У збеки сто н респ у бл и каси ф анлар а кадем и яси м интацавий були м и Х о ра зм м аъ м ун академ и яси


XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI -4/2-2023


Download 228.16 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana21.10.2023
Hajmi228.16 Kb.
#1714229
TuriДиссертация
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 (1)

7
XORAZM MA’MUN AKADEMIYASI AXBOROTNOMASI -4/2-2023
egalik qilishi mumkin. Allbatta, talabalar va o ‘z-o‘zini band qilgan qatlamlar ham hisobga olingan va 
Minijob
polisidan foydalanishlari mumkin.
Fransiyada majburiy tibbiy sug‘urta davlat tassarufida, asosan sug‘urta to ‘lovchilari bu ish 
beruvchilar, agar baxtsiz xodisa ish vaqtida sodir bo ‘lsa tibbiy xarajatlar sug‘urta kompaniyasi 
tomonidan 100% to ‘liq qoplab beriladi, 75% tibbiy xarajatlarni turlarini qoplab berilishi bu kasb 
kasalligi, xomiladorlik va tug‘ruq, nogironlik kabilarda to ‘lab beriladi. Qolgan 25% tibbiy xizmatlar 
uchun mablag‘ni bemor o ‘zi to‘lab beradi. Ijtimoiy ta ’minotga muhtoj qatlamlar ham inobatga 
olingan va ular uchun ayrim xollarda tibbiy xarajatlarni sug‘urta polisi orqali to ‘liq qoplab berish 
ko‘zda tutilgan.
Keltirilgan birinchi misoldan shuni ta ’kidlash lozimki demak davlat tizimidagi tarkibiy tuzilma 
asosida soliq siyosatini olib borish muhim va dolzarb ekanligini ko‘rish mumkin. Mamlakatni soliq 
siyosati o ‘ziga hos regulyator vazifasini, y a’ni bir soha yoki tarmoqni sog‘liqni saqlash tizimi bilan 
bog‘lashda adolatli, kafolatlangan va zamonaga mos qoidalarni taklif etishi va hayotga joriy qilishi 
zarur. Ikkinchi masalasa o ‘rtadagi bog‘lovchi sug‘urta tashkilotlarini sog‘liqni saqlash tizimi bilan 
chambarchas bog‘liqligi va qonunlarga amal qilgan holda faoliyatni to ‘laqonli olib borilishini 
ta ’minlash, nafaqat sug‘urta kompaniyasini yuqori foyda ko‘rish maqsadida “mijoz” yig‘ish, emas 
balki tibbiy xizmat qay daraja ko‘rsatilayotganini mahsus vakillar, xattoki, mutahassislar bilan 
birgalikda nazorat olib borishni yo‘lga qo‘yish zarurati bor deb o ‘ylaymiz.
Sug‘urta bozoridagi holatni o ‘zgartirish zarurati bu zamon talabi. Ayni vaqtda respublikada 
tibbiy sug‘urtaning ixtiyoriy turi mavjud. Bu sug‘urta turi asosan yuridik shaxslar tarafidan ixtiyoriy 
tarzda xarid qilib kelinmoqda. 0 ‘zbekistonda ixtiyoriy tibbiy sug‘urtani sanoqli tashkilotlar (Lukoyl, 
N estle-0 ‘zbekiston va boshqalar) o‘z xodimlariga ijtimoiy paket tarzida taqdim etishadi. Agar 
ixtiyoriy tibbiy sug‘urtadan majburiy tibbiy sug‘urta tizimiga o‘tilsa respublikadagi faoliyat ko‘rsatib 
kelayotgan tashkilotlar tibbiy sug‘urta polisi paketlarini sotib olishgach, sug‘urta bozorida tibbiy 
sug‘urta hajmi nisbatan keskin sur'atlarda oshishiga olib keladi. Shu o ‘rinda so‘rovnamada aks etkan 
savolni natijasini ta ’kidlamoqchimiz: 2021 yil 1 iyuldan 2022 yil yakunigacha bo'lgan muddatda 
Sirdaryo viloyatida davlat tibbiy sug'urtasi tizimini tajriba-sinov tariqasida qo’llanib kelinmoqda.Bu 
sug’urta xalq uchun manfaatli bo ’layapti deb o ’ylaysizmi ? A.ha...- 48,6%; B .yo’q-15,1%; 
C.Hozircha yo’q-36,3%, javoblarni ko‘rishimiz mumkin.
Sug‘urta bozorida kuchli raqobat tizimi vujudga kelishini kuzatish mumkin bo ‘ladi. Va albatta 
shu bilan birga, sug‘urta kompaniyalari o‘rtasida sug‘urta xizmatlarini takomillashtirish bo ‘yicha 
majburiyatlar yuzaga keladi. 0 ‘zbekistonda ham majburiy tibbiy sug‘urta joriy etish bo ‘yicha 2019 
yilgi Davlat dasturining 160-bandida aniq vazifalar belgilangan. Sog‘liqni saqlash vazirligi 
ishtirokida 2021 yildan boshlab 2025 yilgacha majburiy tibbiy sug‘urtani bosqichma-bosqich joriy 
qilish ko‘zda tutilgan. Sug‘urtalash 3 bosqichda amalga oshiriladi: 1. Qisqa muddatda - tayyorgarlik 
bosqichi (2019-2021 yillar); 2. 0 ‘rta muddatli istiqbolda-majburiy tibbiy sug‘urtani joriy etishning 
dastlabki bosqichi - davlat va xususiy tashkilotlar xodimlarini sug‘urtalash (2021-2023 yillar); 3. 
Uzoq muddatda-majburiy tibbiy sug‘urtani kengaytirilgan joriy etish bosqichi - axolining barcha 
qatlamlarini sug‘urta bilan qamrab olish (2023-2025 yy.).
Qonun loyihasini tayyorlashda Janubiy Koreya va Turkiya davlatlari ijobiy tajribasi asos qilib 
olindi va uni tayyorlashda mahalliy (shifokor, sug‘urtachi, moliyachi va boshqalar)va JSST 
ekspertlari ishtirok etdi. K o‘rib turibmizki buning zaminida juda katta asosiy faoliyat bu moliya bilan 
bog‘liq bo ‘lgan manbalarni aniqlash va tasdiqlash. Tibbiy sug‘urtani joriy etishdan asosiy maqsad bu 
nafaqat shifokorlarni m a’naviy qiyofasini, ya’ni o ‘z ishini ustasi va chinakamiga bemorning 
sog‘lig‘iga qayg‘uradigan shaxs ekanligi, yuzaga chiqaradi, hamda sog‘liqni saqlash tizimidagi 
barcha tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi bo ‘g ‘inlarni moddiy texnik bazasi yaxshilanadi, xodimlarga yuqori 
maosh to ‘lanadi. Bu esa ko‘zlangan maqsad sari erishishga katta qadam bo ‘lib hisoblanadi. Majburiy 
tibbiy sug‘urtani mamlakatda jadallik bilan ishga solish uchun yuqoridagi muammo yuzaga chiqadi
ya’ni barcha tibbiy xizmat ko‘rsatuvchi maskanlar birdek rivojlangan b o ‘lishi zarur. Poytaxt fuqarosi 
bilan chekka qishloq aholisiga teng darajada tibbiy xizmat ko‘rsatilishi lozim. Aks xolda buni natijasi 
sezilarli darajada o ‘zgarmasligi mumkin.



Download 228.16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling