U (Yerning) ustida toʻla toʻrt kunda togʻlarni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda oʻsha (er)da uning yemishlarini belgiladi (taqsimladi). (Bu tafsilot Yeru osmonlar haqida) soʻrovchilarga mosdir. Soʻngra


Download 17.17 Kb.
Sana28.12.2022
Hajmi17.17 Kb.
#1070033
Bog'liq
Mavzu5


Bugungi kunda olimlar yulduzlarning issiq gaz bulutlardan paydo boʻlishini kuzata oldilar. Gazning issiq massasidan yaralish hodisasi koinotning yaratilishiga ham taalluqlidir. Qurʻonda tasvirlanganidek, koinotning yaratilishi, bu ilmiy kashfiyotni quyidagi oyatda tasdiqlaydi:
U (Yerning) ustida toʻla toʻrt kunda togʻlarni (paydo) qildi va uni barakotli qildi hamda oʻsha (er)da uning yemishlarini belgiladi (taqsimladi). (Bu tafsilot Yeru osmonlar haqida) soʻrovchilarga mosdir. Soʻngra tutun holatda boʻlgan osmonni (yaratishni) qasd etib, unga va Yerga: «(Farmonimga) ixtiyoriy yoki majburiy holda kelingiz!» - degan edi, ular: «Oʻz ixtiyorimiz bilan keldik», - dedilar. («Fussilat» surasi, 10-11-oyatlar)
Bu yerda «osmon» deb tarjima qilingan arabcha soʻz «samaa» butun koinotga nisbatan ishlatilgan.«Tutun» deb tarjima qilingan «duxaanun» soʻzi esa koinotning oʻz shaklini olishidan oldingi materiya, yaʻni koinotning yaratilishi davomida mavjud boʻlgan issiq, kosmik tutunni tasvirlaydi va bu hozirgi kun olimlari tomonidan oʻz tasdigʻini topgan.5 Qurʻondagi bu soʻz, shu tutunning issiq jismli gaz ekanligini va uning qattiq moddaga bogʻlangan harakatlanuvchan zarralarni oʻz ichiga olishini maʻno jihatdan aniq ifodalaydi. Bu yerda koinot paydo boʻlishining mana shu bosqichini tasvirlab berish uchun Qurʻon arab tilidagi eng maqbul, mos soʻzni qabul qilgan. Olimlar koinotning tutun shaklidagi issiq gazdan paydo boʻlganligini faqatgina XX asrga kelib kashf qilganligini qayd qilib oʻtaylik.
Bundan tashqari, «Soʻngra tutun holatda boʻlgan osmonni (yaratishni) qasd etib» jumlasidagi «soʻngra» deb tarjima qilingan «summa» soʻzi «shu asnoda, bundan tashqari, shuningdek, qoʻshimcha ravishda (tarzda), yana, tagʻin, yana bir bor» kabi maʻnolarni ham oʻz ichiga oladi. Bu yerda «summa» soʻzi vaqt ifodasi sifatida emas, balki qoʻshimcha tushuntirish sifatida ishlatilgan.
Koinotning yaratilishi haqida Qurʻonda bunday maʻlumotning berilganligi, Qurʻon moʻjizakorligining shubhasiz dalilidir.
Download 17.17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling