzing.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.

9.17

Toshkent O’zbekistonning poytaxti.

10.33



20. Berilgan matndagi bir necha marta takrorlanuvchi so’zlarni birinchi kelganini qoldirib, qolganlarni olib tashlovchi dastur tuzing.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti Toshkent shahrida joylashgan.

Toshkent axborot texnologiyalari universiteti shahrida joylashgan.



21. Berilgan matnda nechta unli harf qatnashayotganligini aniqlovchi dastur tuzing. Sonini va harflarni matnda berilgan tartib bo’yicha chiqaring.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

Men Toshkent axborot texnologiyalari universitetida o’qiyman.

e 5 ta

o 6 ta


a 5 ta

i 6 ta



22. Berilgan matnda barcha so’zlar kichik harflarda berilgan. So’zlarni ajratib, har birini alohida qatorga alifbo tartibida yozuvchi dastur tuzing.


Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

men dasturlash fanidan a’lo baholarga o’qiyman.

a'lo

baholarga

dasturlash

fanidan


men

o’qiyman




2-topshiriq uchun variantlar



Masalaning sharti

1

O’nta belgidan iborat satr berilgan. Unda ‘a’ belgisi necha marta uchrashini aniqlang.

2

20 ta belgidan iborat satr berilgan. Berilgan satrda raqamlar miqdorini aniqlang.

3

Ixtiyoriy so’z berilgan. Uni palindromlikka tekshiring

4

Berilgan satrdagi barcha ‘*’ belgilarni o’chiring

5

Berilgan satrdagi barcha so’zlarni alohida qatorga chiqaring

6

Lotin harflari va raqamlardan tashkil topgan satr berilgan. Undagi raqamlar yig’indisini aniqlaydigan dastur tuzing

7

Ingliz matnidan iborat satr berilgan. ‘B’ va ‘b’ harfi bilan boshlanuvchi so’z miqdorini aniqlang.

8

Berilgan matndan eng qisqa so’zni toping.

9

Berilgan matndan eng uzun so’zni toping.

10

Matn berilgan. Uning oxirgi so’zidagi ‘k’ harfi miqdorini aniqlang.

11

Orasida bitta ochilgan qavs va bitta yopilgan qavs mavjud bo’lgan satr berilgan. Bu qavslar orasidagi belgilar miqdorini aniqlang.

12

Satr berilgan. Tarkibida kamida bitta ‘k’ belgisi bo’lgan so’zlarni ekranga chiqaring.

13

Satr berilgan. Boshlanishi va tugashi bir xil harfdan iborat so’zni ekranga chiqaring.

14

Satrdagi barcha ikki nuqtalarni nuqtali vergul bilan almashtiring. Almashtirishlar miqdorini aniqlang.

15

Berilgan so’z satrda necha marta uchrashini aniqlang.

16

Qavsga olingan belgili satr qismini o’chiring. (Qavslar bilan birgalikda)

17

Satrda bitta nuqtali vergul mavjud. Nuqtali vergulgacha va undan keyingi belgilar miqdorini aniqlang.

18

Belgilar to’plamidan iborat satr berilgan. Faqat lotin harflar miqdorini aniqlang. Va lotin harflarni ekranga chiqaring.

19

Satr berilgan. Unda ‘r’, ‘k’, ‘t’ harflari qanchaligini aniqlang.

20

Berilgan matndagi barcha probellerni “_” belgisi bilan almashtiruvchi dastur tuzing.

21

Berilgan matndagi barcha raqamlarni harflar bilan yozilgan ko’rinishiga o’tkazuvchi dastur tuzing. (Masalan, 1-“bir” ga o’zgarsin)

22

Berilgan so’zdagi harflarni alifbo tartibida saralovchi dastur tuzing.

3-topshiriq uchun variantlar



Masala sharti

1

N1, N2 natural sonlari va s1, s2 satr berilgan. S1 satrning dastlabki N1 ta belgisidan va s2 satrning oxirgi N2 ta belgisidan iborat yangi satr hosil qiling.

2

C belgisi va S1 va S2 satri berilgan. S1 satrida uchragan har bir C belgisidan oldin S2 satrini qo’shuvchi dastur tuzing.

3

S1 va S2 satrlari berilgan. Agar S1 satri S2 satrida bor bo’lsa true, aks holda false chiqaruvchi dastur tuzing.

4

Satr berilgan har bir so’zni alifbo tartibida ekranga chop qiling.

5

Satr berilgan. Satr so’zlarida idintifikator bor yoki yo’qlini aniqlang.

6

Satr berilgan. Satrdagi so’zlarda palindrom so’z bor yoki yo’qligini aniqlang.

7

Satr berilgan. Satrdagi har bir so’zning bosh harfini oxiriga o’tkazilsin.

8

Satr berilgan. Satrdagi har bir so’zning oxirgi harfini boshiga o’tkazilsin.

9

Satr berilgan. Satrda faqat bir marta uchragan so’zlarni ekranga chiqaring.

10

Berilgan satrning birinchi so’zidagi birinchi harfi boshqa so’zlarda bosh harfda bo’lgan so’zlarni ekranga chiqaring.

11

Berilgan satrdagi birinchi va ikkinchi probelgacha belgilarni alifbo tartibida ekranga chop qiling. Agar satr faqat bitta probeldan iborat bo’lsa bo’sh satr ekranga hosil qilinsin.

12

Satr berilgan. Satrdagi so’zlar miqdori toq bo’lsa o’rtadagi so’zni ekranga chiqarilsin. Aks holda o’rtadagi ikkita so’zni chiqaring.

13

Satr berilgan. Satrdagi so’zlardagi belgilar soni toq bo’lsa shu so’zdagi o’rtadagi belgi o’chirilsin, aks holda o’zgarishsiz qoldirilsin.

14

Lotin yozuvidagi satr berilgan. Lotin yozuvidagi belgilarni boshqa belgilar bilan shifrlang.

15

Satr berilgan. Unda eng ko’p uchragan belgini ekranga chiqaring.

16

Berilgan satrdagi har bir belgi necha marta uchrashini aniqlaydigan dastur tuzing.

17

Satr berilgan. Satrdagi so’zlarni alifboning teskari tartibida hosil qiling.

18

S1 va S2 satr berilgan. S3 satr S1 va S2 satrlardagi bir - birida mavjud bo’lgan belgilardan tashkil topsin va S3 alvavit ko’rinishda hosil qilinsin.

19

Satr berilgan. Satrdagi berilgan so’zni o’chirilsin.

20

Berilgan matndagi barcha so’zlarni ikki guruhga ajrating. Birinchi guruhga unli harflardan boshlanuvchi, ikkinchi guruhga undosh harfdan boshlanuvchi so’zlarni ajratib, ularni alifbo tartibida chiqaring.

21

Berilgan matndagi so’zlarning simvollari soni toq bo’lganlarining harflarini teskari tartibda chiqaruvchi dastur tuzing.(Masalan, “Men dasturlash fanini o’qiyman. – neM dasturlash fanini o’qiyman.)

22

Berilgan satrdagi so’zlardan berilgan harfdan boshlanuvchi so’zlarni ekranga chiqaring.


Hisobot mazmuni
1. Titul varaqasi: Fan nomi, ish mavzusi, talaba ismi sharifi, bajarish vaqti

2. Masalaning qo’yilishi

3. Ishdan maqsad

4. Berilgan masala uchun algoritm ta’rifi

5. Asosiy dastur matni

6. Dastur natijasi


Uslubiy ko’rsatmalar

1-topshiriqdagi masalaning qo’yilishi.

Berilgan matnda barcha so’zlar kichik harflarda berilgan. So’zlarni ajratib, har birini alohida qatorga alifbo tartibida yozuvchi dastur tuzing.




Kiruvchi ma’lumotlar

Chiquvchi ma’lumotlar

men dasturlash fanidan a’lo baholarga o’qiyman.

a'lo

baholarga

dasturlash

fanidan


men

o’qiyman




Dastur matni:




Dastur natijasi:


import java.util.Arrays;
import java.util.Scanner;
public class Main {

public static void main(String[] args) {
Scanner kir=new Scanner(System.in);
System.out.println("Matnni kiriting:");
String matn;
matn=kir.nextLine();
String []suzlar=matn.split(" ");
Arrays.sort(suzlar);
for(String suz:suzlar) {
System.out.println(suz);

}
}
}











2-topshiriqdagi masalaning qo’yilishi. Berilgan so’zdagi harflarni alifbo tartibida saralovchi dastur tuzing.

Dastur matni:

import java.lang.String;
import java.util.Arrays;
import java.util.Scanner;

public class Main {
public static void main(String[] args) {
Scanner kir=new Scanner(System.in);
System.out.println("So'zni kiriting:");
String suz;
suz=kir.nextLine();
char []harflar=suz.toCharArray();
Arrays.sort(harflar);
String saralangan=new String(harflar);
System.out.println(saralangan);

}
}
Dastur natijasi:





Download 288.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling