Rossiya to‘qimachilik sanoati uchun keltirilayotgan Amerika paxtasi uchun yiliga 30-40 million rubl to‘lab kelardi. Shu boisdan, Turkistonni paxta xomashyosi yetishtiradigan bazaga aylantirish Rossiya agrar siyosatining bosh maqsadi deb belgilandi.
o‘lkaning barcha hosildor yerlari Rossiyaning daromad manbaiga aylantirildi. XIX asr oxirida yer solig‘i 4 million rublni tashkil etgan bo‘lsa, 1916- yilda 38 million rubldan oshib ketdi.
Turkistonni Rossiya bilan bog‘lash uchun qurilgan temir yo‘l tizimi avvalo harbiy maqsadlarda qurilgan bo‘lsa-da, uning qurilishi ma’lum darajada o‘lka boyliklarini tashib ketishda ham foydalanildi
Turkiston Rossiya tovarlari sotiladigan bozorga aylantirildi.
Rossiya imperiyasi oʻlkani Turkiston general-gubernatorligi, Buxoro amirligi va Xiva xonligidan iborat uch qismga boʻlib, tub aholi birligi va siyosiy qudratini sindirish yolida barcha vositalardan foydalandi. Mustamlakachilar Turkiston xalqlari turmushida nimaiki ularning istiqboliga toʻgʻanoq boʻlsa, ularni ozodlik uchun kurashdan chalgʻitsa, hammasini qoʻllab-quvvatlagan holda, istiqlolga xizmat qiluvchi barcha intilishlarning payini qirqdilar
Rossiya imperiyasining 1886- yilgi “Nizom”i oʻlkaga rus aholisini koʻchirib keltirish yoʻli bilan oʻlkani ruslashtirish harakatini qonunan mustahkamlab, unga siyosiy tus berdi. Koʻchib keluvchi har bir oilaga 10 tanobdan ham boʻlmagan yer ajratish belgilandi. 15 yil davomida (1875-1890) Turkistonga 1300 oila kochib kelib joylashdi.
|
Turkistonda yangi ekinlar paydo bo‘lib, Rossiya iqtisodiyotiga foyda keltiradigan mahsulotlar yetishtirish oshirildi. Qishloq xo‘jaligida pilla yetishtirish ko'paytirildi, o‘lkada qand lavlagi, kartoshka, karam ekinlarini ekish o'zlashtirildi. Vinochilik, asalarichilik paydo bo'ldi
1880-1889- yillar oralig‘ida Krasnovodsk, Ashxabod, Marv, Chorjo‘y, Kushka, Buxoro, Samarqand, Toshkent, Qo‘qon, Andijon shaharlarini bog‘lovchi O‘rta Osiyo temir yo‘li qurildi. 1890-1905-yillarda Toshkent–Orenburg temir yo‘Ii qurilib, Turkiston Rossiyaning markazi bilan bevosita bog‘landi
O‘lkada tramvay, telegraf, elektr, telefon, temir yo‘l kabi fan-texnika yutuqlarining paydo bo‘lishi shu davrga to‘g‘ri kelishini ta’kidlash zarur
Turkistonda iqtisodiy munosabatlari bilan ajralib turgan aholi yashash punktlari bilan shaharlari oʻrtasida yangi pochta traktlari qurildi
Turkiston general-gubernatorligi va Turkiston harbiy okrugining tashkil etilishi, ushbu hududlarning taraqqiyot yoʻlini ochib berdi, iqtisod va ma`lumotlar almashish ishlari hamda elektr aloqa sohasining rivojlanishiga asos boʻldi.
Turkistonda iqtisodiyotning sezilarli oʻsishi, shaharlarda sanoat, bank-moliyaviy tashkilotlari, tijorat korxonalari faoliyat koʻrsata boshlashi oʻlkada shahar va shaharlararo telefon aloqasining asta-sekin rivojlanishigakatta asos boʻldi.
|