U fors tojik tilida ham go’zal she’rlar bitgan zullisonayn [ikki tilli] ijodkor edi


Download 13.98 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi13.98 Kb.
#237116
Bog'liq
Lutfiy


LUTFIY (1366-1465]

Lutfiy –o’zbek adabiyotining XV asr ikkinchi yarmigacha bo’lgan davrning eng mashhur lirik shoir.Zamonasining ahli adibi uni ‘’maliik ul-kalom’’ ya’’ni ‘’so’z podshosi’’ deb e’zozlagan. Manbalarda taxallusi oldidan ‘’ulug’ ustod’ ma’nosidagi ‘’Mavlono’’ sifatining qo’shib tilga olinishi ham shundan.

Lutfiy milodiy 1366-yilda tug’ilib,1465-yil vafot etgan.Bu ustoz shoir dunyodan o’tganda Alisher Navoiy 24-yoshda edi .lutfiy Navoiygacha bo’lgan davrning eng oldi o’zbek shoiri edi.

U fors-.tojik tilida ham go’zal she’rlar bitgan ZULLISONAYN [ikki tilli] ijodkor edi.

Bizgacha Lutfiy turkiy [o’zbekcha] devoning XVI – XX asrlar mobaynida ko’chirilgan jami 33 nusxasi yetib kelgan.bu qo’lyozmalar xazinalarda saqlanadi.

Olimlar hisob-kitobiga ko’ra,shoir merosining umumiy miqdori -3ming baytga yaqin.Buning 75 foizini g’azal janri namunalarini tashkil etadi.Shoir,g’azaldan tashqari,qit’a,ruboiy,tuyuq va fard janrlarida ham ijod qilgan.

Bobur nomli xalqaro jamoat fondi tashabbusi blan 2006-yili Hirot yaqinida joylashgan Dehikanor [hozirgi Nangobod] qishlog’idagi Lutfiy qabri aniqlashtirilib,u yerda o’zbek milliy uslubida ayvonli yangi maqbara bunyod etildi.

Shoirning,xususan,g’azal va tuyuqlari XV asr o’zbek lirikasining go’zal namunalari hisoblanadi . Hozirgi paytda ham shoirning ko’plab g’azallari qo’shiq qilib kuylanadi.



Shoirning ‘’Xoh inon,xoh inonma’’ radifli g’azali tamoman turkona ruhda bitilgan.G’azalda ishq mavzusi qalamga olingan .Lirik qahramon oshiq nomidan so’zlaydi.To’g’ridan to’g’ri ma’shuqaga murojat qiladi.Biroq bu yerda zimdan ilohiy ishq ko’zda tutilganini ham unutmaslik kerak.

Yana shoirning ‘’Qiladurg’on bu ko’ngildir ,bu ko’ngul’’ radifli g’azali ,g’azal ishq mavzusida bitilgan.Bu g’azal hozirgacha xonandalarimiz tomonidan sevib kuylanadi.Oradan to’rt yuz o’tib, XIX asrning birinchi yarmida Nodira Lutfiyning shu g’azaliga o’xshatma yozdi.
Download 13.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling