Uch komponentli sistemaning tarkibini ifodalash uchun teng tomonli uchburchakdan foydalaniladi. Uchburchakning uchlariga toza komponentlaming, tomonlariga esa 2 komponentli sistemalarning tarkibi qo'yiladi


Download 0.73 Mb.
Sana14.05.2023
Hajmi0.73 Mb.
#1458252
Bog'liq
sohibjon toxtaraliyev

Uch komponentli sistemaning tarkibini ifodalash uchun teng tomonli uchburchakdan foydalaniladi. Uchburchakning uchlariga toza komponentlaming, tomonlariga esa 2 komponentli sistemalarning tarkibi qo'yiladi. Uchburchakning ichidagi har bir nuqta uch komponentli sistemaning tarkibini ko'rsatadi. Uch komponentli sistemada o'zgaruvchan kattaliklar sifatida p, T va 2 ta konsentratsiya bo'ladi. Odatda 3 komponentli kondensirlangan sistemalarning tadqiqoti o'zgarmas bosimda olib boriladi. 3 ta o'zgamvchiga bog'liq sistemaning xossalarini fazoviy diagramma orqali ifodalash mumkin. Bunday diagramma 3 tomonli to‘g‘ri burchakli prizma ko'rinishida bo'ladi. Prizmaning asosini teng tomonli uchburchak tashkil qiladi va u uchlamchi sistemaning tarkibini ko'rsatadi, balandligi esa haroratni belgilaydi. Uch komponentli sistemani tekislikda ifodalash uchun bosim ham, harorat ham o'zgarmasligi shart. Teng tomonli uchburchakning uchlari A, В va С toza moddalarga to'glri keladi. Uchburchakning ichida joylashgan har bir nuqta uch komponentli sistemalarning tarkibini ifodalaydi. Nuqta qanchalik uchburchakning uchiga yaqin bo'lsa, shu komponentning foizi shunchalik ko'p bo'ladi. Teng tomonli uchburchak vositasida uch komponentli sistemaning tarkibini ifodalash uchun Gibbs va Rozebum usullaridan foydalaniladi. 266 Gibbs usuliga ko'ra (V.20-rasm), uch komponentli sistemaning uchburchak ichidagi biror nuqtaga to‘g‘ri keladigan tarkibini aniqlash uchun o‘sha nuqtadan uchburchakning uchala tomoniga perpendikulyar tushiriladi. Bu kesmalarning yig'indisi teng tomonli uchburchakning balandligiga teng, uni 100 % deb qabul qilamiz. Uchburchak ichidagi m nuqta uchburchakning A uchidan uzoqda boigani uchun bu nuqtadagi aralashmada^l komponentning miqdori kam bo'ladi, ya’ni A ning miqdori uning qarshisidagi tomondan boshlangan perpendikulyarning uzunligi bilan belgilanadi. Masalan, m nuqtadagi aralashmaning tarkibida 40% A bor. Xuddi shunday usulda В va С komponentlaming tarkibi ham topiladi: 10% В va 50% C. Rozebum usulida sistemaning tarkibini aniqlash uchun m nuqtadan uchburchakning 2 tomoniga parallel chiziqlar o'tkaziladi (V.21-rasm). Uchburchakning AB tomonidagi kesmalarning yig‘indisi teng tomonli uchburchakning tomoniga teng.


V.1-rasm. Uch kom ponentli sistema tarkibini Rozebum usulida tasvirlash.


Teng tomonli uchburchakning tomonini 100% deb qabul qilsak, u holda P nuqta uchun A = 50 %, В = 20 % ekanligini hamda С komponentning miqdori 30 % ga tengligini aniqlash mumkin. Uch komponentli sistemalaming holat diagrammalarini tuzishda bosimni o‘zgarmas deb qabul qilsak, sistemaning erkinlik darajasi 268 F = 3-F+l = 4-F tenglama bilan ifodalanadi. Harorat ham o4zgarmas boMganda erkinlik darajasi F - 3-F ifoda orqali aniqlanadi. Suv bilan ikkita tuz (bir xil ionli) sistemasidagi fazaviy muvozanatni koi'ib chiqamiz. Agar ikkala tuzda kation va anionlar turlicha boisa, u holda sistema 4 komponentli bo4lib qoladi. V.22-rasmda bir xil ionli 2 ta tuzning suvda eruvchanligi izotermik proyeksiyasining holat diagrammasi ifodalangan. Tuzlar suv bilan gidratlar yoki qo4sh tuz, kompleks birikma yoki qattiq eritmalar hosil qilmaydi. Rozebum uchburchagining uchlari H fi, RX va QX toza komponentlariga mos keladi. A nuqta suvning to4yingan eritmasida RX ning konsentratsiyasini, В nuqta esa, OX tuzining suvning to'yingan eritmasidagi konsentratsiyasini koi*satadi. AC egri chizigi RX tuzining QX ning turli tarkibli eritmalaridagi eruvchanligini tavsiflaydi, BC esa, OX tuzining /L ining suvli eritmasidagi eruvchanligini ko4rsatadi. С nuqtada eritma ikkala tuz bilan to'yingan (evtonika) boiadi. H f i cho‘qqi bilan ACS orasidagi maydonda joylashgan har bir nuqta tuzlarning to'yingan eritmalariga tocgi*i keladi. ACPX maydonidagi istalgan nuqta 2 ta tuzning eritmasi va PX qattiq tuzdan iborat 2 fazaii sistemani ifodalaydi. С В QX maydonidagi xohlagan nuqta 2 ta tuzning eritmasi va QX qattiq tuzdan iborat sistemani bildiradi. PXCQX maydoni 3 fazaii sistemalarga mos keladi: ikkala tuz bilan to'yingan С tarkibli eritma hamda PX va OX kristallari. Agar M figurativ nuqtaga to'g'ri keluvchi to'yinmagan eritmam olib. sekin-asta suvni bugiatsak, suv kamayishi bilan sistemadagi tuzlarning miqdoriy nisbati o‘zgarmaydi. Shuning uchun bugiatish jarayonida sistemaning tarkibiga tokg‘ri keluvchi figurativ nuqtalar (H^O) E chizig4ida yotadi. a nuqtada PX tuzining kristallari ajrala boshlaydi. b figurativ nuqtaga mos keluvchi eritmaning tarkibini topish uchun PX cho4qqidan va b nuqtadan AC egrichizig4idagi bI nuqtagacha kesishguncha konnoda o’tkazamiz.

V 2-rasm. Bir xil ionli 2 ta tuzning suvda eruvchanligi diagram m asi:


Rozebum uchburchagiga izotermik proyeksiya. d nuqtada eritma ikkala tuzga nisbatan to'yingan bo'lib qoladi: ushbu eritmaning tarkibi С nuqta bilan ifodalanadi. Suvni bug‘Jatishni davom ettirsak, ikkinchi OX tuzining kristallanishi boshlanadi. Eritmaning tarkibi o'zgarmas bo4lib qoladi (C nuqta). chunki 3 ta fazabo'lganda izotenrtik proyeksiyada erkinlik darajalari soni nolga teng (F = 3; F = k-F = 3-3 = 0). e nuqtada sistema С tarkibli eritma va PX hamda QX kristallarining aralashmasidan iborat. Suv toMiq chiqarilganda E nuqtada PX va QX quruq tuzlaming aralashmasi hosil boMadi. Ushbu tuzlarning massa miqdorlarining munosabati QXE va PXE kesmalaming munosabatiga teng bo‘ladi. Bir xil ionli va evtonikaga ega ikki tuz eritmasining holat diagrammasini to'g'ri burchakli koordinatalar sistemasida ham ifodalash mumkin (V.23-rasm). Koordinata o'qlari bo'yicha komponentlaming nisbiy miqdorlari qo'yiladi. Bunday ifodalashda PX va OX toza komponentlarga javob beruvchi nuqtalar cheksizlikda bo'ladi. С nuqtada eritma ikkala tuz bilan to'yingan.

V.3-rasm. Bir xil ionli ikkita tuzning suvdagi eruvchanlik diagram masi:


to'g‘ri burchakli koordinatalar sistemasidagi izotermik proyeksiya. M nuqta bilan ifodalangan 2 tuzning to'yinmagan eritmasidan o'zgarmas haroratda suvning bug'lanishini ko'rib chiqamiz. Figurativ nuqta OMe to'g'ri chizig'i bo'yicha siljib boradi, chunki ikkala tuzning sistemadagi massalarining nisbati o'zgarmaydi. a nuqtada PX tuzining kristallanishi boshlanadi; b nuqtada PX kristallari bilan b] tarkibli eritma muvozanatda bo'ladi; d nuqtada ikkinchi OX tuzning kristallanishi boshlanadi (F = J) va eritmaning tarkibi С nuqta bilan tavsiflanadi. Bug'latish davom ettirilsa ikkala tuz kristallarining ajralib chiqishi davom etadi. Eritmaning tarkibi o'zgarmaydi, chunki erkinlik darajalarining soni nolga teng (F=k-0=3-3=O). Agar tuzlar suv bilan gidratlar yoki qo'sh tuzlar, kompleks birikmalar yoki qattiq eritmalar hosil qilsa, ikki tuzning suvdagi eritmalarining holat diagrammalari ancha murakkab ko'rinishda bo'ladi.
Download 0.73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling