12
ona va
opa so‘zlari hosil bo‘lishi,
bola so‘zida
b undoshi x undoshi bilan
o‘zgartirilganda
xola so‘zi hosil bo‘lishi,
buva so‘zidagi
a unlisi
i unlisi bilan al-
mashtirilganda
buvi so‘zi hosil bo‘lishi ko‘rsatib o‘tiladi.
Bu so‘zlar daftarga husnixat asosida ko‘chirib olinadi, o‘zgargan harflar ta-
giga bir chiziqcha chiziladi.
Dam olish daqiqasi. (Videotasvirda ko‘rib borilgan harakatlar birga ba-
jariladi).
ayiq yurar lapanglab, (ayiqqa o‘xshab lapanglab yuriladi)
quyon yuradi sakrab. (quyonga o‘xshab sakrab yurishi ko‘rsatiladi)
ayiqning uyi katta, (o‘ng qo‘l aylana holatida yuqoriga ko‘tariladi)
quyonniki kichkina. (Chap qo‘l pastga tushiriladi)
ii. Mustahkamlash.
6-ilova. «
husnixat daqiqasi»ni tashkil qilish.
Multimedia ilova asosida bosh
va kichik Aa harfi va harf
unsurlarining yozilishi ko‘rsatiladi. Gap yozishda harflarning
bog‘lanishi tushuntiriladi:
Aa, Aa, Aa.
Adiba aqlli qiz.
7-ilova. «qisqa savolga qisqa javob» ta’limiy o‘yini orqali o‘tilgan mavzu
yuzasi dan quyidagi savollarga bir so‘z bilan javob berishlari kerak bo‘ladi:
o‘zbekistonning poytaxti qayer?
1.
(Toshkent.)
insonning eng yaqin do‘sti nima?
2.
(Kitob.)
«Ona tilim» she’rining muallifi kim?
3.
(Muhammad Yusuf)
O‘zbek tilidagi harflar jamlanmasi nima deyiladi?
4.
(Alifbo.)
o‘zbek tilida nechta tovush bor?
5.
(30 ta.)
6. o‘zbek tilida nechta harf bor?
(29 ta.)
13
bundan tashqari ushbu savollar javobini quyidagi boshqotirmadan foydala-
nish orqali amalga oshirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: