U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi
respublika davlat budjet mablag‘lari hisobidan chop etildi
Download 2.38 Mb. Pdf ko'rish
|
ona tili 1 metodika
respublika davlat budjet mablag‘lari hisobidan chop etildi.
Uo‘k 811.512.133(072) kbk 81.2o‘zb U – 47 © «Sharq» nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi bosh tahririyati, 2014. isBn 978-9943-26- U – 47 3 so‘zBoshi Bugungi kun o‘qituvchisi o‘z ustida tinimsiz ishlay- digan, har tomonlama keng fikrlaydigan, ilg‘or peda- gogik va axborot texnologiyalarni samarali qo‘llay ola- digan ijodkor shaxsga, yoshlarning yuragiga chuqur kirib boradigan yuksak fazilatlar egasiga aylanishini hayotning o‘zi talab etmoqda. i. a. KariMov davlatimiz hukumati tomonidan 2014-yil «Sog‘lom bola yili» deb e’lon qi- lindi va Davlat dasturida boshlang‘ich sinflarda o‘qitish sifatini yaxshilash chora- tadbirlarini amalga oshirish bo‘yicha ko‘pgina vazifalar belgilab berildi. boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha yangi tahrirdagi davlat ta’lim standarti ham mustaqillik davridagi tajribalar natijasi sifatida maydonga keldi va bugungi kun- da u boshlang‘ich ta’lim darsliklari va metodik qo‘llanmalarining yangi avlodini yaratishda dasturulamal vazifasini o‘tamoqda. boshlang‘ich ta’lim standartida o‘quvchilar o‘qish malakalarining sifatlarni va ijodiy fikrlay olishlari, o‘z-o‘zini nazorat qila bilishlari, nutq madaniyatini o‘zlashtirishlari, husnixat bilan savodli yozish ko‘nikmalarini egallashlari alohida qayd etilgan. boshlang‘ich sinfda ona tili ta’limi bolalarning tafakkur qilish faoliyatlarini kengaytirish, erkin fikrlay olish, o‘zgalar fikrini anglash, o‘z fikrlarini og‘zaki va yozma ravishda ravon bayon qila olish, jamiyat a’zolari bilan erkin muloqotda bo‘la olish ko‘nikma va malakalarga xizmat qiladi. bu vazifalarni amalga oshirish ko‘p jihatdan o‘qituvchining mahoratiga bog‘liq. yurtboshimiz i. a. karimov ta’kidlaganidek: «Zamonaviy o‘qituvchi – kelajak bunyodkori, yangi pedagogik texnologiyalar, nazariyalar, konsepsiyalar muallifi, ishlab chiqaruvchi, tadqiqotchisi, foydalanuv- chisi va targ‘ibotchisi» 1 . mazkur metodik qo‘llanmada 1-sinf ona tili darslarining maqsad va vazi- falari, ona tili darslarida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikativ tex- nologiyalarni joriy etish bo‘yicha tavsiyalar berilgan. Shuningdek, darsda o‘quvchilarning faolligini oshirish va fikrlash orqali o‘zlashtirishlarni ta’minlash maqsadida multimedia ilovalar tayyorlandi. Ularda o‘quvchilarni to‘g‘ri talaf- 1 «ma’rifat» gazetasi, 2010-yil 29-sentabr soni. 4 fuzga, til ma’nolarini to‘g‘ri anglashga, og‘zaki va yozma nutqlarining savodli bo‘lishiga, husnixat bilan savodli yozishga o‘rgatish; Vatanimizning o‘tmishi, buguni va mustaqillik yillaridagi taraqqiyoti, milliy urf-odatlari, borliq va jami- yat haqidagi mavjud bilimlarini yanada boyitish maqsad qilib olindi. bu maqsad- ni amalga oshirishda turli metodlardan va metodik ish turlaridan foydalanildi. Ular o‘quvchilarni o‘ylashga, izlanishga, xulosalar chiqarishga undaydi, ona tili- ga bo‘lgan qiziqishlarini oshiradi. mazkur metodik qo‘llanmada ishlanmasi berilmagan darslar boshqa darslar tuzilishidan foydalangan holda tashkil qilinadi. Ushbu metodik qo‘llanma yuzasidan bildirilgan fikrlarni mualliflar mam- nuniyat bilan qabul qiladilar. Download 2.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling