U juda uzoqda,dedi qayiqchi
Download 13.27 Kb.
|
YOG
YOG’DU Bir kuni, kuzning yorug’ kechalarining birida, nimagadir ma’yus,vahimali Darband daryolarining birida suzgim kelib qoldi.Bir payt daryoning burulish joyida,qaddini tik tutib turgan ulkan tog’larning oldida qandaydir yog’du taraldi. Bu yog’du juda ham yorqin nur taratardi.Uning nuri shu qadar kuchli ediki,shundoq yonginamda edi.Qayiqchi tirsagini bukib yog’duga qaradi va nimagadir u vahimaga tusha boshladi …Biz esa hamon suzmoqda edik. Shunda men -Xudoga shukur –ey!-yaxshiyam tunash joyimiz yaqin-deb qo’ydim quvonch bilan.Qiziq bu qanday yog’du o’zi.Men fikrimdan qaytdim,o’sha yog’duni taqib qilmoqchi bo’ldim va izidan quva boshladim. -U juda uzoqda,dedi qayiqchi, Men ishonmadim,yog’du shundoq yonginamizda turgandek edi.Shunda yog’du qorong’u joydan chiqib biz tomonga harakatlana boshladi.Biz ham nimaligiga qiziqib tezlik bilan suzib borardik,lekin hech yaqinlasha olmasdik. -Qayiqchi haq !,-u bizdan ancha uzoqda ekan.Chunki ancha suzganimizga qaramay hech yetolmasdik.Yog’du bizga juda yaqinlashdi,biz ham shiddat bilan suzib borardik,mana-mana 2-3 eshkakdan keyin yetib olamiz,nihoyat yo’l tugaydi deb o’yladik.Oramizdagi masofa esa hali uzoq.Biz qorong’u kechada ,bir yog’du izidan ancha suzdik,madorimiz qolmasa ham suzaverdik.Bu yog’du bizga qancha yaqindek tuyulsa,aslida shuncha uzoqlikda edi.Men biron narsaning izidan hali bunchalik ko’p yurmagan edim.Biz to’xtadik,shunda inson oldiga qo’ygan maqsadiga yetishish uchun tinmay harakat qilish kerakligini tushunib yetdik.Inson oldiga qo’ygan maqsad bu-Yog’du.Unga erishish uchun tinmay harakat qilish kerak,ortga chekinmaslik kerak,o’zi ustida ishlab unga erishish kerak.Xayot va haqiqat qonunlari bo’lmish bu so’zlar bizga qo’shimcha kuch,iroda ,matonat bag’ishladi.Zero,inson biron nimani chin dildan xohlasa,butun koinot uni shu niyatiga erishtirish payida bo’ladi.Biz darrov eshkakni qo’lga oldik-u,oldinga ,yog’duga qarab suza boshladik.Masofa esa o’sha-o’sha… Download 13.27 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling