U. I. Inoyatov, S. D. Yusupova, F. R. Salimbekova buxgalteriya hisobi


MOL YETKAZIB BERUVCHILAR VA PUDRATCHILAR


Download 1.35 Mb.
bet22/211
Sana25.10.2023
Hajmi1.35 Mb.
#1719474
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   211
Bog'liq
Buxgalteriya hisobi-fayllar.org

2.5. MOL YETKAZIB BERUVCHILAR VA PUDRATCHILAR
BILAN HISOB-KITOBLARNI YURITISH
Korxonaning o‘z moliyaviy-xo‘jalik faoliyatida yetkazib berilgan
boyliklar, bajarilgan ishlar, olingan xizmatlar uchun boshqa korxonalar
bilan o‘zaro pulli hisob-kitob munosabatlariga kirishadi. Hisob-kitoblar
mahsulot yetkazib berish, ishlar bajarish, xizmat ko‘rsatish shartnomalari
bo‘yicha bajarilgan majburiyatlar uchun keyin haq to‘lash yoki oldindan
to‘lash tarzida amalga oshiriladi.
Õalq xo‘jaligidagi hisob-kitoblar
t/r
Muomalalar mazmuni

33
shakllari va tartibi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan


belgilanadi. Uning belgilashicha, mulkning barcha shaklidagi korxo-
nalarning o‘z majburiyatlari bo‘yicha boshqa korxonalar bilan hisob-
kitoblari, shuningdek, tovar-moddiy boyliklar uchun jismoniy va yuridik
shaxslar o‘rtasidagi hisob-kitoblar, odatda, bank muassasalari orqali naqd
pulsiz tartibida amalga oshirilishi lozim.
Mol yetkazib beruvchi va pudratchilar bilan bo‘ladigan hisob-
kitoblarni hisobga olishda 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga
to‘lanadigan schyotlar» dan foydalaniladi.
6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan
schyotlar» passiv bo‘lib, uning kredit tomonida hisobot davri oxirida
qolgan saldo korxonaning mol yetkazib beruvchi va pudratchilardan
bo‘lgan qarzini ko‘rsatadi. Kredit oboroti ushbu qarzning ko‘payishini,
debet aylanmasi esa uning uzilishini anglatadi.
Mol yetkazib beruvchilardan ishlab chiqarish zaxiralari sotib
olinganida quyidagicha provodka beriladi:
D-t 1010-1090, 1510.
K-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan
schyotlar».
Mol yetkazib beruvchining qarzi hisob-kitob schyotidan to‘langanida
quyidagicha provodka beriladi:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan
schyotlar».
K-t 5110-«Hisob-kitob schoti».
Ba’zi hollarda mol yetkazib beruvchining qarzi bank krediti
hisobidan ham to‘lanishi mumkin:
D-t 6010-«Mol yetkazib beruvchi va pudratchilarga to‘lanadigan
schyotlar».
K-t 6810, 7810.

Download 1.35 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   211




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling