40
mexanizmlar sotib olinadi, iste’molchilarning mablag‘lari yetarli
bo‘lmaganida to‘lovni kechiktirib, tovarlar sotib
olishlari va boshqa har
xil to‘lovlarni amalga oshirish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Korxona kredit olish uchun bankka quyidagi hujjatlarni taqdim etadi:
–
Kredit ajratish to‘g‘risidagi ariza. Unda qarz oluvchining nomi,
yuridik maqomi, joylashgan manzili, unga
kredit hisob-kitob xizmati
ko‘rsatuvchi bank muassasasi, kredit so‘rab, bankka murojaat qilishning
sabablari, kreditdan qanday maqsadlarda foydalanish mo‘ljallanayotgani,
so‘ralayotgan kredit summasi va uni qaytarish muddati ko‘rsatiladi.
– Kredit buyurtmanomasi. Unda korxonaning
faoliyat turlari va
ular ishlab chiqarayotgan mahsulotlar, mavjud xususiy mablag‘lar,
kreditni qaytarish kafolati, ishlab-chiqarish va moliyaviy ko‘rsatkichlar,
jumladan, debitorlik-kreditorlik qarzlari miqdori batafsil bayon qilinadi.
–
Texnik-iqtisodiy asoslash (biznes-reja).
Unda olgan kredit
hisobidan amalga oshirish mo‘ljallanayotgan sarf-xarajatlar ro‘yxati,
zarurat tug‘ilganida esa, mahsulot shaklida ifoda qilinadigan taxminiy
mahsulot ishlab chiqarish (ishlar bajarish, xizmatlar ko‘rsatish hajmi,
bir
dona mahsulot bahosi, ko‘rsatilgan xizmat haqi), rejalashtirilayotgan
mahsulot sotish bozori,
ishlab chiqarish quvvati, asbob-uskunalar, xom-
ashyo va materiallarning mavjudligi ko‘rsatiladi. Shuningdek,
korxona
tomonidan oxirgi hisobot sanasigacha bo‘lgan balans, zarurat tug‘ilganida
esa boshqa sanalarga oid bo‘lgan va soliq inspeksiyasi tomonidan
tasdiqlangan balanslar ham taqdim etiladi. Oxirgi hisobot sanasiga
tuzilgan balansda debitorlik-kreditorlik qarzlar
batafsil bayon qilinishi
hamda to‘lov muddatidan 90 va undan ortiq kun o‘tgan qarzlarni
qiyoslash dalolatnomalari ilova qilingan bo‘lishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: