U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi
MOLIYAVIY KOEFFITSIENTLAR VA RENTABELLIK
Download 1.35 Mb.
|
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org
19.6. MOLIYAVIY KOEFFITSIENTLAR VA RENTABELLIK
KO‘RSATKICHLARINI ANIQLASH Har bir xo‘jalik yurituvchi subyekt o‘z harakat doirasida va uning ta’sirida rivojlanishi, qayta tashkil etilishi yoki bankrot bo‘lishi mumkin. Hozirgi kunda tashkil etilgan korxona yoki firma qatorida o‘z faoliyatini to‘xtatayotganlari ham uchrab turibdi. Bunga asosiy sabab raqobatdir. Raqobat – o‘zgaruvchanlikni, harakatchanlikni va yangilikni talab qiladi. Raqobatga bardosh berolmagan korxonalar o‘rnini boshqa shunday korxonalar band qilishadi. 1999-yil 26-iyulda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahka- masining 362-sonli qaroriga muvofiq «Korxonalarning iqtisodiy nochorligi belgilarini aniqlovchi mezonlar tizimi» qaytadan ishlab chiqildi. Korxonalarni bankrot deb e’lon qilish va ularni tugatish shartlari vakolatiga O‘zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo‘mitasi qoshidagi «Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari bo‘limi» egadir. Bu bo‘lim tomonidan korxonani iqtisodiy nochor yoki bankrot deb e’lon qilishning tartiblari ishlab chiqilgan. Unga ko‘ra, iqtisodiy nochor belgilarini aniqlash (tashxis qo‘yish)ning asosiy mezonlari sifatida quyidagi ko‘rsatkichlar tizimi belgilangan: – korxonaning to‘lovga layoqati va qoplash koeffitsientini o‘rganish; – korxonaning moliyaviy mustaqillik darajasini baholash; – uzoq muddatli aktivlar va joriy aktivlarni, moddiy aylanma mab- lag‘larni manbalashning holati; – o‘z va qarz mablag‘lari orasidagi o‘zaro nisbat darajalari; – ishlab chiqarish quvvatlaridan haqiqiy foydalanish darajasi; – asosiy va nomoddiy aktivlarning holat ko‘rsatkichlari; – muddati o‘tgan qarz majburiyatlarining holati. 190
sodiy nochorligini oydinlashtiruvchi savollarga javob beriladi, iqtisodiy nochorlik belgilarining bor yoki yo‘qligi aniqlanib, zarur bo‘lsa, bank- rotlik qarori qabul qilinadi. Iqtisodiy nochorlikni belgilashda foyda- laniladigan har bir koeffitsientning me’yorlashtirilgan chegaraviyligi belgilangan ushbu chegaraviylikdan o‘zgarishlar asosida korxona moliyaviy holatiga iqtisodiy tashxis qo‘yiladi. Bugungi kunda foyda ishlab chiqarish samaradorligini ifodalovchi korxona faoliyatiga beriladigan baho mezonidir. Ammo korxona faoli- yatiga baho berishda foyda ko‘rsatkichidan tashqari rentabellik ko‘rsatkichidan ham keng foydalaniladi. Rentabellik daromadlilik, foydalilik degan ma’noni anglatadi. Ren- tabellik ko‘rsatkichi foizlarda aniqlanadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida rentabellikning ko‘pgina turlari mavjud bo‘lib, quyida ularning eng asosiylariga e’tibor qaratiladi: 1. Mol-mulk rentabelligi: Download 1.35 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling