Ta’lim jarayonida ilg‘or pedagogik va axborot kommunikatsiya
texnologiyalaridan foydalanib o‘tiladigan dars namunalari
1-dars
MavzU: ona TiLi haqiDa sUhBaT
Darsning texnologik xaritasi
o‘quv materiali: ona tili haqida suhbat
Mavzuga oid tayanch tushunchalar: ona tili, nutq, og‘zaki va yozma nutq, tovush va
harf.
Mavzuga ajratilgan vaqt: 45 minut.
Mavzuning qisqacha ta’rifi: o‘quvchilar dars yakunida ona tili fani haqidagi bilimlarga
ega bo‘ladilar, nutq, og‘zaki va yozma nutq, tovush va harflar haqidagi bilimlar
eslatiladi.
o‘quv jarayonini amalga oshirish texnologiyasi:
Dars turi: yangi bilim, ko‘nikma va malakani shakllantiruvchi dars.
Dars metodi: suhbat, analiz-sintez, «aqliy hujum», tushuntirish, ta’limiy o‘yin.
Dars jihozi: darslik, rag‘batlantirish uchun kartochkalar, mavzuga mos rasmlar,
multimedia ilovalar.
nazorat: og‘zaki nazorat, o‘zini o‘zi nazorat qilish.
Baholash: o‘quvchilar dars yakunida baholanadilar.
Darsning maqsad va vazifalari
Darsning maqsadi:
a) ta’limiy maqsad: ona tili, ona tili predmeti haqida ma’lumot berish, nutq, o‘zaki
va yozma nutq haqidagi bilimlarini hosil qilish. Tovush va harflarning farqini o‘quvchi
ongiga singdirish, to‘g‘ri talaffuz qilishga o‘rgatish;
b) tarbiyaviy maqsad: o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ona tili
faniga muhabbat uyg‘otish, oila va uning a’zolariga hurmat bilan munosabatda bo‘lishga
o‘rgatish;
d) rivojlantiruvchi maqsad: o‘quvchilarning so‘z boyligini o‘stirish, fikrlash,
xulosa chiqarishga o‘rgatish.
Kutilayotgan natija: dars yakunida o‘quvchilar ona tili fani haqidagi bilimlarga ega
bo‘ladilar.
8
Do'stlaringiz bilan baham: |