U. R. M majmualaridan ertalabki badan tarbiyada (radio va televideniya orqali beriladigan mashqlar shu jumlaga kiradi), asosiy, ritmik va ishlab chiqarish gimnastikasi mashg’ulotlarini o’tkazishda foydalaniladi


Ko’rsatish asosida yaxlit tarzda o’rgatish


Download 31.48 Kb.
bet3/7
Sana02.01.2022
Hajmi31.48 Kb.
#200834
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Gimnastika umumrivojlantiruvchi mashqlar

1. Ko’rsatish asosida yaxlit tarzda o’rgatish. O’qituvchi avval mashqni to’laligicha ko’rsatadi. Keyin “Dastlabki xolatni egallab” komandasi beriladi,(bajarish yo’li zarur bo’lsa, qadamlar bilan, “sakrab” deb tushuntiriladi ). Agar mashq bajarishni to’xtatish zarur bo’lsa, “To’xtating! ” komandasi beriladi.

Mashg’ulotni o’tkazuvchi gurux oldida turgancha mashqni bajaradi, uning xarakatlari ko’zguda aks etganday ko’rinib, boshqalar uchun qulaylik tug’diradi. U.R.M ni sanab o’tkazish tavsiya etiladi, ko’proq 4 va 8 gacha sanaladi.

Bu musiqa jo’rligida foydalanish imkonini beradi. U.R.M ni “ko’rsatish yo’li bilan” o’rgatganda, ayni vaqtda qaysi sanoqqa qanday mashq bajarilishi xaqida ko’rsatmalar xam beriladi. Gurux bilan birgalikda mashqni 2-3 marta takrorlagandan keyin o’tkazuvchi sanash va aytib turishga o’tadi. Mashqlarni “To’xta!” komandasidan so’ng tugatadilar. Bu buyruq so’nggi sanoq o’rniga beriladi. Kichik maktab yoshidagi bolarga o’rgatilayotganda, komandalar emas, buyruqlar beriladi, masalan: “Dastlabki xolatni egallang”, “mashqni men kabi bajaring”, “Mashqni tugatamiz” kabi .


Download 31.48 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling