U. Masharipova, M. Umarova, D. Baynazarova ona TiLi
-ilova. Multimedia 1-ilova
Download 2.38 Mb. Pdf ko'rish
|
ona tili 1 metodika
- Bu sahifa navigatsiya:
- 4-ilova. Lug‘at ustida ishlash.
3-ilova.
Multimedia 1-ilova. darslik muqovasidagi a. navoiy haykali, bog‘-gulzorlar, guldasta ko‘targan o‘quvchilar va quyosh tasvirining mohiyati, ya’ni buyuk mutaffakir bobomiz- ning o‘zbek tilining jahonga tanitishdagi ulkan xizmatlarini ulug‘lab shahrimizda unin g sharafiga qo‘yilgan haykali, ajdodlarimiz mehnatidan faxrlangan va ularga o‘xshashni orzu qilgan o‘quvchilar, yurtimizning tinch va faravonligini aks et- tiruvchi bog‘-gulzorlar hamda uchayotgan qushlar, nur sochayotgan quyosh – Vatanimizning obodligi haqida o‘qituvchi tomonidan tushuntiriladi. «ona tilim» she’ri bilan multimedia orqali tanishtiriladi. buning uchun video tasvir namoyish etiladi. She’r yuzasidan quyidagicha suhbat tashkil qili- nadi: She’r nima haqida ekan? – 11 – She’r ona tili haqida ekan. She’rning muallifi kim? – – She’rning muallifi Muhammad yusuf. ona tili haqida she’rda nima deyilgan? – – ona tili haqida she’rda jon tilim, jon-dilim deyilgan. «yuragimning to‘rida – Sayrab turgan bulbulim», – misralarining ma’nosini tushuntiring. o‘quvchilarning javoblari tinglanib, mashqqa yakun yasaladi. 4-ilova. Lug‘at ustida ishlash. She’rdagi izohtalab so‘zlar ma’nosi ustida ishlashda o‘qituvchi o‘quvchilarga izohtalab so‘zga ma’nodosh so‘z topish topshirig‘ini beradi. quyidagi so‘zlarga izohli lug‘atda berilgan ta’rifni keltiramiz: yuragimning to‘rida – to‘ri so‘zining ma’nosi joyning yuqori qismi, ya’ni quyiga qarama-qarshi tomoni suyumli – eng yaxshi ko‘rilgan suyuk – hurmat-izzat qilgan ardoqli – e’zoz-ehtiromga loyiq buyuk – ulkan, katta 5-ilova. Multimedia 2-ilova. «oila» mavzusidagi rasmda buva, buvi, ota, ona, qiz va o‘g‘il farzandlar tasvirlangan. o‘qituvchi tomonidan beriladigan quyidagi savollar yordamida oila a’zolarining nomi ketma-ketlikda aytiladi. savol: bu kim? (ota). Shunda ota rasmi ekranda kattalashtirilib ko‘rsatiladi va rasm ostida ota so‘zi hosil bo‘ladi. o‘quvchilar bu so‘zni o‘qiydilar. o‘qituvchi tomonidan beriladi- gan keyingi savollar yordamida ota so‘zida nechta harf va tovush borligi aniqla- nadi. Shundan so‘ng ota rasmi o‘z o‘rniga qaytariladi. Shu tariqa oiladagi kishilar nomlari tahlil qilinadi. 1-mashqda keltirilgan so‘zlar darslikdan o‘quvchilarga o‘qitiladi va o‘qitish jarayonida savollar yordamida so‘zdagi tovush va harflar soni aniqlanadi. Qaysi tovush so‘zning ma’nosini o‘zgartirishi aytib o‘tiladi. Download 2.38 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling