Xulosa
O‘tkazilgan taxlil va xisoblashlar natijasida raqamli boshqarish tizimining
optimal parametrlari topildi va ular asosida ikki o‘lchovli rostlash tizimining o‘tish
tasniflari olindi. Xisoblashlar MATLAB dasturiy paketi asosida amalga oshirildi.
Buning asosiy sababi ushbu dasturiy paket o‘tish jarayonlarini real vaqt masshtabida
amalga oshirish imkonini berdi.
Sintez qilingan boshqaruv tizimlari MATLAB dasturiy paketining tadqiqotlarni
va xisoblashlarni osonlashtiruvchi, yaqqollashtiruvchi hamda soda ko‘rinishlarga ega
bo‘lgan bloklari asosida ifodalandi. MATLAB dasturiy kompleksining SIMULINK
paketi asosiy vazifasi dinamik tizimlarni yani vaqt bo‘yicha o‘zgaradigan tizimlarni
modellashtirish imkonini berdi.
SIMULINK paketini raqamli boshqaruv elementlari bilan obyektlarni va
jarayonlarni modellashtirish uchun ushbu bitiruv malakaviy ishda tegishli xolda
organib chiqildi, jumladan sxemalarni, signallarni uzatuvchi va qabul qiluvchi
tizimlarni, mehanizmlarni modellashtirishda qo‘llash hisoblash aniqligini oshiradi va
tadqiqotlarni real vaqt masshtabida olib borish imkonini berdi va yuqori hisoblash
aniqligini taminladi.
Bitiruv malakaviy ishini bajarish jarayonida hayot faoliyati xavfsizligi bandining
shovqin va yong‘in xavfsizligi bandlari ham korib chiqildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |